Yevropa Ittifoqiga a’zo rivojlangan davlatlarda 2018-yilga
belgilangan tirikchilik o‘tkazish uchun eng kam miqdordagi
har oylik daromad miqdori19
Oʻrin
|
Mamlakat
|
Eng kam miqdordagi daromad miqdori, yevro
|
1
|
Lvuksemburg
|
2000
|
2
|
Fransiya
|
1254
|
3
|
Germaniya
|
1240
|
4
|
Finlyandiva
|
1170
|
5
|
Buyuk Britaniya
|
1087
|
6
|
Gollandiya
|
1080
|
7
|
Belgiya
|
1030
|
8
|
Avstriya
|
1010
|
9
|
Italiya
|
855
|
10
|
Ispaniva
|
645
|
Germaniyada iste’mol savatchasi mamlakatning Federal statistika idorasi tomonidan ishlab chiqiladi. 2018-yilda u 750 turdagi tovar va xizmatlarni qamrab olgan. Federal statistika idorasi mutaxassislari mamlakat aholisining iste'mol ehtiyojlari o‘zgarishiga ko‘ra, ushbu savatchaga kiritiladigan tovarlar va xizmatlarni muttasil yangilab boradi. Bunda mamlakatda Yevropa Ittifoqida o‘rnatilgan standartlar hisobga olinadi. Masalan, «iste’mol savatchasi»ga farzandni bolalar bog‘chasida tarbiyalash, bemorlarni parvarish qilish, keksa yolg‘iz shaxslar va nogironlarni davlat qaramog‘iga olish uchun xarajatlar, hatto oziq-ovqat mahsulotlarini xonadonlarga yetkazib berish narxi ham kiradi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida ham «iste’mol savatchasi»ni belgilash tajribasi mavjud. Rossiya Federatsiyasida 2012-yilda yangi tahrirdagi «Rossiya Federatsiyasi bo‘yicha «iste’mol savatchasi» to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan. Ushbu hujjatda aholi jon boshiga yiliga eng kam oziq-ovqat mahsulotlarining turlari va miqdorlari aholining uch toifasi: mehnatga layoqatli shaxslar, pensionerlar va bolalar uchun belgilab qo‘yilgan (14.9-jadval).
jadval
Rossiya Federatsiyasida o‘rnatiIgan «iste’moI savatchasi»dagi oziq-ovqat
mahsulotlarining turlari va miqdori'
Oziq-ovqat mahsulotlan
|
Iste’mol nonnasi (yiliga jon boshiga, kg)
|
Mehnatga layoqatli aholi
|
Pensio-
nerlar
|
Bolalar
|
Non mahsulotlari (non va makaron mahsulotlari un, yorma va dukkaklar hisobida)
|
126,5
|
98,2
|
77.6
|
Kartoshka
|
100,4
|
80,0
|
88,1
|
Sabzavoʻl va poliz mahsulotlari
|
114,6
|
98,0
|
112,5
|
Hoi meva
|
60,0
|
45,0
|
118,1
|
Shakar va qandolat mahsulotlari (shakar hisobida)
|
23,8
|
21,2
|
21,8
|
Go‘sht mahsulotlari
|
58,6
|
54,0
|
44,0
|
Baliq mahsulotlari
|
18,5
|
16,0
|
18,6
|
Sut va sut mahsulotlari (sut hisobida)
|
290,0
|
257,8
|
360,7
|
Tuxum (dona)
|
210
|
200
|
201
|
Yog\ margarin va boshqa yogiar
|
11,0
|
10,0
|
5,0
|
Boshqa mahsulotlar (tuz, choy, ziravorlar)
|
4,9
|
4,2
|
3,5
|
Rossiyada «iste’mol savatchasi» har 5 yilda qayta ko‘rib chiqiladi. «Iste’mol savatchasi»da oziq-ovqat mahsulotlari uning yarmi - 50 foizini, nooziq-ovqat tovarlari - 25 foizini, xizmatlar ham 25 foizni tashkil etadi.
Qozog‘istonda ham «iste’mol savatchasi» tushunchasi qo‘llaniladi. U oziq- ovqat mahsulotlari iste'molining ilmiy asoslangan fiziologik normalari bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarga xarajatlarning qat’iy belgilangan ulushi eng kam «iste’mol savatchasi» qiymatining 45 % miqdorida belgilanadi. Ya’ni, qozog‘istonliklarning «iste’mol savatchasi»dagi oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 55 % ni tashkil etadi20 21.
2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, inno- vatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshi-
T
rishga oid Davlat dasturida xalqimizning munosib hayoʻl kechirishi uchun zarur boigan daromadlarni aniqlash bo‘yicha «iste’mol savatchasi»ga oid munosa- batlarni huquqiy tartibga solish nazarda tutilgan22.
«Iste’mol savatchasi»ga oid normativ-huquqiy asoslami ishlab chiqishga Oʻz- bekiston Respublikasi Iqtisodiyot, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari va Innovatsion rivojlanish vazirliklari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jalb qilingan.
Mamlakatda «iste’mol savatchasi»ni ishlab chiqishda quyidagilarni inobatga olish moʻljallanmoqda:
demografik omillar: oilalarning katta-kichikligi va tuzilishi, aholining tarkibi va jins-yosh tuzilmasi;
ijtimoiy-iqtisodiy omillar: oilalarda oziq-ovqt mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning haqiqatda iste’mol qilinishi;
barcha gumhdagi aholining ehtiyojlari, ularning daromadi darajasi;
inson salomatligini saqlash va hayoʻliy faoliyatini ta’minlash uchun zamr boʻlgan eng kam iste’mol hajmlari hamda tovarlar va xizmatlar ro‘yxati bo‘yicha ilmiy tavsiyalar;
aholining ijtimoiy himoyalanishini ta’minlashga doir davlatning moliyaviy imkoniyatlari;
tovarlar va xizmatlarning real bozor narxlari va boshqalar.
Aholining turli qatlamlari tirikchiligi uchun zamr eng kam miqdorni belgilashda muayyan davrda «iste’mol savatchasi»dagi barcha ne’matlami iste’mol qilish normalarini aniqlash zamr boʻladi. Masalan, fuqaro tirikchilik o‘tkazish uchun har kuni iste’mol qilishi kerak boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami va miqdori yoki barcha kommunal xarajatlami qoplash uchun oyiga qancha miqdorda pul zamrligini hisoblab chiqish talab etiladi.
Mamlakatda «iste’mol savatchasi»ga oid munosabatlami huquqiy tartibga solish aholining real daromadlari, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar miqdorini hududlar kesimida ana shu «tirikchilik o‘tkazish eng kam miqdori»ga mutanosibligini bosqichma-bosqich ta’minlash imkonini beradi.
Mehnatni rag‘batlantirish
Mehnatni rag'batlantirish - mehnat faoliyatida belgilab qo‘yilgan ish natijalari va sifatidan yuqoriroq ko‘rsatkichlarga erishganlik uchun xodimning muhim ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan mexanizmlami yaratishdir.
Xodimning mehnat munosabatlariga kirishishi uning mehnat shartnomasida belgilab qo‘yilgan xizmat vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarganligi uchun rag‘batlantirilishini nazarda tutadi.
Keng ma'nodagi mehnatni rag‘batlantirish xodimning qonuniy mehnat faoliyati uchun oladigan barcha turdagi to‘lovlar va mukofoʻllardir.
Tor ma'nodagi mehnatni rag‘batlantirish deganda esa yollanma xodimlar mehnati sarfi uchun toʻlovlar tushuniladi. Shu ma'noda mehnatni rag‘batlantirish makrodarajada - davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan davlat funksiyalarini bajarish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish; mikrodarajada - mulkchilik turli shaklidagi korxona, tashkilot, muassasalar personali mehnatiga haq toʻlashdir.
Mehnatni rag‘batlantirishning ikki - tashqi va ichki turi farqlanadi.
Tashqi rag ‘hatlantirish ish beruvchi tomonidan xodim mehnati samaradorligini oshirish uchun ta’sir ko‘rsatishning barcha shakllarini qamrab oladi. Ular:
ko‘rsatish shakli bo‘yicha - moddiy yoki nomoddiy (sovg‘alar berish, minnatdorlik bildirish);
oʻlchov birligi bo‘yicha - pul (ish haqi) yoki natura (korxona mahsuloti) shaklida;
xodim tomonidan olinishi bo‘yicha - bevosita (ish haqi) va bilvosita (ijtimoiy toʻlovlar, imtiyozlar, sovg‘alar);
toʻlash muddatlari bo‘yicha - joriy (ish haqi), bir yoʻla (yillik, muhim topshiriqlarni bajarganlik uchun ustama va qo‘shimcha toʻlovlar), davriy (mukofoʻllar);
ta'sir muddati bo‘yicha - qisqa muddatli (bir maroʻlaba mukofoʻllar), uzoq muddatli (aksiyalar, opsionlar);
toʻlov shartlari bo‘yicha - majburiy (ish haqi, mehnat ta’tili, kasallik varaqasi toʻlovlari, pensiya va hokazolar); majburiy boʻlmagan (qo‘shimcha imtiyozlar);
tashkiliy-ma’muriy shakliga ko‘ra - Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, jamoa kelishuvlari va shartnomalari bo‘yicha;
yondashuv darajasi bo'yicha - ish beruvchi nuqtayi nazaridan, yollanma xodim nuqtayi nazaridan;
moliyalash manbalari bo‘yicha - davlat yoki korporativ (xo‘jalik yurituvchi subʻyekt) boʻlishi mumkin (14.9-rasm).
Mehnatni ichki rag‘batlantirish - mehnat mohiyati va bajarilayotgan ish ahamiyatidan qoniqish hosil qilish ish beruvchiga bogʻliq boʻlmasdan, yollanma xodim shaxsi xususiyatlaridan kelib chiqadi. Xo‘jalik yurituvchi subʻyekt yollanma xodim uchun qulay shart-sharoitlami yaratib berib, mehnatni ichki rag‘batlantirishga bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bunday ta’sir ko‘rsatish shakllariga:
personalni qaror qabul qilishga jalb etish;
personal zimmasiga katta mas'uliyat yuklash;
mehnat faoliyatida erkinlik va vakolatlar berish;
xizmat vazifasi (karera)da o‘sish imkoniyatini yaratish;
mehnat faoliyati xilma-xil bo‘lishini ta’minlash kiradi.
rasm. Mehnatni rag‘batlantirish usullari
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari xo‘jalik yuritish subʻyekt- lariga personal mehnat moʻlivatsiyasini kuchaytirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda katta vakolatlar beradi. «Korxonalar to‘g‘risida»- gi Qonunning 19-moddasida: «Mehnatga haq to‘lashning shakllari, tizimlari va miqdorini, shuningdek, xodimlar daromadlarining boshqa turlarini korxona mus- taqil belgilaydi», deb ko‘rsatilgan.
Xodimlarni rag‘batlantirishning moddiy va ma’naviy usullaridan oqilona foydalanish talab qilinadi. Oʻz xususiyatlari bo‘yicha rag‘batlantirishning bu ikki usuli ham samarali hisoblanadi. Lekin ularning ta’sir kuchi ta'sir ko‘rsatish joyi, vaqti va subʻyektiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi, xodimning ijtimoiy maqomi, moddiy ahvoli, jinsi va yoshi ham ahamiyatga egadir.
Mehnatni rag‘batlantirishning quyidagi funksiyalari mavjud:
Iqtisodiy. Rag‘batlantirish mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, iqtisodiy tejamkorlikni kuchaytirish, umuman, ishlab chiqarish sama- radorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ma'naviy. Rag‘batlantirish xodimda faollik, tashabbuskorlik, ishchanlik, kasb mahoratini oshirishdan manfaatdorlik, o‘zining va mehnat jamoasi ish natijalari uchun mas’uliyati kabi xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy. Rag‘batlantirish xodimning ehtiyojlari va qadriyatlarini shakl- lantirish orqali jamiyatning turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadlarini ham ko‘zlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |