F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy g’oyalari
Fridrix fon Xayek (1899–1992 y.) neoliberalizmning otasi hisoblanadi. U juda ko’p iqtisodiy va ijtimoiy-falsafiy mazmundagi asarlarning muallifi, ularning ichida asosiylari: “Baholar va ishlab chiqarish” (1929), “Pul nazariyasi va iqtisodiy stikl” (1933), “Foyda, foiz va investistiyalar” (1939), “Kapitalning sof nazariyasi” (1941), “Qullikka yo’l” (1944), “Erkinlik konstitustiyasi” (1960), “Sof pullar” (1976), “Erkin kishilarning siyosiy tuzumi” (1973-1979). Ushbu asarlarning nomidan ko’rinib turganidek, F.Xayek iqtisodiy nazariyadan ko’ra, jamiyat rivojlanishining iqtisodiy falsafiy va ijtimoiy-huquqiy masalalari bilan ko’proq shug’ullangan.
Inson erkinligining ustunligini F.Xayek bosh tamoyil sifatida ko’rsatadi. Erkinlik – bu davlat tomonidan har qanday majbur qilishning bo’lmasligi. F.Xayek fikriga ko’ra, davlat maorifni tashkil qilish bilan ham, ijtimoiy sug’urtani tashkil qilish bilan ham, kvartira haqi stavkasini tartiblash bilan ham shug’ullanmasligi kerak, bunday xatti-harakatlar “ma’muriy despotizm”dan boshqa xech narsa emas; davlatni pul emissiyasini amalga oshirishdagi monopol huquqidan ham mahrum etish kerak; davlatga ishonib topshirish mumkin bo’lgan maksimum narsa – bu qarilik pensiyalarini, ishsizlik bo’yicha nafaqalarni to’lash.
F.Xayek “o’z-o’zidan bo’ladigan tartib” konstepstiyasini qattiq turib himoya qildi. Unga ko’ra, zamonaviy jamiyatni tavsiflovchi uning barcha elementlari yig’indisi hech vaqt inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilishi mumkin emas (chunki uning bilimi, ongi cheklangan), aksincha ular o’z-o’zidan yuz beradigan tartib doirasida rivojlanib boradi. “Biz hodisalar o’rtasidagi aloqani muayyan darajada tushunishimiz mumkin, lekin ularni boshqara olmaymiz”, - deb yozadi F.Xayek. ijtimoiy tartib ongli xatti-harakat natijasi bo’lishi mumkin emas. Jamiyatda o’rnatilgan tartib o’z-o’zidan bo’ladigan xatti-harakat natijasidir.
F.Xayek makroiqtisodiy tahlilga salbiy munosabatda bo’lgan. Uningcha, mikroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish bir butun iqtisodiyotning amal qilishini tushuntirib berish uchun zarur va etarli hisoblanadi. Alohida xo’jalik sub’ektlarining xatti-harakatining muvofiqlashuvi muammosi axborot yordamida hal etilib turiladi. Axborot bozor bahosi mexanizmi orqali kelib tushadi, u xo’jalik ishtirokchilariga ustunlik beradi.
Bozorning samaradorligi shunda ko’rinadiki, unda aniq axborotlar etarli va ular tez tarqaladi. Natijada ideal emas, lekin shunga yaqin muvozanat o’rnatiladi.
F.Xayek ijtimoiyizmni tanqid qiluvchilardan biri sifatida, to’liq va operativ axborotga ega bo’lmagan markaziy rejalashtirish bozor iqtisodiyotiga o’xshab samarali amal qila olmasligini ko’rsatib berdi. Baholarning bir markazdan o’rnatilishi, ularning ustidan nazorat qilib turilishi, F.Xayekning fikri bo’yicha, axborotning buzilishiga, noto’g’ri tarqalishiga olib keladi. Baho talab va taklifni to’g’ri aks ettirmaydi, mahsulotlarga
bo’lgan talab to’g’risida ishlab chiqaruvchi aniq tasavvurga ega bo’lmaydi.
F.Xayek bo’yicha, pul emissiyasiga bo’lgan davlat monopoliyasi erkin jamiyat uchun zararli, negaki hukumat bunday monopoliya yordamida o’z fuqarolari hisobiga davlat muammolarini echishga urinadi (masalan, davlat qarzi muammosi, davlat xarajatlarining ko’payib ketishi va b.). U davlat emissiyasini xususiy emission banklarning erkin raqobati bilan almashtirishni taklif qiladi. Xususiy valyutalarni chiqarayotgan banklar o’rtasidagi erkin raqobat natijasida odamlar kundalik hayotda foydalanish qo’l keladigan ancha barqaror valyutani tanlash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |