Tizimni test sinovlaridan o‘tkazish jarayonida butun tizimning ishlashi tekshiriladi. Bunda alohida dasturiy modullar avval rejalashtirilganidek birga ishlashi hamda tizimning rejalashtirilgan ishlashi va real amaliyot o‘rtasida farqlanish bor yoki yo‘q ekani aniqlanadi. Ishlash tezligi, axborot tashuvchilar hajmi, tizimning tiklanishi, qayta yuklanishi, qo‘lda bajariladigan tartibotlar kabi parametrlar sinovdan o‘tkaziladi. Undan tashqari, tizim maksimal yuklanishda qanday ishlashi ham tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |