13.5-rasm. Yozuvlardagi o‘zgarishlarni tekshirish uchun test sinovlari rejasining namunasi
Protsedura
|
“YOzuv o‘zgarishlari to‘plami”ni manzilga yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlash
|
2-to‘plam testlari
|
Tayyorlangan
|
Sana:
|
Versiya:
|
Test tartib raqami
|
Testdan o‘tkazilgan shartlar
|
Maxsus talablar
|
Kutilayotgan natijalar
|
Ma’lumot-larni chiqarish
|
Keyingi ekran
|
2
|
YOzuvlarning o‘zgarishi
|
|
|
|
|
2.1
|
Mavjud yozuvning o‘zgarishi
|
Kalit maydon
|
Ruxsat etilmagan
|
|
|
2.2
|
Mavjud bo‘lmagan yozuvning o‘zgarishi
|
Boshqa maydonlar
|
“Noto‘g‘ri kalit” xabari
|
|
|
2.3
|
Bekor qilingan yozuvning o‘zgarishi
|
Bekor qilingan yozuvdan foydala-nish imkoniyati bo‘lishi kerak
|
«Bekor qilindi» xabari
|
|
|
2.4
|
Ikkinchi yozuvni yaratish
|
YUqoridagi 2.1 o‘zgarish
|
Agar hammasi to‘g‘ri bo‘lsa “OK” xabari
|
Tranzak-siyalar fayli
|
V45
|
2.5
|
YOzuvning ishga tushirilishi
|
|
Agar hammasi to‘g‘ri bo‘lsa “OK” xabari
|
Tranzak-siyalar fayli
|
V45
|
2.6
|
Bajarish vaqtida bekor qilish
|
2.5 bekor qilish
|
Bez izmeneniy
|
Tranzak-siyalar fayli
|
V45
|
Ushbu rejani ishlab chiqishda tekshiruv turli sharoitlarda o‘tkazilishi lozim. Bunday rejalarda tekshiruv jarayonida texnik xodimlar va yakuniy foydalanuvchilar ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.
Pilotli strategiya
Pilotli strategiyada yangi tizim tashkilot faoliyatining faqat ayrim yo‘nalishlarida, masalan bitta bo‘limi yoki mehnat jamoasida foydalanilishi ko‘zda tutiladi. Agar tizimning pilotli versiyasi normal ishlasa, u holda tizim butun tashkilotda bir vaqtning o‘zida yoki bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.
Fazali strategiya yangi tizimni bosqichma-bosqich tatbiq etishga asoslangan. Masalan, tizimning aniq bir funksiyasi navbatma-navbat tatbiq etilayotgan bo‘lsa, to‘lov vedomostlari bilan ishlaydigan yangi tizim avvaliga faqat soatbay ishlaydigan (ish haqini har hafta oladigan) xodimlarga xizmat ko‘rsatadi va faqat yarim yildan keyin oylik maosh oladigan (ish haqini bir oyda bir marta oladigan) xodimlar bilan ishlashni boshlaydi. Agar tizim “ob’ektlar bo‘yicha” tatbiq etilayotgan bo‘lsa, u birinchi navbatda korporatsiya shtab-kvartirasida qo‘llaniladi, keyinroq esa, masalan, to‘rt oydan so‘ng boshqa bo‘limlar (tashkiliy tuzilmalar)da tatbiq etiladi.
Eski tizimdan yangisiga o‘tish, odatda, yakuniy foydalanuvchilarni yangi tizim bilan ishlashga o‘rgatishni talab qiladi. Bu maqsadlarda batafsil tuzilgan hujjatlardan foydalanilib, ushbu hujjatlarni tuzish ishlari konversiya jarayonida yakunlanadi. O‘qitish jarayonining etarli darajada o‘tkazilmasligi yoki sifatsiz o‘tkazilishi tizim bilan ishlashda jiddiy xatolarga olib kelishi mumkin, shu sababli bu bosqich (ya’ni xodimlarni o‘qitish) juda muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |