14 -mavzu. Mehnatga bo‘lgan rag‘bat, motivatsiya va haq to‘lashni tashkil etish



Download 338,06 Kb.
bet2/14
Sana16.01.2022
Hajmi338,06 Kb.
#375358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
14 -Mavzu. Mehnatga bo‘lgan rag‘bat, motivatsiya va haq to‘lashni tashkil etish (1)

Aholining umumiy daromadlari - majburiy toʻlovlar va boshqa ajratmalarni amalga oshirgunga qadar boʻlgan yalpi daromadni ifoda etadi.

Aholining umumiy daromadiga pul daromadlari va natura shaklidagi daromadlar kiradi hamda doimiy asosda, takrorlanuvchi hususiyatga ega boʻlgan, yillik yoki undan kam vaqt oraligTdagi davrda uy xo‘jaligi yoki uning alohida a’zolariga tushadigan tushumlardan tarkib topadi.

Aholi turmush darajasining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarini aholi pul daromadlari va xarajatlari, uning tarkibi va foydalanilishi, daromad bo‘yicha aholini taqsimlash kabi ko‘rsatkichlar xarakterlaydi. Aholi pul daromadlari barcha toifalardagi aholining mehnati evaziga olgan ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlari, pensiya, nafaqa, stipendiya, kapital qo‘yilmalar bo‘yicha foiz shaklida olinadigan daromadlar, renta, ko‘chmas mulkni, qishloq, xo‘jaligi mahsulotlari va chorva mollarini soʻlishdan tushumlar, turli xizmatlami ko‘rsatishdan olingan daromadlar va boshqalardan iborat.

Birlamchi daromadlar, o‘z navbatida, ishlab chiqarishdan olingan daromadlar (mehnat faoliyatidan olingan daromad va shaxsiy iste’mol uchun ishlab chiqarilgan shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlar) va mol-mulkdan olingan daromadlarni o‘z ichiga oladi.

Mehnat faoliyatidan olingan daromad yollanma ishchilarning va mustaqil ravishda ish bilan band bo‘lgan aholining daromadidan tarkib topadi.

Yollanma ishchilarning daromadi - bu mehnatga haq to‘ lashning yashirin (ya’ ni, birlamchi va buxgalteriya hisobida aks ettirilmasdan ish beruvchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar) qismini qo‘shgan holda pul va natura (tovarlar yoki xizmatlar ko‘rinishida) shaklida mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlardan tashkil etiladi.

Mustqil ravishda ish bilan band bo‘lishdan olingan daromadlar - mustaqil ravishda tashkillashtirilgan va uy xo‘jaligi a’zolari jalb qilingan mehnat jarayoni natijasida olingan daromadlardir.

Shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarga bozor uchun mo‘ljallanmagan va uy-joy egalari tomonidan foydalanilayotgan turar-joy xizmatlarining shartli ravishda hisoblangan qiymati kiradi.

Mol-mulkdan olingan daromadlar (mulkiy daromadlar) - mulkiy egalik qilish huquqi bo‘lgan moliyaviy va nomoliyaviy aktivlami boshqa shaxslarga foydalanish uchun berishdan uy xo‘jaliklariga tushgan tushumlardir.

Transfertlardan olingan daromadlar esa ijtimoiy transfertlar (pensiya, nafaqa va stipendiyalar) va boshqa joriy transfertlardan iborat (transfertlar - uy xo‘jaliklariga tovar, xizmat yoki aktiv evaziga qoplanmasdan tovarlar, xizmatlar va aktivlarning kelib tushishi).

Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy ish joyidan beriladigan ish haqi aholining aksariyat qismi uchun yetakchi daromad manbai hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi aholi jami daromadlarining 60-80 foizini tashkil etadi, ya’ni ularning me’yoriy hayoʻl faoliyatini ta’minlash poydevori boʻlib xizmat qiladi.

Agar MDH mamlakatlarining aholi daromadlari tarkibini ko‘radigan boʻlsak, yollanma ishchilarning ish haqi sifatida olgan daromadlari Armaniston, Belarus, QozogTston, Rossiya Federatsiyasida 55-69 % ni tashkil etadigan boʻlsa, QirgTzistonda 40 % atrofida, Oʻzbekistonda 34,3 % ni tashkil etadi. Ijtimoiy toʻlovlarning ulushi Belarusda 29 % boʻlsa, Armaniston, QozogTston, QirgTziston, Rossiya Federatsiyasida 16 % dan 18 % gachani, Oʻzbekistonda esa 11,3 % ni tashkil etadi.

Kichik biznes va tadbirkorlik subʻyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida aholining kichik tadbirkorlikdan olgan daromadlari ulushi yil sayin oshib bormoqda. Statistik ma’lumoʻllarga ko‘ra, bu ulush 56-60 % ni tashkil etmoqda.

Aholi umumiy daromadlari hajmining o‘zgarishiga mol-mulkdan olingan daromadlarning ta'siri juda kam bo‘lsa-da, aholining tijorat banklariga bo‘lgan ishonchining ortishi, innovatsion ishlanmalarning rivojlanishi, qolaversa, aksiyadorlik jamiyatlari daromadlarining ortishi, uy-joy va boshqa ko‘chmas mulk obʻyektlarini ijaraga berish va shu kabi bozor mexanizmlarining takomillashuvi natijasida aholining qo‘liga kelib tushayotgan foizlar, dividendlar ham yil sayin ortib borayotganligini kuzatishimiz mumkin.

Aholi daromadlarining oshishi va turmush darajasining yaxshilanishi natijasida jami istehuol xarajatlari tarkibida oziq-oqvat mahsulotlarini xarid qilish xarajatlari salmog‘ining barqarorlashib borishi bilan bir vaqtda, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga sarflanadigan xarajatlar ulushi ortmoqda.

Aholi iste’mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlarning barqarorlashishi, shuningdek, nooziq-ovqat va xizmatlarga qilinayotgan xarajatlarning ulushi ortib borayotganligi ijobiy hol, albatta.

Jadvaldagi ma’lumoʻllar ko‘rsatadiki, oxirgi da aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan pul daromadlari, ishchi va xizmatchilarning o‘rtacha ish haqi, jon boshiga to‘g‘ri kelgan iste'mol buyumlari, chakana tovar aylanishi sezilarli darajada ortgan. Bu esa Oʻzbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning maqsadli olib borilayotganligi, ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi bilan izohlanadi. Bugungi kunda aholiga ijtimoiy-madaniy xizmatlarni ko‘rsatish ham yuqori darajada olib borilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, aholi turmush darajasini oshirish manbalari ijtimoiy dasturlarning amal qilishi uchun resurs hosil qilish omili hisoblanuvchi iqtisodiy o‘sish bilan ijtimoiy taraqqiyot o‘rtasidagi uzviy bogdiqlik shakllanadi. Turmush darajasi hayoʻl faoliyatiga moddiy shart-sharoitiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, hodisalar va jarayonlarni o‘rganish hamda yechilishi muhim boʻlgan ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot muammolarini aniqlash kiradi.




Download 338,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish