14 -mavzu. Mehnatga bo‘lgan rag‘bat, motivatsiya va haq to‘lashni tashkil etish



Download 338,06 Kb.
bet3/14
Sana16.01.2022
Hajmi338,06 Kb.
#375358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
14 -Mavzu. Mehnatga bo‘lgan rag‘bat, motivatsiya va haq to‘lashni tashkil etish (1)

14.1-jadvaJ

Aholi turmush darajasi ko‘rsatgichlari‘




Ko‘rsatkichlar

Oichov

birligi

2011-y.

2012-v.

2013-y.

2014-y.

2015-y.

2016-y.

2017-v.

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YIM

Ming

so'm

2184.3

2684.6

3289.0

4741.8

5489.3

6258.6

7843,9

1 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumoʻllari.



Aholijon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy pul daromadlari

Ming

so‘m

1944,2

2133,3

2601,9

3163,6

3583,3

4565,2

5750,2

Jonboshiga

ishlab

chiqarilgan

istc'mol

buyumlari

Ming

so‘m

424,5

595,1

684,9

700,7

814,0

1502,3

1734,0

Jonboshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo aylanishi

Ming

so‘m

900,8

1130,3

1549,5

1890,1

2274,3

2765,4

3300,0

Shifokorlar soni

Ming

kishi

81,5

81,7

81,7

82,0

83,4

84,1

84,0

Maktab

o‘quvchilari

Ming

kishi

4695,3

4579,4

4491,0

4489,7

4539,7

4670,7

4825,0

Oliy o‘quv yurtlari talabalari soni

Ming

kishi

274,5

253,0

258,3

259,3

261,3

264,3

268,3





Aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlarining yazshi tuzilgan tizimi ijtimoiy siyosatni samarali ishlab chiqishda, kam ta’minlangan aholiga yordam ko‘rsatishda, asoslangan qarorlar qabul qilishda, mamlakatda o‘tkazilayotgan strategik islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholashda, davlat va hududiy ijtimoiy dasturlarining amalga oshishini nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega.



  1. Ish haqining iqtisodiy mohiyati

Ish haqi mehnat iqtisodiyotida ham nazariy, ham amaliy nuqtayi nazardan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayoʻlida ish haqi xodim shaxsiy daromadining, o‘zi va oilasi a’zolari turmush kechirishining asosiy manbai, shu bilan bir qatorda, ishlab chiqarishni rivojlantirish, xarid talabini ta’minlashning bosh omili hisoblanadi.

Iqtisodiy nazariyada ish haqining turlicha talqinlari uchraydi (14.2-jadval). Klassik siyosiy iqtisod nazariyasi vakillari ish haqi daromadning renta, foyda (foiz) kabi asosiy qismlaridan biri, deb baholaydi. Xususan, A. Smitning fikricha, «Alohida olingan har bir tovarning narxi yoki penya qiymati ko‘rsatilgan u yoki bu yoxud barcha uch tarkibiy qismiga taalluqli ekan, har bir mamlakatning yillik umumiy mehnat mahsulotini hosil qiluvchi barcha tovarlar narxi yoki penya qiymati mazkur mamlakat turli aholisi o‘rtasida yoki mehnat uchun ish haqi, yoki kapitaldan foyda, yoxud yer maydoni uchun renta sifatida taqsimlanishi kerak. Ish haqi, foyda va renta har qanday penya qiymati kabi har qanday daromadning uch asosiy manbai hisoblanadi»'.



14.2-jadval

Ish haqining nazariy talqinlari




Muallif

Ish haqining nazariy talqini

Manba

F. Kene

Ish haqi tirikchilik vositalari qiymatiga bog‘liq.

AMOCOBa B. B., ryKacbHH T. M. OKOHOMHnecKaa Teoprni. - M.: 3kcmo, 2014.

M. Fridman

Ish kuchining taklifi real ish haqi va narxlarning kutilayotgan darajasiga bog‘liq.

FridmanM. The Role of Monetaiy Polic // Amer. Econ. Rev. 1968.

A. Marshall

Ish haqi mehnatga talab va uning taklifiga bog‘liq.

Mapmaiui A. IlpHHHHnbi 3ko- HOMHHeCKOH Ha\ KH. - M.: npo- rpecc, 1993.

J. M. Keyns

Ish haqining darajasini davlat va kasaba uy- ushmalar o‘matadi va belgilaydi.

Kenifc )K. M.06max Teopnx 3aH- htocth, npoueHTa h jeHer. - M.: 3kohomhk3. 1993.

V. D. Rakoʻli

Mehnat - tovar, ish haqi esa ish kuchi qiyma- tining shaklidir.

PaRora B. /I. 3apa6oʻlHasf iuraTa h npejinpHHHMaTC-TbCKHH JOXOJ. - M.: OimaHCbi h crarHCTHKa, 2001.

B. M. Genkin

Korxona xodimlarining ish haqi va umuman daromadi aniq bir shart-sharoitlarga qarab in- son kapitali uchun haq yoki mehnat salohiya- tining ijarasi uchun haqqa bog‘liq bo‘ladi.

TeHKHH E. M. OpraHHiaumi. Hop- MHpoBaHHe h onaaTa Tpyua Ha npoMbmuieHHbix npeanpHHTmix: yneSHHK jxm bv30b. - 3-e hiji. H3m., h non. - M.: HopMa, 2005.

Y G. Odegov

Ish haqi - xodim hayoʻliy vositalari jamg‘ar- masining asosiy qismidir.

3kohomhk3 Tpyaa (coiiHajn.- HO-TpygOBbie OʻLHomeHHn) / noa pen. H. A.BojirHHa, K). T. Ojero- Ba. -H.: 3K3aMeH, 2002.







Klassik siyosiy iqtisod nazariyasida ish haqi fondi xuddi bozor iqtisodiyotida ish kuchi resurslarining talabi bilan uning taklifi kabi tahlil etiladi. Ya’ni, ish haqi normasi yollangan ishchilarga to‘lashga mo‘ljallangan pulni ular soniga oddiy bo‘lish orqali aniqlanishi kerak. Bunday yondashuvda xodimlarning ish haqi miqdorini oshirish uchun yoki ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, yoki yollanma ishchilar sonini kamaytirish zamr bo‘ladi. 1

XIX asrda «ish kuchi tovar qiymatining puldagi ifodasi», deb hisoblanadigan konsepsiya ham mavjud edi. Ya’ni, bunday yondashuvga muvofiq mehnat tovar bo‘la olmaydi va u qiymatga ega emas. Tovar mehnat qilishga qodir boʻlgan ish kuchi boʻlib, ish haqi mazkur tovar qiymatining pulda ifodalangan penyasidir. Ishchi bajargan mehnati uchun emas, balki zarur mehnat uchun ish haqi oladi. Ish haqining iqtisodiy tabiati ushbu daromad hisobiga ish kuchi takror hosil qilinishini ta’minlaydigan moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondiradi.

Ish haqining mehnat unumdorligi bilan bogʻliqligi masalalarini tadqiq etgan marjinal nazariya vakillari ishlab chiqarishning asosiy omillari pul va ishlab chiqarish vositasi sifatida kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati va yollanma ishchilar mehnatini ajratib ko‘rsatar edilar. Ularning fikricha, bu asosiy omillarning har biri muayyan unumdorlik belgisi boʻlib, daromadni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu daromadning bir qismi ishlab chiqarishning aniq bir vositasi egasiga tegadi.

XIX asming 70-yillarida maijinalizm (fr. «marginalisme» - «eng oxirgisi») iqtisodiy ta’limoʻli paydo boʻldi. U o‘sha paytdagi «maijinal inqilobi» nomini olgan iqtisodiy g‘oyalarga asoslangan. Ushbu maktab nazariyoʻlchilari iqtisodiyotning rivojlanishini alohida xo‘jalik yurituvchi subʻyektning eng yuksak samaraga erishishga intilishi nuqtayi nazaridan tadqiq etadilar.

«Maijinal inqilobi»ga salmoqli ilmiy hissa qo‘shgan J. B. Klark: «Jamiyatning barqarorligi, asosan, mehnatkashlar tomonidan olinayotgan pul, uning miqdoridan qat’i nazar, ular ishlab chiqayotgan narsaga tengligigabog‘liqdir»', deb ko‘rsatgan.

Jon Beyts Klark (ingl. John Bates Clark; 1847-1938) - amerikalik Wm mashhur iqtisodchi, 1894-1895-yillarda Amerika iqtisodiy assoʻl-

siatsiyasining prezidenti.

The Philosophy ofWealth, 1886.

The Distribution of Wealth, 1899.

The Problem of Monopoly, 1904. j

Marjinalistlar ishlab chiqarish omillari muvozanat holatiga kelganidan keyin ularning har biriga eng yuksak unumdorligiga qarab haq toʻlanadi, deb hisoblashadi. Bunda eng yuksak mehnat unumdorligi mehnatidan foydalanish foyda keltirayotgan xodimning vaqt birligida ishlab chiqargan mahsuloti hajmiga qarab belgilangan. Shu sababli, ular fikricha, ish haqi eng yuksak mehnat unumdorligiga tengdir.

Iqtisodiy nazariyani rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan J. Keyns ish haqi egiluvchan (kamayish tomoniga) emasligi to‘g‘risidagi fikrini ishsizlarning ish haqi kamaytirilsa, ularda mehnat moʻlivatsiyasi susayishini, ammo bozorda narx-navo ko‘tarilishi oqibatida kamroq real ish haqi olsalar ham ishlayverishlarini asoslab bergan1.

XX asrning ikkinchi yarmida iqtisodiy nazariyada yangi - monetarizm yo‘nalishi shakllandi. Monetarchilar muomaladagi pulning miqdori iqtisodiyot rivojlanishining hal qiluvchi omili, deb uqtirganlar. Ular bozorlardagi talabning kengayishi tovarlar narhini ham, ish haqi darajasini ham oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadilar. Jumladan, iqtisodiy nazariya ushbu yo‘nalishining asoschisi M. Fridman bozordagi o‘zgarishlar tovarlar narxining ortishiga ish haqi ko‘payishiga nisbatan ko‘proq ta’sir ko‘rsatishini isboʻllaydi. Narx-navo mehnatga haq to‘lashga ko‘ratezroqqimmatlashishi real ishhaqi miqdorini kamaytiradi. Buishberuvchilarni xodimlar sonini ko‘paytirishga majbur qiladi. Ish kuchiga talab ko‘tarilishi o‘z samarasini beradi, chunki xodimlar narx-navo barqarorlashini kutadilar hamda ish haqi miqdori ko‘payishiga real ish haqi ortishi sifatida qaraydilar2 3.

Jon. Mcynard Kcyns (ingl. John Maynard Kcyncs; 1883 -1446) - mashhur ingliz iqtisodchisi. iqtisodiy nazariyaning keynscha yo'nalishi


Download 338,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish