O‘zbekiston Respublikasida mehnatga haq to‘lashning
Yagona tarif setkasi12
Mehnatga haq toMash razryadlari
|
Tarif
koeffitsiyentlari
|
Mehnatga haq to‘lash razryadlari
|
Tarif
koeffitsiyentlari
|
1
|
2,476
|
12
|
6,115
|
2
|
2,725
|
13
|
6,503
|
3
|
2,998
|
14
|
6,893
|
4
|
3,927
|
15
|
7,292
|
5
|
3,612
|
16
|
7,697
|
6
|
3,941
|
17
|
8,106
|
7
|
4,284
|
18
|
8,522
|
8
|
4,640
|
19
|
8.(43
|
9
|
4,997
|
20
|
9,371
|
10
|
5,362
|
21
|
9,804
|
11
|
5,733
|
22
|
10,240
|
T arif setkasidagi tarif koeffitsiyentlari har bir razryad boshqa razryadga nisbatan qanchalik katta yoki kichik ekanligini ko‘rsatadi.
Tarif stavkasi (mansab maoshi) xodimning vaqt birligida muayyan murak- kablik (malaka)dagi mehnat normasi (xizmat vazifasi)ni bajarganligi uchun qat’iy belgilab qo‘yiladigan ish haqi miqdoridir. Birinchi razryad tarif stavkasi eng oson (eng past malakali) mehnatga toʻlanadigan eng kam ish haqi miqdori hisoblanadi.
Har qanday razryadli xodimning tarif stavkasi (mansab maoshi) quyidagicha aniqlanadi:
TSn (MMn) = TSl (MMl) x TKn,
bu yerda: TSn (MMn) - n-razryadli xodimning tarif stavkasi (mansab maoshi); TSl (MMl) - 1-razryadli xodimning tarif stavkasi (mansab maoshi); TKn - n-razryadga qo‘ 11 aniladigan tarif koeffitsiy enti.
Tarif-malaka ma’lumotlari, odatda, xodimga qo‘yiladigan talablar, ishlab chiqarish xususiyatlari, yangi ish turlariga tarif belgilash tartibi, mazkur ma’lumotga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish tartibi aks etgan umumiy qism hamda malaka tavsifi va kasblarning alifbo ko‘rsatkichlaridan iborat boʻladi.
Ma’lumotning malaka tavsifi muayyan razryaddagi ishchi bajarishi kerak boʻlgan vazifalar ko‘rsatilgan «Ishlar tavsifi», mazkur vazifalarni bajarish uchun ishchi egallashi kerak boʻlgan bilim va ko‘nikmalar bayon etilgan «Bilishi kerak» hamda ishlab chiqarishning muayyan sohasi uchun namunaviy hisoblangan kasb va razryadlar bo‘yicha ishlar ro‘yxati aks etgan «Ishlar namunalari» boʻlimlaridan iborat. Ma’lumotda, shuningdek, kasblarning alifbo ko‘rsatkichlari ham mavjud.
Mehnatga haq toʻlashni tashkil etishning tarifsiz modeli tarif stavkalari (mansab maoshlari)ga asoslangan. Bu model asosan ikki - taqsimlash va egiluvchan tizimlardan iborat.
Ish haqi tarifsiz modelining taqsimlash tizimi mehnatga haq toʻlash fondini jamoa ish natijalariga qarab shakllantirish va uni xodimlar o‘rtasida har bir xodim amaldagi malaka darajasi koeffitsiyenti bo‘yicha taqsimlashga asoslangan.
Mazkurtizimda harbirxodimningish haqi miqdori uning butunjamoamehnatiga haq toʻlash fondidagi ulushiga bogʻliq boʻladi:
Kx + IHF
bu yerda: IHx - xodimning ish haqi miqdori; Kx - xodim ish haqining eng kam ish haqiga nisbatini ko‘rsatuvchi koeffitsiyent; Ko‘ - xo‘jalik yurituvchi subʻyektda ish haqi miqdori nisbatining o‘rtacha koeffitsiyenti; IHF - ish haqi fondi.
Tarifsiz model taqsimlash tizimidan qoʻllanish uchun quyidagilar talab etiladi:
jamoa a’zolarining pirovard ish natijalari uchun toʻla mas’ulligi;
xodimlarning malaka darajasini obʻyektiv baholash imkoniyati mavjudligi;
mehnat qonunchiligi hamda yollanma xodimlar va ish beruvchilar vakillari o‘rtasidagi bitimga binoan eng kam ish haqi miqdorining kafolatganligi.
IHo‘ =
Kx
Ih
Xodimlarning malaka darajalari mazkur tizim amaliyotga joriy etilishi paytida amalda tarkib topgan ish haqi miqdori nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
bu yerda: EHo‘ - o‘rtacha ish haqi miqdori; Ihmm - shu davrda xodimning eng kam ish haqi miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |