TIZIMNI OB’EKT HAMDA MUAYYAN YO‘NALISH BO‘YICHA ISHLAB CHIQISH
Ob’ekt va yo‘nalish bo‘yicha dasturlash o‘z mohiyatiga ko‘ra tizim ishlab chiqishning yanada kengroq bo‘lgan va ob’ekt-yo‘nalish bo‘yicha ishlab chiqish deb nomlanuvchi texnologiyasining bir qismi hisoblanadi.
Ob’ekt va muayyan yo‘nalish bo‘yicha ishlab chiqish an’anaviy metodikalardan farqli o‘laroq alohida biznes-jarayonlarni modellashtirishga emas, balki ma’lumotlar va tartibotlarni unifikatsiyalangan (bir xillashtirilgan) ob’ektlarga birlashtirishga asoslangan. Tizim o‘zaro bog‘langan klasslar va ob’ektlarning to‘plami ko‘rinishida ifodalanadi. Ob’ektlar belgilanadi, dasturlanadi va hujjatlashtiriladi, so‘ng keyingi ilovalarning “qurilish g‘ishtlari” sifatida saqlanib qo‘yiladi. Garchi, tizimlarning ob’ektli-yo‘naltirilgan modellari doim ham “jarayonli-yo‘naltirilgan” modellarga qaraganda qulayroq bo‘lmasada, aksariyat korxonalarda, ular asosida tez moslashuvchi va xizmat ko‘rsatish uchun oddiy bo‘lgan tizimlarni ishlab chiqish maqsadida, aynan ulardan foydalaniladi. Barcha ob’ektlardan bir necha martadan foydalanish mumkin, shuning hisobiga tashkilot ob’ektlardan o‘zining axborot tizimi va boshqa ilovalar uchun qurilish bloklari sifatida foydalanib turib, vaqt va mablag‘larini sezilarli darajada tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. YAngi tizimlar mavjud ob’ektlar asosida yaratiladi, bunda, zaruratdan kelib chiqqan holda, ayrim ob’ektlar modifikatsiyalanishi va bir nechta yangi ob’ektlar qo‘shilishi mumkin.
Ob’ektli-yo‘naltirilgan ishlab chiqish internet-ilovalarni yaratish uchun juda qulaydir. Albatta, tashkilot ana shunday ob’ektlarning kattagina kutubxonasini yaratguniga (yoki xarid qilguniga) qadar ob’ektlardan takroriy foydalanishning qanday afzalliklari bor yoki yo‘q ekanini ko‘ra olmaydi. Ob’ektli-yo‘naltirilgan tuzilmalar ilova-yarim fabrikatlar sifatida ishlatilishi mumkin, keyinchalik tashkilot ularni tugallangan tizimlarga o‘zgartirishi mumkin. Biroq, bunday holatda axborot tizimlari bo‘yicha mutaxassislar tizimni modellashtirish uchun umuman yangi bo‘lgan yondoshuvni o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi. Loyihalashning yangi metodikasiga o‘tish jiddiy investitsiyalar va tashkilot tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritilishini talab qilishi mumkin.
Sinflar va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda ularga to‘lanadigan ish haqi namoyish qilingan 13.8-rasmda sinf va merosxo‘rlar qanday ishlashi ko‘rsatilgan. Xodim qolgan uchta sinf uchun umumiy ajdod yoki supersinf hisoblanadi.
Ob’ektli-yo‘naltirilgan ishlab chiqish an’anaviy tuzilmalashtirilgan ishlab chiqishga qaraganda iterativ va inkrementroq hisoblanadi. Ma’lumotlar va jarayonlar jamlangan ob’ektlarni taqqoslash uchun tizim va undan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot puxta tahlil qilinadi. Loyihalashning ob’ektli-yo‘naltirilgan bosqichi (fazasi) ob’ektlar bir-birlari bilan qanday o‘zaro ishlashini ko‘rsatib beradi. Tizim o‘zar bog‘langan sinflar va ob’ektlar sifatida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |