Etuklik bosqichi: aholining o’sishga qaraganda mahsulot ishlab chiqarishning doimo ortiq bo’lishi ta’minlanadi, milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga integrastiyalashuvi kuchayadi, an’anaviy jamiyat batamom tugatiladi.
Ommaviy iste’mol bosqichi: uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari va xizmat ko’rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi.
U.Rostou AQSh iqtisodiy tizimini ijtimoiy evolyustiyaning yuqori bosqichi, ommaviy iste’molning yuqori darajasi bosqichi, barcha boshqa mamlakatlarning kelajakdagi rivoji uchun model deb tasvirlaydi. Uningcha, kommunizm – bu industrlashtirishni jadallashtirish zarurati tug’ilgan hollarda «o’tkinchi davrning kasali», «yagona industrial jamiyat»ga o’tishning mumkin bo’lgan yo’llaridan biridir. Sostializm yuksalish bosqichiga yaqinlashganda va yuksalish bosqichining o’zida jamiyatni jadallashtirishga qodir. «Ammo kommunizm o’z mohiyatiga ko’ra yuqori ommaviy iste’mol davrida barham topishi kerak». Hozir hammaga ayonki, bu bashorat amalga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |