Bu mamlakatlarda eng kam ish haqi miqdori har yili Jamoa muzokaralari bo‘yicha milliy komissiya (uning tarkibiga yollanma xodimlar va ish beruvchilardan 16 tadan, uy xo‘jaligi assoʻlsiatsiyalari va hukumatdan 3 tadan vakil - jami 38 a’zo kiradi) bilan tegishli bitim imzolangandan so‘ng qabul qilinadi. Bunda eng kam ish haqi miqdori iste'mol tovarlari va xizmatlar narxlari milliy indeksiga binoan belgilanadi.
AQShda eng kam ish haqi miqdori umumfederal hamda shtatlar darajasida belgilanish tartibi mavjud. Bunda eng kam ish haqining miqdori o‘rtacha ish haqining 35-50 foizini tashkil etadi. Ushbu darajadagi eng kam ish haqi xodim va uning oilasi a’zolaridan uch nafarining ijtimoiy ta'minoʻl bo‘yicha ma’muriyat tomonidan belgilab berilgan kambag‘allik darajasidan yuqoriroq turmush kechirishini ta’minlashi ko‘zda tutilgan.
AQShda eng kam ish haqi miqdori shtatlar bo‘yicha farq qiladi. Masalan, Alyaskada uning miqdori soatiga 7 dollar (bu federal darajada belgilanidan 1,85 dollar ortiqdir), aviakosmik va avtomobil sanoati markazlari hisoblangan Xyuston va Detroytda esa 11-12 dollarni tashkil etadi. Mamlakatning 11 ta shtatida esa eng kam ish haqi miqdori federal darajadagidan past belgilangan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari ekspertlarining tahlillari eng kam ish haqi miqdorining o‘sishi malakali xodimlar uchun manfaatli bo‘lgani holda (chunki, eng kam ish haqi o‘zgarganida mehnatga haq to‘lash stavkasi to‘laligicha qayta ko‘rib chiqiladi), malakasiz ish kuchi bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, AQShda qabul qilingan «Ishga adolatli yollash to‘g‘risida»gi qonunda ishni ta’lim olish bilan qo‘shib olib boradigan yoshlarga eng kam ish haqi miqdorini umumilliy darajaning 75% miqdorida belgilash, nogironlar uchun esa ular mehnat unumdorligiga qarab kamaytirilgan stavkalarni qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Yaponiyada eng kam ish haqi Ish haqi bo‘yicha markaziy va 47 ta prefektura kengashlari (ular tarkibiga yollanma xodimlar, ish beruvchilar va ularning vakillari kiradi) tomonidan qabul qilinadi.
Jahondagi turli davlatlarning tajribasi eng kam ish haqi o‘matilishining ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjudligidan dalolat beradi (14.7-jadval).
AQShda olib borilgan tadqiqoʻllar eng kam ish haqi miqdori o‘rnatilgan shtatlarda kompaniyalarning har yillik va o‘rtacha ish haqi fondi, shuningdek, ish bilan bandlik darajasi tezroq ortganidan dalolat bergan1. Ammo Buyuk Britaniya bozorining tahlili milliy iqtisodiyotning eng kam ish haqi tartibga solinadigan tarmoqlarida narxlar tezroq ortayotganligini ko‘rsatdi15 16.
14.6. Eng kam ish haqi
Ish haqi darajasining pasayishi, aholining mehnat faoliyatidan oladigan daromadlarida ish haqi ulushining kamayishi ish haqining o‘z iqtisodiy funksiyalarini bajarish imkoniyatlarini keskin chegaralab qo‘yadi. Buning oqibatida ish haqi miqdori xodim va uning oilasi a’zolari turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ish kuchini takror hosil qilishni ta’minlay olmaydi, xodimni esa yuqori unum bilan mehnat qilishga rag‘batlantirmay qo‘yadi.