Tuzilmalashgan tahlil kiruvchi ma’lumotlarni, jarayonlarni va tizim ishlashi natijalarini ko‘rgazmali ko‘rinishda taqdim etishda keng qo‘llaniladi. Bunday tahlil, tizimni detalizatsiya darajasi turlicha bo‘lgan alohida modullar vositasida ko‘rsatgan holda, axborot oqimining mantiqiy modelini yaratish imkonini beradi. Tahlilning bu turi har bir modulda qaysi jarayonlar yoki o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini va modullar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir qay tarzda kechayotganini aniq-ravshan belgilab beradi.
Tuzilmaviy tahlil axborot oqimlari diagrammasini (Data flow diagram, DFD), ya’ni tizimning alohida elementlarida sodir bo‘layotgan jarayonlarni va ularning o‘zaro ta’sirini grafik tarzda (ma’lumotlar oqimi ko‘rinishida) ifodalanishini qurish uchun asosiy vosita hisoblanadi.
13.6-rasmda universitet pochtasini ro‘yxatga olish tizimi uchun ma’lumotlar oqimi diagrammasining namunasi ko‘rsatilgan. Dumaloqlangan bloklar ma’lumotlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq jarayonlarni ifodalaydi. Tashqi ob’ekt kvadrat ko‘rinishida berilgan – ko‘rinib turibdiki, axborot jo‘natuvchi yoki qabul qiluvchi modellashtirilayotgan tizimning tashqarisida joylashgan. Ochiq to‘rtburchaklar bilan ma’lumotlarni saqlashga mo‘ljallangan qurilmalar belgilangan. Axborot oqimlari jarayonlarni, ob’ektlarni va ma’lumotlar saqlanadigan qurilmalarni bog‘lovchi strelkalar ko‘rinishida berilgan. Ular o‘z ichiga ma’lumotlar paketi va nomlanishlarini olgan bo‘lib, tarkibi esa, yonidagi strelkalar bilan ko‘rsatilgan.
Mazkur diagrammaga ko‘ra, universitet talabalari pochta orqali talabaning ismi-sharifi, indentifikatsiya raqami va qatnashmoqchi bo‘lgan kurslarning soni qayd etilgan maxsus rasmlarni jo‘natishadi. Jarayon 1.0 kursda qatnashish imkoniyati bor yoki yo‘qligini kurs faylidagi ma’lumotlar asosida tekshirish tartibotidan iborat. Faylda bekor qilingan, to‘liq band etilgan va bo‘sh o‘rinlari bor kurslar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilgan. Keyin, Jarayon 1.0 talabaning qaysi so‘rovini qabul qilish mumkin, qaysi so‘roviga esa rad javob berish lozim ekanini aniqlaydi. Jarayon 2.0 da talabani so‘rov bo‘yicha tasdiq javobi olingan kursga qabul qilish amalga oshiriladi.
Kurs fayli yangilanib turiladi – unga yangi talabaning ismi-sharifi, identifikatsiya raqami yoziladi, keyin guruh o‘lchami qayta hisoblanadi. Agar talabalarning maksimal soniga erishilgan bo‘lsa, kurs “yopiladi”. Jarayon 2.0 universtitet ma’lumotlarining bosh faylini ham yangilaydi – faylga yangi talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi yoki kursda o‘qiyotgan talabalarning shaxsiy ma’lumotlarida ro‘y bergan o‘zgarishlar qayd etiladi. SHundan so‘ng, Jarayon 3.0 har bir talabaga ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi xat va ushbu talaba qabul qilingan kurslar ro‘yxatini jo‘natadi. Xatda talaba qabul qilinmagan kurslar ham ko‘rsatiladi.
Tizim uchta jarayondan iborat: kursda qatnashish imkoniyatini aniqlash (1.0), Talabani ro‘yxatdan o‘tkazish (2.0) i Ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlash (3.0).
Har bir ma’lumotlar oqimining nomlanishi va mazmuni har bir strelka bilan yondoshdek ko‘rinadi. Bu tizimda bitta tashqi ob’ekt bor: talaba. Ma’lumotlar saqlanadigan ikkita fayl mavjud: talabalar bo‘yicha asosiy fayl va kurs fayli.
Diagrammalar darajasi yanada yuqoriroq bo‘lgan jarayonlarni aks ettirish uchun yoki, aksincha, korxona faoliyatini maksimal detalizatsiyasini ko‘rsatish uchun foydalanilishi mumkin. Ma’lumotlar oqimi uchun ko‘p darajali diagrammalarni qo‘llash natijasida murakkab jarayon bir nechta funksional qismlarga ajratiladi, bunda detalizatsiyaning bir nechta ketma-ket keladigan darajasini hisobga olish zarur. Axborot tizimi har birining o‘z ma’lumotlar oqimi uchun muvofiq diagrammasi bo‘lgan kichik tizimlarga bo‘linishi mumkin. Bunday kichik tizimlarni, o‘z navbatida, qo‘shimcha kichik tizimlarga bo‘lish mumkin va ularning har biri uchun ikkinchi darajali ma’lumotlar oqimining mos diagrammasi tuziladi.
Ma’lumotlarning alohida qismlari va tizim ichidagi ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborotdan iborat ma’lumotlar lug‘ati tuzilmaviy tahlilning yana biri vositasi hisoblanadi (6-bob). Ma’lumotlar lug‘ati tarkibida ma’lumotlar oqimi va, odatda, tizim ishlab chiquvchilari foydalanidigan ma’lumotlarni saqlash qurilmalari to‘g‘risidagi axborot jamlanadi. Jarayon spetsifikatsiyasida axborotning eng pastki darajalardagi o‘zgarishi ta’riflanib, bu har bir jarayon logikasini tushunishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |