14 -mavzu. Mehnatga bo‘lgan rag‘bat, motivatsiya va haq to‘lashni tashkil etish



Download 338,06 Kb.
bet7/14
Sana16.01.2022
Hajmi338,06 Kb.
#375358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
14 -Mavzu. Mehnatga bo‘lgan rag‘bat, motivatsiya va haq to‘lashni tashkil etish (1)

Mehnatga haq to ‘lashni makrodarajada - davlat tomonidan tartibga solinishi. Bu qonunchilikka asoslangan holda ma’muriy yo‘llar, mehnatga haq to‘lashning miqdori va to‘lash tartibini nazorat qilish, byudjet tashkilotlarida mehnatga haq to‘lashni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Mehnatga haq to‘lashning davlat tomonidan tartibga solishda eng kam miqdordagi ish haqini belgilash markaziy o‘rinni egallaydi.

  • Mehnatga haq to ‘lashning jamoa shartnomalari asosida tashkil etilishi. Bu ijtimoiy sheriklar - yollanma xodimlar, ish beruvchilar hamda ularning vakillari (kasaba uyushmalari, uyushmalar va hokazolar) o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga muvofiq tartibga solinadi.

  • Mehnatga haq to ‘lashning korporativ, bozor tomonidan o ‘zini o ‘zi muvofiqlashtirish usullari asosida tashkil etish. Bu xo‘jalik yurituvchi subʻyektlarda ish haqini ish kuchi bozor bahosining o‘zgarishi bilan bog‘liq holda tartibga solish usulidir.

    Mehnatga haq toiashni tashkil etish negizida milliy iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish darajasi ijtimoiy ishlab chiqarishning mulkchilik shakllari, davlatning mehnatga haq toiashni tartibga solish siyosati va boshqa ko‘pgina omillar yoʻladi. Ularni shartli ravishda bozor omillari, bozorga taalluqli boimagan, tashqi va ichki omillarga ajratish mumkin (14.3-rasm).

    Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlaridagi xo‘jalik yurituvchi subʻyektlarda mehnatga haq toiashni tashkil etish quyidagi prinsiplarga asoslanadi:



    1. Ish haqi miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.

    2. Ish haqi amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz boiishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.

    3. Ish haqi shakl va tizimlari, mukofoʻllar, qo‘shimcha toiovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi toiovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.


    14.3-rasm. Mehnatga haq toiashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar






    1. Ish haqi, qoida tariqasida, pul shaklida to‘lanadi. Ish haqini natura shaklida to‘lash taqiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasnodir.

    2. Byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan muassasa va tashkilotlar, davlat korxonalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarining eng kam darajasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

    3. Tabiiy iqlim va turmush sharoitlari noqulay boʻlgan joylarda ish haqiga rayon koeffitsiyentlari va ustamalar belgilanadi. Chunonchi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 136-138-moddalarida mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos boʻlgan ishlarda band boʻlgan (shu jumladan, o‘ta zararli va o‘ta og‘ir mehnat sharoitda), og‘ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarda ish bajarayotgan xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilab qo‘yiladigan tartibda pullik qo‘shimcha ta'tillar berilishi ko‘rsatilgan.

    Shu bilan birga, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xodimlarining ish haqiga rayon koeffitsiyentlari, cho‘1 va suvsiz, baland togTi joylarda ishlaganlik uchun koeffitsiyentlami qoʻllash tartibi ham mavjud. Bu koeffitsiyentlar, jumladan, QoraqalpogTston Respublikasida 1,1-1,3; Navoiy viloyatida 1,2-1,6; Buxoro viloyatida 1,2-1,5; Toshkent viloyatida 1,2 ni tashkil etadi.

    1. Mehnat shartnomasi taraflari kelishuvi bilan belgilangan ish haqi miqdori jamoa shartnomasi yoki kelishuvda o‘matilgan miqdordan kam boʻlishi mumkin emas.

    2. Ish haqi toʻlashyakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning roziligisiz (qonunda ko‘zda tutilgan ba’zi hollar istisno etilgan holda) yo‘1 qo‘yilmaydi.

    3. Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa, tungi soatdagi ishning har bir soati uchun esa bir yarim baravarda ish haqi toʻlanadi8.

    Yuqorida qayd qilingan funksiyalami amalga oshirish uchun quyidagi eng muhim tamoyillarga rioya qilinishi zamr (14.4-rasm):

    1. Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi ortib borgan sari real ish haqining ortib borishi. Bu tamoyil ehtiyojlarning ortishi obʻyektiv iqtisodiy qonunning amal qilishi bilan bogʻliq boʻlib, mazkur qonunga muvofiq ehtiyojlarning yanada toʻlaroq qondirilishi faqat o‘z mehnati uchun ko‘proq miqdorda moddiy ne'matlar va xizmatlarga ega boʻlish imkoniyatlari kengaygan sharoitdagina real boʻladi. Biroq bunday imkoniyat ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan, mehnat samaradorligi bilan bogTanishi lozim. Bunday bogTanishning yo‘qligi esa, bir tomondan, ishlab topilmagan pulning berilishiga, demak, inflyatsiyaga, olingan nominal ish haqining ta'min etilishiga va real ish haqining pasayishiga, ikkinchi tomondan,pasaytirilgan, mehnat hissasining samaradorligiga mos kelmaydigan nominal ish haqining to‘lanishiga olib kelishi mumkin. Natijada, xodimlarning ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish va ish haqini ko‘paytirish imkoniyati bo‘lmaydi.

    2. Mehnat unumdorligi o‘sishining o‘rtacha ish haqining o‘sish sur’atlaridan ilgarilovchi sur’atlarini ta’minlash. Bu tamoyilning mohiyati - ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish asosida mehnat daromadlarini maksimal darajaga yetkazishdan iborat. Bu tamoyilga rioya qilinishi jamg‘arish jarayonining, kengaytirilgan ishlab chiqarishning uzluksizligini taqozo etadi va korxonaning rivojlanishi hamda ravnaq topishining zarur sharti hisoblanadi.


    14.4-rasm. Mehnatga haq to‘lashning tamovillari






    1. Xodimning mehnat hissasiga, mehnat mazmuni va sharoitlariga, korxona joylashgan mintaqaga, uning qaysi tarmoqqa mansubligiga qarab ish haqini tabaqalashtirish. Mazkur tamoyil xodimning o‘ z mehnat malakasidan, mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlashdan moddiy manfaatdorligini kuchaytirish zarurligiga asoslangan. Bunda ish kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur moddiy ne’matlar miqdoridagi, mehnatning turli sharoitlaridagi, geografik va iqlim sharoitlaridagi tafovutlar hisobga olinishi lozim.

    2. Tengmehnatgatengish haqi.Butamoyiltalabi-bozor sharoitidaishlovchining jinsi, yoshi, milliy mansubligi va hokazolarga qarab, uning mehnatiga haq toʻlashda kamsitishga yoʻl qo‘ymaslikdir.

    3. Mehnatga haq toʻlashni davlat tomonidan tartibga solish.

    4. Mehnat bozorining ta’sirini hisobga olish. Mehnat bozori - bu shunday bir sohaki, u yerda, pirovard natijada, mehnatning har xil turlariga baho berish tarkib topadi. Har bir xodimning mehnatiga toʻlanadigan ish haqi uning mehnat bozoridagi mavqeyi bilan mustahkam bogʻliq boʻlib, mazkur bozordagi vaziyat, bundan tashqari, bandlik imkoniyatini ham belgilab beradi.

    5. Mehnatga haq toʻlash shakllari va tizimlarining oddiyligi, mantiqiyligi va qulayligi mehnatga haq toʻlash tizimlarining mohiyati haqida keng xabardor boʻlishni ta’minlaydi. Xodimda ish haqi haqida tushunarli va batafsil axborot mavjud boʻlgandagina, u jon-dili bilan berilib mehnat qiladi. Xodimlar qanday holatda ish haqining miqdori, ya’ni o‘z moddiy farovonliklari darajasi oshishini aniq tasavvur qilishlari lozim.

    Xo‘jalik yurituvchi subʻyektlardan ish haqini tashkil etishda ko‘p omillarni hisobga olish talab qilinadi. Ulardan eng muhimlaridan biri - ish beruvchining ish kuchiga sarf-xarajatlaridir.

    Xalqaro mehnat tashkilotining 160-Konvensiyasida ish beruvchilarning ish kuchiga sarf-xarajatlarini tasniflash milliy standartlari prinsiplari ko‘rsatib berilgan. Ular quyidagilami ko‘zda tutadi:



    • bevosita ish haqi miqdori;

    • ishlamagan vaqt uchun toʻlov;

    • bir yoʻla mukofoʻl va rag‘batlantirishlar;

    • oziq-ovqat, yoqilgT va boshqa natural tarzda beriladigan narsalar xarajatlari;

    • xodimlami turar joy bilan ta’minlash xarajatlari;

    • xodimlami ijtimoiy muhofaza qilish uchun xarajatlar;

    • xodimlami kasbga o‘qitish, malakasini oshirish uchun xarajatlar;

    • xodimlarga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish uchun xarajatlar.

    • yuqorida qayd etilgan gumhlarga kirmay qolgan xarajatlar;

    • ish kuchiga xarajatlarga doir soliqlar9.

    Yollanma xodim uchun bajargan mehnatiga, ko‘rsatgan xizmatiga berilgan barcha pul mablagʻlari ish haqi hisoblanadi. Ammo ish beruvchiga soliq yukini kamaytirish uchun barcha toʻlovlami maqbullashtirish kerak.

    Mehnatga haq toʻlashni tashkil etishning byudjet tashkilotlari va nodavlat sektorida o‘ziga xos xususiyatlari mavjud (14.4-jadval).

    Bu nodavlat sektoridagi ish beruvchilar ish haqi shakllarini tanlash hamda mukofoʻllar, qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishda mustaqil ekanliklariga asoslanadi.

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga haq to‘lashni tartibga solishda jamoa kelishuvlari va shartnomalari katta ahamiyatga ega. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida bosh, tarmoq va hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari tuzilishi mumkin.




    Download 338,06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish