16-mavzu. Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar reja


Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi



Download 369,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana08.04.2022
Hajmi369,75 Kb.
#537742
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 mavzu

2. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi. 
Jamg‘arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, 
investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg‘arishning 
amalda namoyon bo‘lish shakli bo‘lganligi sababli dastlab tahlilni jamg‘arishning mohiyati, 
omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz. 
Jamg‘arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni
shuningdek, ehtiyot zahiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg‘arish bir-biridan farqlanadi. 
Jamg‘arilgan mablag‘larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va 
aylanma mablag‘larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi 
jamg‘arish summasini hosil qiladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning 
muhim omilidir. 
Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish (noishlab chiqarish jamg‘arishi) uy-joy fondini, 
kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni 
nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga 
sarflanadi.
Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning 
zarur shartidir. 
Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab 
beradigan hal qiluvchi omillardir. 
Jamg‘arish normasi bevosita jamg‘arish summasining 
butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
%
100
)
/
(


МД
ЖС
ЖН

bunda: JN - jamg‘arish normasi;
JS - jamg‘arish summasi;
MD - milliy daromad. 
Jamg‘arish normasining ham o‘z chegarasi bo‘lib, uni oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz 
bo‘lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi 
natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag‘lar 
hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish 
imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o‘rtasida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Oqibatda 
iqtisodiy o‘sish pasayib ketish tamoyiliga ega bo‘ladi. 
Shunday qilib, jamg‘arish hajmi iqtisodiy o‘sish sur’atlari va sifatiga faqat o‘zining 
miqdori bilangina hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib qolmaydi. Fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida 
ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o‘ringa chiqadi. 
Jamg‘arish hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy 
daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar, jamg‘arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu 
omillardan asosiysi qo‘llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg‘arish 


miqdori ishlab chiqarish jarayonida xom-ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga 
ham bog‘liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o‘sha 
miqdorida mahsulotlarni ko‘proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi. 

Download 369,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish