18.3. «Raqamli iqtisodiyot» asosida ish bilan bandlikka ko‘maklashish
Mehnat bozorida olib borilgan tadqiqotlar hozirgi davrda ish bilan bandlikda jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotganligidan dalolat beradi. Eng avvalo, ish kuchining mobilligi ortib bormoqda. Korxonalarda tobora ko‘proq xodimlar ishdan bo‘shayotgani holda, yangi xodimlarni yollash ham ort-moqda. Shu bilan birga zamonaviy malaka va bilimlarga ega bo‘lgan mutaxas-sislarga talab muttasil ortib bormoqda. Xodimlarning mehnat sharoitlari ham tubdan o‘zgarmoqda. Masofada turib ishlash, teleish, muayyan loyiha do-irasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish tobora omma-lashib bormoqda. Bu esa ko‘p jihatdan axborot-kommunikatsiya texnologiyala-rining rivojlanishi bilan bog‘liq.
«Raqamli iqtisodiyot»da robot texnikasi va sun’iy intellekt kabi za-monaviy texnologiyalar orqali ish joylari avtomatlashtirilmoqda, ishlab chiqarish tubdan takomillashayapti, buning natijasida, mehnat unumdorligi keskin ortishi bilan birga, ushbu jarayonlar butun jahon mehnat bozoriga kuchli ta’sirini ko‘rsatmoqda. «McKinsey-MGI» global instituti ekspert-larining fikricha, raqamli texnologiyalar yaqin 20 yil ichida hozirgi payt-da ishlab chiqarishda xodimlar ishtirokida bajarilayotgan operatsiyalarning 50 % ga yaqinini avtomatlashtirish imkonini beradi1.
Ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi bugungi kunda mehnat faoli-yatini amalga oshirish uchun o‘rta malaka talab qilinadigan ish joylariga ham ta’sir ko‘rsatishi shubhasizdir. Oqibatda ana shu toifa xodimlarning anchagina qismi qisqartirilishi talab qilinadi. So‘nggi ma’lumotlarga muvofiq, jahonda 192,7 mln kishi ishsiz, mehnatga layoqatli aholining 30 dan 45 % gachasi ish izlayotganligi yoki qisman ish bilan bandligi, deyarli 75 mln yoshlar rasman ishsiz sifatida ro‘yxatga olinganligi hisobga olinsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarining ishlab chiqarishga keng joriy etili-shi jaxon mehnat bozoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasizdir1.
Shu bilan birga 2017 yildagi statistika ma’lumotlariga ko‘ra, jaxon-dagi aholining yarmi Internetdan foydalanmoqda. Bu «raqamli iqtisodi-yot»ni rivojlantirish imkoniyatlari tobora ortayotganligi va insoniyatning mehnat faoliyati tubdan o‘zgarishini anglatadi.
Raqamli texnologiyalar mehnat bozoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’-kidlash kerak. Eng avvalo, «raqamli iqtisodiyot» ish haqi darajasi yuqori bo‘lgan yangi ish joylarining yaratilishiga xizmat qiladi. Buni, jumladan, AQShning «GE» mashinasozlik kompaniyasi misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu kompaniya 2020 yilgacha bo‘lgan davrda raqamli texnologiyalardan foy-dalaniladigan jahondagi eng yirik o‘nta kompaniya qatoridan o‘rin olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. «GE», jumladan, dasturchi xodimlarining sonini 20 ming kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda. Buni mashinasozlik sohasida misli ko‘rilmagan inqilobiy strategiya sifatida baholash mumkin2.
Raqamli texnologiyalarning mehnat bozoriga ta’siri yuzasidan o‘tka-zilgan tadqiqotlar so‘nggi 15 yil mobaynida Internetning rivojlanishi jahonda past malaka talab qiladigan 500 mingta ish joyi yo‘qotilgani hol-da, ushbu davrda 1,2 mln yangi, yuqori texnologiyalarga asoslangan ish joylari yaratilganligidan dalolat beradi3.
«Raqamli iqtisodiyot» mehnat unumdorligini oshirishga ham xizmat qil-moqda. Bunday iqtisodiyotda, birinchidan, raqamli texnologiyalar xodim ma-lakasining taqdim etilayotgan ish joyiga to‘liq va aniq muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, u ishsizlikni kamaytiradi, chunki xodimga axborot texnologiyalardan foydalangan holda o‘zi uchun ish topish muddati-ni keskin qisqartiradi. Buni AQShning ish kuchiga talab va uning taklifi-ga ixtisoslashgan «Linkedin» platformasi misolida ko‘rish mumkin. Ushbu platformada bugungi kunda mamlakatning 130 mln fuqarosi ro‘yxatdan o‘t-gan. Bu, ayniqsa, o‘z mutaxassisliklari uchun mahalliy bozorlarda talab kat-ta bo‘lmagan yirik shaharlardan olisdagi hududlarda yashovchi ish qidirayot-ganlarga qo‘l keladi. Ular o‘z mehnat faoliyatlarini masofada turib amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Raqamli texnologiyalar avval mehnat bozorida mavjud bo‘lmagan kasb va mutaxassisliklarni ham yaratdi. Ularga raqamli marketing, ma’lumotlar
bazasini tahlil etish va xususiy ma’lumotlarni himoya qilish, Internet-bloger va boshqa ko‘pgina zamonaviy ixtisosliklarni misol qilib keltirish mumkin.
«Raqamli iqtisodiyot» ish bilan virtual bandlikni ta’minlash imkoni-yatini ham yaratadi. Ish bilan virtual bandlik, ya’ni masofada turib ishlash konsepsiyasi 1972 yilda amerikalik Jek Gilles tomonidan ishlab chiqil-gan. U barcha xodimlarning ham so‘zsiz muqim ish joylarida mehnat faoli-yatini amalga oshirishi shart emasligi, chunki ba’zi funksiyalarni axborot texnologiyalari asosida masofada turib bajarish mumkinligi g‘oyasini il-gari surgan. U o‘z nazariyasini amaliyotda sinab ko‘rish uchun Janubiy Kali-forniya universitetida tajriba o‘tkazgan. Natijada, mahalliy ma’murlar ushbu g‘oya shaharlardagi transport tirbandligi va boshqa qator muammolarni hal qilishda qo‘l kelishini hisobga olgan holda, ish bilan virtul bandlikni amalga oshirishga kirishganlar.
Ish bilan virtual bandlikda ijtimoiy-mehnat munosabatlari an’ana-viylardan quyidagilar bilan farqlanadi:
– ijtimoiy-mehnat munosabatlari sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlar hamkorlik, sheriklik xususiyatiga ega bo‘ladi. Chunki xodim mehnat faoliya-tini ish beruvchidan masofada turib amalga oshiradi;
– xodimlar rahabariyat tomonidan nazorat qilinmaydi, mustaqil qaror-lar qabul qiladi, o‘z mehnatini mustaqil tashkil etadi;
– ish vaqtidan foydalanishda xodimlar katta erkinlikka ega, ular o‘z ish vaqtlarini mustaqil rejalashtiradi.
Masofada turib ishlashda an’anaviy ish joyi xususiyatida ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi (18.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |