18-mavzu. O‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasida mehnat munosabatlari Reja


SWOT tahlilda maydonlar kesishishi usuli



Download 199,38 Kb.
bet4/8
Sana29.01.2022
Hajmi199,38 Kb.
#419000
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
18-Маьруза (1)

SWOT tahlilda maydonlar kesishishi usuli













Imkoniyatlar

Tahdidlar










Kuchli tomonlar

SIV

SIU










Zaif tomonlar

SLV

SLU












Mehnat jarayonidagi strategiyalar boshqa sohalardagi kabi o‘rta va qisqa muddatli rejalarni ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi. Bu liderlar tomonidan vazifalarni taqsimlash orqali tashkillashtiriladi, vazifalarni bajarish va belgilangan maqsadlarga erishish menejerlar zimmasiga yuklatiladi.

Mehnat iqtisodiyoti strategiyasi – mehnat va aholini ish bilan bandli-gini ta’minlash tizimida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni uzoq muddat-li boshqarish konsepsiyasidir. Mamlakatning mehnat va ish bilan bandlik strategiyasi davlat tomonidan ishlab chiqiladi. Hozirgi davrda davlatning mehnat va ish bilan bandlik strategiyasining asosiy maqsadi – mehnat va aholini ish bilan band etishni rivojlantirishing ijtimoiy yo‘nalishini kuchaytirishdir.


Davlatning mehnat va aholini ish bilan band etish strategiyasi odat-da 10–15 yilga mo‘ljallab ishlab chiqiladi. U makro va mezoiqtisodiyot darajasida prognozlashtirilib, asosiy ko‘rsatkichlar tizimidan iborat bo‘ladi. Makroiqtisodiy daraja ko‘rsatkichlari quyidagilarni qamrab oladi:


– yalpi ichki mahsulot, shu jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sur’atlari o‘sishida ish bilan band bo‘lgan xodimlar miqdori;


– iqtisodiyotga investitsiyalar, shu jumladan, chet el investitsiyalarini jalb qilish;


– pul aylanmasi, to‘lov balansi, inflyatsiya darajasi, boshqa makromoliya-viy ko‘rsatkichlar;


– eksport va import darajasi;


– milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini oshirish;


– innovatsion rivojlanish istiqbollari;


– infratuzilmalarni rivojlantirish;


– demografiya va migratsiya ko‘rsatkichlari;


– aholining ish bilan bandligi va ishsizlik darajasi;


– aholining turmush darajasi va daromadlari hamda boshqalar. Mezodarajadagi mehnat va ish bilan bandlik bo‘yicha strategik ko‘rsat-


kichlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:


– viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari;


– iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat va ish bilan bandlik bo‘yicha rivoj­ lantirish istiqbollari va boshqalar.


Makroiqtisodiy darajada mehnat va ish bilan bandlik bo‘yicha strategi-yaning samaradorligi, birinchi navbatda, barqaror institutsional muhitga, mustahkam huquqiy asosga bog‘liq. Qonunchilikda tez-tez o‘zgarishlarga yo‘l qo‘yilishi mehnat bozoriga va umuman, mamlakat iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni joriy manfaatlar va ehtiyojlar muammolari bilan mashg‘ul bo‘lib, strategik rejalar ishlab chiqishni orqa-ga surishga majburlaydi. Natijada, ular tezda o‘z raqobat ustunligini boy beradi.


Mehnat va ish bilan bandlik bo‘yicha iqtisodiy strategiyaning to‘rt aso-siy turi mavjud:



  1. Jamlanma o‘sish strategiyasi bu bozordagi mavqeni kuchaytirish stra-tegiyasi, mehnat bozorini rivojlantirish strategiyasi va kadrlar salohiyati-ni oshirish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot sifati va murakkab-ligini takomillashtirish strategiyasini qamrab oladi. Bunday strategiyada kompaniyalar nafaqat kadrlar malakasini oshirish, balki o‘z mahsulotlari-ning sifatini yaxshilash yoki yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadini ham ko‘zlaydi. Bu strategiyada, shuningdek, xo‘jalik yuri-tuvchi sub’ektlar mavjud bozorlardagi o‘z mavqelarini yaxshilash yoki yangi bozorga o‘tish choralarini ham ko‘rishlari mumkin.




  1. Integratsiyalashgan o‘sish strategiyasi bu rivojlanishning vertikal strategiyasiga teskari strategiya bo‘lib, malakali kadrlar hisobidan ilgari-lab borayotgan vertikal strategiyadir. Bu strategiyaning ikki turi farqlana-di:

1) kompaniya o‘z samaradorligini xomashyo va butlovchi qismlar yetkazib be-ruvchilar ustidan nazoratni kuchaytirish orqali oshirishga intiladi. Uni vertikal yo‘nalishga teskari strategiya deb ham atashadi;


2) olg‘a borayotgan vertikal strategiyada, korxona samaradorligi mehnat bozoridan o‘ziga mos malakali kadrlarni tanlab olishi hisobiga amalga oshiriladi. U kompaniyaning samaradorligini o‘zi va iste’molchilar o‘rta-sidagi tuzilmalar, ya’ni bevosita taqsimlash va mahsulotni reklama qilish hamda sotish ustidan nazoratni kuchaytirish hisobiga oshirishga yo‘nalti-rilgan.





  1. Diversifikatsiyali o‘sish strategiyasi markazlashtirilgan diversi-

fikatsiya strategiyasi va gorizontal diversifikatsiya strategiyasidir. Agar kompaniya ushbu bozorda mazkur tarmoq doirasida ishlab chiqarilayotgan mah-suloti bilan rivojlana olmasa, diversifikatsiyali o‘sish strategiyasini qo‘l-laydi. Uning quyidagi yo‘nalishlari bor:


a) gorizontal diversifikatsiya strategiyasi. Bunda kompaniya ishlab chiqa-rishi kadrlar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilgan, yangi bozorlarda sotilayotgan yangi mahsulotlar bilan texnologiya tomonidan bog‘liq bo‘lmagan holda mala-kali xodimlardan samarali foydalanish asosida ishlab chiqarishlar hisobi-ga kengayadi;


b) vertikal diversifikatsiya strategiyasi. Bu korxonada raqamli iqtiso-diyotga asoslangan yangi texnologiyani talab qiladigan yangi mahsulotlarni mavjud bozorda reklama qilish va sotishni ko‘paytirish hisobiga o‘sish im-koniyatlarini izlashdir;


v) markazlashtirilgan diversifikatsiyani rivojlantirish hisobiga amal-ga oshadigan strategiya bo‘lib, unda yangi biznes bilan bog‘liq yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hisobiga manfaat ko‘rish nazarda tutiladi.



  1. Qisqartirish strategiyasi tugatish strategiyasi, «hosilni yig‘ib olish» strategiyasi, qisqartirish strategiyasi va xarajatlarni qisqartirish strategiyasidir. Bu strategiya kompaniya uzoq muddat davomida o‘sishni ta’-minlaganidan so‘ng kuchlarni qayta taqsimlash zarurati tug‘ilganda qo‘llani-ladi. Uning to‘rt yo‘nalishi mavjud:

1) «hosilni yig‘ib olish» strategiyasidan biznesni uzoq muddatga mo‘ljallamasdan qisqa muddatda imkon qadar katta foyda olish maqsadi ko‘zlanadi;
2) qisqartirish strategiyasi kompaniya tomonidan o‘zining bo‘linmala-ridan birini sotish yoki tugatish hisobiga biznesni yuritish chegaralarini
uzoq muddatda o‘zgartirish zarurati tug‘ilganda qo‘llaniladi;
3) tugatish stragetiyasi kompaniya bundan buyon biznesidan foyda olmasligiga ishonchi komil bo‘lganida biznesning ushbu yo‘nalishini tugatish zarura-tiga muvofiq ishga solinadi;
4) xarajatlarni qisqartirish strategiyasi tugatish strategiyasiga o‘xshash-dir, chunki uning g‘oyasi chiqimlarni kamaytirish imkoniyatlarini ishga so-lishga yo‘naltirilgan. Ammo bu strategiyada xarajatlarning uncha ko‘p bo‘lma-gan manbalarini bartaraf etish bilan chegaralanadi.

Mehnat iqtisodiyotida strategiya tanlashning kompaniyani rivojlanti-rish uchun ehtimol tutilgan barcha muqobil variantlari ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.





Download 199,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish