Kuratorni ismi sharifi: Yusupalixodjayeva S. X assistent ismi sharifi



Download 464.19 Kb.
Sana27.10.2019
Hajmi464.19 Kb.
I Kafedra nomi:

Toshkent davlat stomatologiya instituti

Fakultet Terapevtik stomatologiya kafedrasi

Kuratorni ismi sharifi:

Yusupalixodjayeva S.X



Assistent ismi sharifi:

Ikromov Z Sh



Tashxis :

36-tish surunkali periodontit qaytarilishi



II. Passport qismi:

  1. Bemorning ismi sharifi:

Do’sqobilov Botir

  1. Yoshi :23

1994-yil

  1. Jinsi:

Erkak

4.Yashash joyi: Qashqadaryo viloyati.Guzor tumani.Mehnatobod 65

5.Kasbi:

talaba


III.Subyektiv ma’lumotlari:

  1. Vrachga murojat qilgan vaqtdagi bemorning shikoyatlari (og’riqning to’liq harakteri ,paydo bo’lish vaqti , og’riq hurujini davomiyligi, uning joylashishi):

Bemor so’ziga ko’ra:

Pastki tishida doimiy lo’qillovchi,tishni bosganda og’riq kuchayadi,og’riqqa,yuz sohasida paydo bo’lgan shishga,karioz kovak borligiga.



2.Shu kasallikni rivojlanish tarixi (anamnezi) (qachondan boshlab og’riy boshlagan, qanday boshlangan, bemor og’riqni nima bilan bog’laydi. Og’riqni qoldirish uchun nima bilan va qanday davolangan yoki davolanmagan)

Bemor so’ziga ko’ra:

1.5 oy avval yuzda hosila paydo bolgan,hosila paydo bo’lishidan 2 xafta avval esa tishda lo’qillovchi ogriq paydo bolgan,lekin shifokorga murojaat qilmagan ogriq yo’qolgan,bir kun avval tishda lo’qillovchi ogriq paydo bolgan shu sababli shifokorga murojaat qilgan.

3.Qisqacha hayot tarixi(anamnezi) bo’lib o’tgan kasalliklariga,yo’ldosh kasalliklari, ovqatlanish xususiyatiga, irsiyatga ko’proq e’tibor beriladi.

Bemor yashasha sharoiti qoniqarli. Gigiena qoidalariga rioya qiladi. Yarim yil avval ORVI bilan kasallangan.Modda almashinuvi, yurak qon tomir, oshoqozon ichak kassaliklari bilan kassallanmagan.yoshligida hech qanday kasalliklarga, misol uchun: gepatit A bo’lmaganligini, qizilcha chiqmaganligini, yoshligida hech qanday kasal bo’lmaganligini , faqat yoshlikda suvchechak bilan kasallangan, abituriyentlik paytida bir nech bor gripp bo’lganligini va o’qishga kirgandan keyin ham gripp bo’lganligini aytdi.Bemor avvalari o’z vaqtida ovqatlanishini , lekin o’qishga kirgach, unchalik ham ovqatlanish rejmiga amal qilmayotganligini, ertalab deyarli nonushta qilmasligini, faqat o’qishda tushlik qilishini aytdi. Immuniteti ham paslagan. Oilasida , qarindosh urug’larida hech qanday yondosh kasaliklari bo’lmaganligini aytdi.



IV. Obyektiv tekshirish:

  1. Bemorning umumiy ahvoli , kayfiyati , tana harorati.

Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli

  1. Yuz jag’ holati ( bunda teri holati, shilliq qavatlar, assimetriya bor yoki yo’qligi, uch shoxli nervning chiqish nuqtalarini holati, limfa tugunlarining holati, yumshoq to’qima bilan bog’liqligi, og’riqli yoki og’riqsizligi va boshqalar ko’riladi)

Bemorning tashqi ko’rinishi normal, yuzida assimetriya yo’q, yuzida shish bor,tashqi yuz terisi o’zgarishsiz ,teri holati nam , paypaslaganda limfa tugunlari kattalashgan, infltratsiyasiz , yuz terisi yumshoq, bo’yin terisini ,yuz terisini paypaslaganda og’riqsiz.

3.Og’iz bo’shlig’ini holati , to’liq tish qatori (formulasi), shilliq qavat holati , aniq tishning holati tekshiriladi,ya’ni ko’rish, zondlash, perkussiya.

O’g’iz bo’shlig’ining obyektiv (vizual) ko’ruvida:

-shilliq qavati holati ko’rilganda ,uning ranggi och pushti rangda va nam

St.loc. 36-tishda karioz kavak mavjud. Tish bo’shlig’I bilan tutashgan. Shu soha shilliq qavati och pushti rangda.

-vertikal perkussiya kam og’riqli va gorizontal perkussiya og’riqsiz.

-bemor og’zida tishlar soni o’ttiz bitta. Tishlov holati( prikus) ortognatik. Aql tishi olinganligi tekshiruvda aniqlangan.

-tish qatori deformatsiyasiz.

-stomatologik oyna bilan tishlarning distal yuzalari hamko’rildi. Bemor 26-tish sohasida Blek bo’yicha 3- sinf kariyes kovaklari aniqlandi.

- og’iz bo’shligining til osti sohasi, qattiq va yumshoq tanglayga e’tibor berilganda o’zgarish aniqlanmadi,

-tillari nam va karash bilan qoplangan.

-og’iz bo’shlig’ining vestibulyar sohalari ya’ni yuqori labni yuqoriga , pastki labni pastga qilib holati ko’rilganda, o’zgarish ko’rinmadi, hammasi normal holatda.

-yuqorigi oltinchi tish vestibulyar soxalarida quloq oldi so’lak bezi chiqaruv yo’llari tekshirildi, so’lak ajralishi me’yorida. So’lak bezlarini yallig’lanish kasalligi sialodenit va yoki so’lak tosh kasalliklari yo’q.

- stomatologik zond bilan tish qatori fissuralarida yurgizib ko’rilganda zond uchi hech qanaqa fissuralarga ilinib qolmadi.


























































































6







8

7

6

5

4

3

2

1

1

2

3

4

5

6

7

8




0


































Pt























































V. Dastlabki tashxis diagnoz

Bemorning so’zlariga va yig’ilgan anamnezga ko’ra unda 36-tish surunkali periodontit qaytalanishi deb diagnoz qo’yildi



VI. Qo’shimcha tekshirish usullari ( termodiagnosika , EOD, rentgen.

Termodiagnostika o’zgarishsiz.

EOD 100 mkA

Rentgen


36-tishda chuqur karioz kavak mavjud.Karioz kavak tish bo’shlig’I bilan tutashgan. Ildiz uchi sohasi yumaloq shaklda kengaygan,suyakda surkalish.

VII. . Kelib chiqish sabablari ,etiopatogenezi; aynan shu kasallik kelib chiqish sabablari;

Kasallik kelib chiqish sababi infeksion omil hisoblangan stafilakokk va laktobakteriyalarni zararli toksinlari ta’sirida o’tkir periodontit rivojlangan. Vrachga o’z vaqtida murojaat qilmaslik natijasida periodontitning surunkali granulematoz turiga o’tgan,songra esa vaqt o’tib surunkali periodontit qaytalangan. Patalogoanotomik o’zgarishlar periodont to’qimasiga kimyoviy salbiy ta’sirotlar oqibatida yuzaga keladigan hujayralar alteratsiyasi, semiz hujayralardan serotonin, gistamin, geparinlarning ajralishi, metabolism buzilishi, sut kislotasini to’planishi va atsidoz rivojlanishi, bular esa shish paydo bo’lib qon tomirlar o’tkazuvchanligining oshishiga olib keladi va Fallin sistemasi nerv ohirlariga ta’sir qilib, doimiy simillovchi og’riq paydo qiladi. Mikroskop ostida yallig’lanish alteratsiya bosqichi alomatlari- tomirlar atrofida suyuqlik chiqqanligi, perivaskulyar alteratsiya kuzatiladi. So’gra proliferatsiya jarayoni boshlangan. Granulatsion to’qima periodont to’qimasi o’rnida rivojlangan. Granulatsion to’qima markazida plazmatik hujayra gemotogen va gistiogen hujayralar aniqlangan.



VIII. Qiyosiy tashxis:

( Klinik jihatdan o’xshash kasalliklar bilan ajratuvchi belgilar asosida taqqoslanadi)



IX Yakuniy tashxis:
Klinik jihatdan albatta tasdiqlanadi,(bemorning shikoyati, obyektiv ko’rinishi,qo’shimcha tekshirish usullari ,solishtirma tashxis asosida):

Bemordan yig’ilgan anamnez va qo’shimcha tekshiruv natijalariga asoslanib ;

Bemorga 36-tish surunkali periodontit qaytalanishi deb tashxis qo’yildi.
X. Davo rejasi:

(tanlangan davo usuli), aniq tasdiqlanishi, va qatnovlar bo’yicha yoziladi.)

Periodontitni davolashdan asosoiy ko’zlangan maqsad periodontit jarayonini fibroz shakliga otkazish, periodontit asoratlarini oldini olish va tish funksiyasini tiklashdir. Periodontitni klinik manzarasi,bemorning yoshi, uning organizmida kechayotgan umumiykasalliklar va bemorning holatiga asoslanib tanlangan davolash usuli ko‘proq foyda beradi.



Reja: Tishni 3 qatnovda davolanadi.

XI. Kundalik

17.10.2018

Bemorga 3545 raqamli tibbiy karta ochildi.Hamma ma’lumotlar bilan to’ldirildi. Obyektiv ko’ruv va davolash etaplari yoritib berildi.



  1. Karioz kavak ochildi, kengaytirildi, nekroektomiya o’tkazildi.

  2. Kavakka 0.06 % li xlorgeksidin eritmasi bilan medikamentoz ishlov berildi.

  3. Kanal kirish qismi voronkasimon kengaytirildi.

  4. 3% li vodorod peroksid eritmasili antiseptic hammom ostida bosqichma-bosqich pulpa qoldiqlari olindi.

  5. Crown Down usulida kanallarga mexanik ishlov berildi.



  1. Kanalga 5% li gipoxlorid eritmasi bilan ishlov berildi,quritildi,kanal ochiq qoldirildi.

5%li gipoxlorid eritmasi bilan chayish,ovqatlanayotganda paxta tampon bilan yopish buyurildi,ertasi kuni qayta ko’rik belgilandi.

18.10/18


Ikkinchi qatnov

Shikoyatlari:og’riq yoq,bemor ahvoli yaxshi.

Obektiv korilganda shilliq qavatda o’zgarish yoq,yuz simmetriyasi o’zgarishsiz.

1.Kanalga medikmentoz ishlov berildi.

2.Cresophenedan vaqtinchalik bog’lam qoldirildi.

3.Kovak suniy entin bilan berkitildi,qayta ko’rik 2 kundan keyin tayinlandi.

20.10.18

Uchinchi qatnovda

1.Kanaldan vaqtinchalik plomba olindi.

2.Medikamentoz ishlov berildi.

3.Rentgen control ostida knalga endometazon bilan plomba qo’yildi,plombaga yakuniy ishlov berildi.

4.Ajratuvchi taglik qo’yilib doimiy plomba qilindi.

Amaliyotni bajarishda bir martalik shprits va qo’lqop ishlatildi

XII.(Epikriz)

(bemorni shikoyatlari. Tish holati. Umumiy holati yoritiladi)

02.10.2018

Bemorda shikoyati yo’q. Tish davo natijasi bemorni qoniqtirdi. Ogriq paydo bo’lmadi.

Obyektiv: Tishning anatomic butunligi tiklangan.Va funksiyaviy jarayonda ishtiroki tiklandi. Kanaldagi va tishdagi plomba barcha talablarga javob beradi. Rangi o’zgarmagan.

Davolash: og’iz bo’shlig’I gigiyenasiga rioya qilish, sog’lom turmush tarzi olib borish, stomatolog ko’rigiga yiliga 2 marotaba borish.



XIII. Natija

( ijobiy yoki salbiyligi asoslanib beriladi)

Natijasi ijobiy bo’ldi bemorda hech qanday shikoyatlari yo’q. Bemordan to’g’ri anamnez yeg’ilganligi, to’g’ri tashxis qo’yilib davo rejasi to’g’ri tanlandi. Ish jarayonida xatolik va kamchiliklar kuzatilmadi. Medikamentoz ishlovda antiseptiklar o’z o’rnida ishlatildi.Tishning anatomic butunligi tiklandi,ildiz kanallari plomba qilindi va tishning fiziologik funksiyasi ham tiklandi. Ranggi tabiiy tish ranggi bilan mos keltirildi.



XIV. Xulosa

6 oydan so’ng bemor ahvoli yaxshi, shikoyatlari yo’q.

Obyektiv:36 -tishda plomba yaxshi saqlangan. Rangi o’zgarmagan. Darz ketmagan. Rentgenda karioz kavak plomba bilan qoplanganligi, ildiz kanallarida plomba ildiz rezeksiyasi soxasigacha plombalangan.

Davolash: og’iz bo’shlig’I gigiyenasiga rioya qilish, sog’lom turmush tarzi olib borish, stomatolog ko’rigiga yiliga 2 marotaba borish.



Adabiyotlar

  1. Терапевтическая стоматология. Боровский Е.В. 2002 г.

  2. Практическая терапевтическая стоматология. Николаев А.И. Цепов Л.М. 2008 г.

  3. Болезни зубов и полости рта. Муравянников Ж.Г. 2006 г.

  4. Пропедевтика стоматологических заболеваний Скорикова Л.А. 2002 г.


Download 464.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat