Bosh kelishuv Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Savdo- sanoat palatasi va taraflarning taklifiga ko‘ra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan ham tuzilib, unda ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida kelishib siyosat olib borishning umumiy prinsiplari belgilab olinadi.
14.4-jadval
Byudjet tashkilotlari va nodavlat sektorida mehnatga
haq toflashni tashkil etish
Ko‘rsatkichlar
|
Byudjet tashkilotlarida
|
Nodavlat sektorda
|
Ish haqi bazaviy (asosiy) qismini belgilash
|
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tas- diqlangan Yagona tarif setka- si asosida
|
Mehnat bozoridagi talab va taklif, mehnat unumdorligi asosida mustaqil ishlab chiqiladi.
|
Mehnatga haq to‘lash modeli va tizimlari
|
Asosan ishbay va vaqtbay
|
Pirovard mehnat natijasiga qarab egi- luvchan model va tizimlar
|
Rag‘batlantiruvchi toiovlar (mukofoʻllar)
|
Faoliyat asosiv natijalari- ga ko‘ra maxsus manbalar- dan mukofoʻllar. yil yakuni bo‘yicha bir yoia mukofoʻl- lar, ustamalar, qo'shimcha toiovlar
|
Koixona faoliyati pirovard natijalariga yoki belgilangan maqsadga erishish- ga qo'shgan shaxsiy hissasi uchun mukofoʻl, bonuslar, foyda va kapitalda ishtirok etish
|
Tarmoq kelishuvlari tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida, taraflarning taklifiga ko‘ra esa Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan ham tuzilib, ularda ijtimoiy-mehnat munosabatlarining asosiy yo‘nalishlari, mehnat faoliyatining shartlari va unga haq to‘lash, tarmoq xodimlarining ijtimoiy kafolatlari belgilab qo‘yiladi.
Xodimlar va ish beruvchi o‘rtasida tuziladiganjamoa shartnomalarida xususan: - mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi, miqdori, pul mukofoʻllari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar;
narxlaraing o‘zgarib borishi, inflyatsiya darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko‘rsatkichlami bajarilishiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;
ishni ta’lim bilan qo‘shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;
ijtimoiy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug‘urta;
ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarining shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo‘shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari bo‘yicha ish beruvchi va xodimlarning o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin1.
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etishda uning xodimlar mehnat moʻlivatsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladigan rag‘abtlantiruvchi funksiyasi to‘liq amal etishi dolzarb vazifadir. Bu mehnatga haq to‘lash siyosatini ijtimoiy dasturlar, inflyatsiya darajasini yanada pasaytirish bilan uzviy bog‘liq holda olib borishni talab etadi.
Mehnatga haq to‘lash tizimlari
Mehnatga haq to‘lash tizimlari - mehnatning miqdor natijalari va sifatiga (uning murakkabligi, intensivligi, shart-sharoitlariga) bogfliq ravishda ish haqini belgilash mexanizmidir.
Mehnatga haq toflash ishbay va vaqtbay tizimlaridan iborat (14.5-rasm).
Mehnatga haq to‘lashning shakllari
Ishbay (bajarilgan ish hajmi
|
|
Vaqtbay (ishlangan vaqt
|
asosida)
|
|
asosida)
|
14.5- rasm. Mehnatga haq to'lashnmg shakllari
Ish haqining ishbay tizimi vaqt birligi hisobiga bajarilgan ish miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatga haq toiashga asoslangan. Mehnatga haq toiashning ishbay usulini qoilash uchun:
mehnatni normalash;
mehnat sarfini hisobga olish;
mehnat natijasini hisobga olish;
mehnat unumdorligini aniqlash talab etiladi.
Ularning har biri o‘z xususiyatlari, afzallik va kamchiliklariga ega10 11.
Ish haqining ishbay usulini:
bevosita ishbay;
ishbay-mukofoʻlli;
ishbay-progressiv;
bilvosita ishbay;
akkord;
akkord-mukofoʻlli shakllari tarzida tashkil etish mumkin.
Bevosita ishbay shaklida ish haqi amalda bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)ga belgilab qo‘yilgan normalarga muvofiq ishlab chiqiladi:
Ii = Bi (Kx) x Im,
bu yerda: Ii - ishbay ish haqi; Bi (Kx) - bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat); In - ishbay normasi.
Xo‘jalik yurituvchi subʻyektlarda mehnatga haq to‘lashning ishbay-mukofoʻlli shakli eng ko‘p qo‘llaniladi. Ish haqining bu shakli bevosita ishbay ish haqiga bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat) sifati, tezkorligi, mijozlar tomonidan shikoyatlar yo‘qligi va hokazolarga mukofoʻl to‘lanishini nazarda tutadi.
Mehnatga haq toiashning ishbay-progressiv shaklida ish haqi belgilab qo‘yilgan normalar qancha ko‘p oshirib bajarilsa, ish haqi shu miqdorda progressiv oshib boradi.
Mehnatga haq toiashning bilvosita ishbay shakli, odatda, yordamchi ishlarni bajaruvchi xodimlar-chilangarlar, sozlovchilar, ta’mirlovchilar, ustayordamchilari va shu kabilarga ish haqi toiashda qoilaniladi. Bunda asosiy ishlab chiqarish xodimlari ish haqi fondining muayyan qismi bu yordamchi xodimlarga ajratiladi.
Ish haqining akkord shakli, asosan, qurilishlarda qoilaniladi. Bunda ba- jariladigan ish hajmi uchun aniq ish haqi miqdori belgilab qo‘yiladi. Ish haqining akkordli-mukofoʻlli shaklida belgilangan ish hajmini sifatli, muddatidan ilgari bajarganlik uchun mukofoʻllash ko‘zda tutiladi.
Vaqtbay ish haqi tizimi, odatda, xodim mehnati ish natijalarini normalash yoki bajarilayotgan ish miqdorini hisoblab chiqish imkoniyati bo‘lmagan hollarda qoilaniladi. Bunda xodim ish haqi u amalda ishlagan vaqt bo‘yicha tarif stavkasiga asoslangan holda hisoblab chiqiladi.
Ish haqining vaqtbay tizimi soatbay, kunbay, oybay shaklida boiishi mumkin. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda xodimlarga soatbay ish haqi toiash keng tarqalgan. Oʻzbekiston Respublikasida, asosan, vaqtbay ish haqi tizimining oybay shakli qoilaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqining tarif, tarifsiz va kompensatsiya modellari mavjud (14.6-rasm).
Ish haqi tashkil etishning tarifmodeli quyidagilarga asoslangan:
a) mehnatni texniknormalash. Bu muayyan ishni bajarish (xizmat ko‘rsatish)ga mehnat sarfini obʻyektiv baholash uchun texnik jihatdan asoslangan mehnat (vaqt,ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, xodimlar soni) normalari o‘rnatish jarayoni boiib, ish haqini hisoblab chiqishda qoilaniladi;
b) tarif tizimi. Bu turli toifadagi xodimlar tomonidan bajarilgan ish (ko‘rsatil- gan xizmat)da obʻyektiv mavjud boigan farqlami miqdor jihatidan belgilash uchun qo‘ llaniladigan normativlar j amlanmasidir.
14.6-rasm. Ish haqining model va tizimlari
Tarif tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
tarif setkasi;
tarif stavkalari (mansab maoshlari);
tarif koeffitsiyentlari;
tarif-malaka ma’lumotlari.
Tarif setkasi - mehnatning murakkabligiga qarab ish haqi miqdorini differensiyalash vositasidir. Unda xodimlar turli toifalari uchun tarif koef- fitsiyentlariga muvofiq ish haqlari nisbati aks etadi. Xodimlar barcha toifalari uchun yagona bo‘lgan hamda ishchilar uchun alohida razryadlar belgilangan tarif setkalari mavjud. Oʻzbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda 1 dan 22 gacha razryadi bo‘lgan yagona tarif setkasi qabul qilingan (14.5-jadval).
14.5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |