14.2. Ish haqining iqtisodiy mohiyati
14 -Mavzu. Mehnatga bo‘lgan rag‘bat, motivatsiya va haq to‘lashni tashkil etish
14.1. Oʻzbekistonda aholi turmush darajasi va uning barqaror rivojlanishi
14.2. Ish haqining iqtisodiy mohiyati
14.3. Mehnatgahaq toiash darajasini o‘matishning bozor mexanizmi
14.4. Mehnatga haq toiashni tartibga solish
14.5. Mehnatga haq toiash tizimlari
14.6. Eng kam ish haqi
14.7. «Iste’mol savatchasi» tushunchasi
14.8. Mehnatni rag‘batlantirish
O‘zbekistonda aholi turmush darajasi va uning barqaror rivojlanishi
Harakatlar strategiyasi xalq bilan ochiq muloqoʻl, respublikamiz aholisi va tadbirkorlarni bezovta qilayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilikni qoilash va rivojlangan xorijiy amaliyotni tahlil qilish natijalariga asoslangan. Bir so‘z bilan aytganda, amalga oshirilayotgan barcha harakatlar xalqning turmush darajasini yaxshilash, farovonligini oshirishga qaratilgandir.
Turmush darajasi - bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlami aks etimvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Bugungi kunda BMT tomonidan dunyo aholisi turmush darajasini oshirish va kambag‘allikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga ko‘maklashish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, BMTning Bosh assableyasida qabul qilingan «Ming yillik taraqqiyot dasturi» hamda 2030-yilgacha moʻljallangan «Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturlari» bevosita dunyo mamlakatlari aholisini iqtisodiy-ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ekologiya buzilishining oldini olgan holda aholining salomatligini asrashga qaratilgan muhim ishlar sirasiga kiradi.
Ma’lumki, aholi turmush darajasini barchamiz aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar miqdori va iste’mol hajmi miqdorining ortishi yoki kamayishi bilan baholashga odatlanganmiz. Lekin «aholi turmush darajasi», bevosita «aholi turmush darajasi sifatini baholovchi ko‘rsatkichlar» ancha kengroq tushunchalar hisoblanadi.
Shuning uchun turmush darajasini aholining moddiy va nomoddiy boyliklarga ehtiyojlari darajasi, shuningdek, ushbu ehtiyojlami qondirish va rivojlantirish uchun jamiyatdagi mavjud sharoitlami aks ettiradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida aniqlash mumkin.
Hozirda turmush darajasi konsepsiyalarini aholining turmush darajasi sifatini har tomonlama xarakterlab beradigan yagona ko‘rsatkichga keltirish bo‘yicha samarali usul mavjud emas.
Turmush darajasini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlar tizimiga bir qator ko‘rsatkichlar kiradi. BMTning turmush darajasi ko‘rsatkichlari tizimiga 12 ta asosiy ko‘rsatkichlar guruhi kiradi.
Birlashgan millatlartashkilotining tavsiyasigako‘ra, tug‘ilish, oʻlim, umrko‘rish davomiyligi, sanitar-gigieniksharoitlarningmavjudligi,oziq-ovqatmahsulotlarining iste’mol darajasi, uy-joy sharoitlari, ta’lim olish va madaniy imkoniyatlarning mavjudligi, ish sharoitlari va aholini ish bilan bandlik darajasi, daromadlar va xarajatlar muvozanati, iste’mol narxlari, transport vositalari bilan ta’minlanganligi, dam olish va hordiq chiqarish imkoniyatlarining mavjudligi, ijtimoiy ta’minoʻl tizimining mavjudligi, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanganligi kabi ko‘rsatkichlar turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Lekin bu ko‘rsatkichlarning barchasini ham qiymat ko‘rinishida baholashning imkoni boʻlmaganligi sababli, ushbu parametrlardan bir nechtasini qamrab olgan holda turmush darajasi baholanadi. Ushbu ko‘rsatkichlardan eng asosiysi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar hajmi boʻlib, mazkur ko‘rsatkich mamlakat aholisi turmush darajasini baholash bilan birga, xalqaro taqqoslashlarda ham foydalanish imkonini beradigan ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu bilan birga, amaliyotda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromad, inson taraqqiyoʻli indeksi, aholining ma’lum guruhlari (kvintel, detsil guruhlari) bo‘yicha tabaqalanish koeffitsiyentlari kabi ko‘rsatkichlar ham tez-tez uchrab turadi.
Aholi turmush darajasining yaxshilanishi, bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari samaradorligining koʻlami, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, aholining madaniy-ma'rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, bularning barchasi, albatta, hukumat tomonidan qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va harakatlar natijasiga bogʻliq.
Shuningdek, aholi turmush darajasini aks ettiruvchi aholi umumiy va jon boshiga daromadlari, harakatlari, ta’lim darajasi, sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli, uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganligi, uy-joy sharoitlari kabi bir qancha ko‘rsatkichlar ham hisobga olinadi va shakllantirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |