14 -mavzu. Mehnatga bo‘lgan rag‘bat, motivatsiya va haq to‘lashni tashkil etish



Download 338,06 Kb.
bet5/14
Sana16.01.2022
Hajmi338,06 Kb.
#375358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
14 -Mavzu. Mehnatga bo‘lgan rag‘bat, motivatsiya va haq to‘lashni tashkil etish (1)

Ijtimoiy funksiya ish haqi xodimlarni ijtimoiy sug‘urtalash manbasi sifatida xodimni faqat mehnatga layoqatli davridagina emas, shuningdek, pensiyadagi paytida ham tibbiy xizmatdan foydalana olish imkoniyatini yaratishi kerak. Bu bozor munosabatlari sharoitida nihoyatda muhimdir. Chunki mulkchilikning turli shakllariga asoslangan iqtisodiyotda xodimni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilishni ta’minlash birgina davlatning emas, ayni vaqtda ish beruvchilarning ham vazifasidir.

  • Xarid talabini shakllantiruvchi funksiya ish haqining xarid talabiga ta’siri bilan ajralib turadi. Ish haqi darajasini tartibga solish bozorda tovarlar va xizmatlarga talab bilan taklifning oqilona nisbatini o‘rnatish maqsadiga xizmat qiladi.

  • Tartibga solish funksiyasi deyilganda, mehnat resurslarini mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari, xo‘jalik yurituvchi subʻyektlar bo‘yicha eng maqbul tarzda joylashtirilishi tushuniladi. Bunda ish haqi differensiyalangan stavkalar o‘matish orqali ish kuchiga talab va uning taklifi muvozanati tartibga solinadi. Ushbu funksiyaning ta'siri natijasida mehnat resurslarini eng samarali ravishda mintaqa va iqtisodiyot tarmoqlariga joylashtirish ta’minlanadi.w

  • Maqom funksiyasi ish haqining miqdori va xizmat lavozimi xodim maqomiga mos bo‘lishiga asoslanadi. Mehnat maqomi xodimning ham vertikal, ham gorizontal bo‘yicha boshqa xodimlarga nisbatan o‘rnini belgilab beradi.

    Maqom funksiyasi, eng awalo, xodimlar uchun juda muhimdir. Ular bu funksiyaga asoslangan holda ish beruvchidan kasb malakalari, xizmat lavozimlari bo‘yicha iqtisodiyot boshqa tarmoqlaridagi hamkasblariga belgilangan ish haqi darajasi o‘matilishini asoslash imkoniyatiga ega boiadilar.

    Ish haqi funksiyalari mehnat bozoridagi ish kuchi talabi va uning taklifi bilan uzviy bogiiqdir. Mukammal raqobat bozorida ish beruvchilar tomonidan yollanadigan xodimlar soni ikki ko‘rsatkich - real ish haqi miqdori (mehnatga toiangan haqqa xarid qilish mumkin boigan moddiy va ma’naviy ne'matlar) hamda ish kuchi qiymati (pul shaklidagi) orqali belgilanadi. Yollanayotgan xodimlar soni ko‘payib borishi bilan ish kuchi qiymati darajasi pasayib boradi (daromad kamayishi qonuni). Qo‘shimcha mehnat birligini jalb etish ish kuchi qiymati darajasi ish kuchiga talab miqdoriga tenglashganda to‘xtaydi.

    Bundan mehnatga talab ish haqi miqdoriga teskari bog‘liq ekanligi haqidagi xulosa chiqadi. Boshqa shart-sharoitlar bir xil bo‘lgan holda ish beruvchi ish haqi miqdori o‘sib borgani holda mutanosiblikni ushlab turish uchun ish kuchiga talabni kamaytirishga majburdir. Ish haqi miqdori kamayganda esa mehnatga talab ortadi.

    Mehnatga haq toiashda juda ko‘p boshqa omillarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Ular qatorida:



    1. ish haqi darajasining davlat tomonidan ham ma'muriy, ham iqtisodiy tartibga solinishi;

    2. mehnat bozori infratuzilmalari (ish bilan, bandlik xizmatlari, xususiy rekruting agentliklari);

    1. yirik kompaniyalarning o‘z ish haqi tizimlariga moslashtirilgan ichki mehnat bozorlari;

    2. tarmoqlarda ish haqi darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsata oladigan kasaba uyushmalar faoliyatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi.

    Davlat ish haqini eng kam ish haqini kafolatlash, xodimlar ayrim toifalariga imtiyozlar berish, soliqlar orqali, iqtisodiyotning davlat sektorida ish haqi darajasini bevosita belgilash orqali tartibga soladi.

    Umuman, ish haqi funksiyalarining ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyati va roli davlatning bu sohadagi siyosatiga bogiiqdir.

    Taniqli iqtisodchi olim va davlat arbobi L. Erxardning ta’rifi bo‘yicha, ijtimoiy bozor iqtisodiyoti siyosatini olib boradigan davlat «bozor erkinligi prinsipini ijtimoiy mutanosiblik hamda umumiy ish uchun har bir shaxsning ma'naviy mas’uliyati bilan birlashtiradi»'. 7

    Ish haqining o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan taqsimlash va ijtimoiy funksiyalari, bir tomondan, yangi hosil qilingan mahsulotdagi mehnat bahosi - ish haqi va ijtimoiy jamg‘armalarga ajratmalar, ikkinchi tomondan, olingan foydani aks ettiradi. Bunda o‘zaro mehnat munosabatlaridagi yollanma xodim hamda ish beruvchi manfaatlari mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmidagi ish haqi miqdori ulushida namoyon bo‘ladi hamda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy indikatori vazifasini o‘taydi.



    1. Mehnatga haq to‘lash darajasini o‘rnatishning bozor mexanizmi

    Mehnatga haq to‘lash darajasini o‘matishning bozor mexanizmi mehnat bozorida mehnat resurslarining taklifi va ularga talab mohiyatidan kelib chiqadi. Bu masalada, eng awalo, mehnat faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha shaxsning o‘zi tomonidan qabul qilinadigan qaror muhimdir. U mehnat qilish niyatida boisa, birinchi navbatda, qancha vaqt haq toianadigan ish bilan mashg‘ul boiishini va qanchasini bo‘sh vaqtiga ajratishni hal etishi kerak. Shaxs o‘z qarori asosida mehnat bozorida ish beruvchiga o‘z talablarini qo‘yadi.

    Shaxsning bo‘sh vaqtga talabi boshqa barcha ne'matlar kabi quyidagi uch omilga bogiiqdir:



    1. ne’matlarning muqobil chiqimlari;

    2. shaxsning moddiy farovonligi darajasi;

    3. shaxs tomonidan nimani (ishlash yoki bo‘sh vaqtga ega boiish) maqbul topishi.

    Ya’ni, ish haqi masalasida shaxs ko‘proq vaqtini mehnat faoliyatiga ajratib,

    ko‘proq daromad olish yoki, aksincha, ko‘proq bo‘sh vaqtga ajratib, ishlab topishi mumkin boigan daromaddan voz kechish muamosini hal etishi zamr. Iqtisodiy nazariyada bu - daromad samarasi va almashtirish samarasi nomini olgan.




    Download 338,06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish