13 – mavzu: XVII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida xalqaro munosabatlar Reja


Mustamlakalar uchun kurash jarayonida xalqaro munosabatlar



Download 74,5 Kb.
bet3/6
Sana10.07.2022
Hajmi74,5 Kb.
#771911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalqaro munosabatlar

Mustamlakalar uchun kurash jarayonida xalqaro munosabatlar.
XIXasrning 70-yillarida angliya keng ko‘lamli mustamlaka urushlari olib bordi. Mustamlakalar bosib olishdan maqsad, ingliz sanoat mahsulotlari sotiladigan va xom-ashyo bozorlariga egalik qilish edi. Mustamlaka imperiyasini kengaytirish va uni saqlab qolish imperiya oldidagi asosiy vazifalardan biri edi. Ayniqsa, hindiston va unga boradigan yo‘llar ustida nazoratni saqlab qolish kun tartibidagi birinchi masala edi. Dizraeli 1875 yili Misr hukmdoridan 4 mln fun sterling evaziga unga tegishli aksiyalarning 50% ni sotib oladi. Bu esa, Angliyaning nazorat paketini qo‘lga kiritganligini anglatar edi. Kiprni qo‘lga kiritilishi Afrika va birinchi galda Misrni qaram qilishni yakunlanganlini anglaardi. 1877 yilda Dizraeli burlarning Transvaal respublikasini angliya o‘ziga qo‘shib olganligini e’lon qiladi. Burlar qattiq qarshilik ko‘rsatadalir. 1878 yili Avg‘oniston bilan boshlangan urush ham muvoffaqqiyatsiz tugaydi. Bu esa saylovlarda Dizraeli mag‘lubiyatiga va liberallarning hokimiyat tepasiga kelishiga sabab bo‘ldi. Gladston o‘zining bosh vazirlik davrida (1880-1885 yy) mayda millatlar manfaatlarini himoya qilishni ma’lum qilsada Konservatorlar ishlarini amalda davom ettiraverdi. 1885 yil Avg‘oniston tashqi siyosati ustidan nazorat o‘rnatiladi. Transvaalda bir necha mag‘lubiyatdan so‘ng uni anneksiya qilishni bekor qiladi. Misr moliyasi ustidan Fransiya bilan hamkorlikda nazorat o‘rnatilgan bo‘lsada, 1881 yilda uch imperator shartnomasining yangidan tuzilishi Fransiyani asosiy e’tiborini Evropaga qaratilganidan foydalangan Gladston 1882 yil Aleksandriyaga qo‘shin kiritadi. Gladston Misrda siyosiy vaziyat barqaror bo‘lsa, ingliz qo‘shinlarini olib chiqib ketishni ma’lum qiladi. Ammo, 1882 va 1922 yillarda ingliz hukmati 66 marta ana shunday xabar tarqatsada qo‘shinlarni olib chiqib ketmaydi. Fransiyaning manfaatlari misrda asta-sekin pasayib boradi.
Inglizlarning Misrga qo‘shin tushirishi, Fransiyani Afrikaning hali mustamlakachi davlatlar tomonidan egallanmagan ichki hududlariga e’tibor qaratishga majbur qiladi. 80-90 yillarda Afrikani mustamlaka qilishda ingliz-fransuz raqobati avj oladi. Afrikaga shuningdek, Belgiya, Germaniya, Italiya, Portugaliya mustamlakachilari ham kirib kela boshlaydi. Belgiya qiroli Leopold II AQSHlik ilmiy tadqiqotchi Stenli boshchiligida Kongo havzasiga ekspiditsiya yuboradi. o‘rganilgan ulkan hududlarda qisqa vaqt ichida mahalliy qabila rahbarlari bilan 400 dan ortiqroq shartnomalar tuziladi. 1884 yilda Kongo havzasida Belgiya nazorati o‘rnatilgan edi.
Belgiyadan o‘rnak olgan Fransiya Kongo havzasining quyi qismiga de Brazza boshchiligida dengizchilarni yuborib mustamlakaga asos soladi. Kongo quyilish hududidagi Fransiya muvofaqqiyati Angliyani 1884 yili Portugaliya bilan shartnoma tuzadi, bu esa, Fransiya va Germaniya noroziligiga sabab bo‘ldi. 1884 yil oxiri-1885 yil boshlaridagi Berlindagi konferensiyada Kongo Leopold II rahbarligida rasman mustaqil deb e’lon qilinadi. Ingliz va Portugallarning Kongoga da’volari bekor qilinadi. 80-yillarda Fransiya jazoir va unga tutash bo‘lgan Sahroyi kabir hududlarini istilo qiladi. 1886 yilda Madagaskar egallanadi.
Nemislar Atlantika qirg‘oqlari bo‘yida o‘zlarining bazalariga ega bo‘lishga urinadilar. Marokashdagi Agadir porti va unga tutash bo‘lgan hududlarni talab qila boshlaydilar. Kayzer o‘zining Falastin sayohati singari Marokashga sayohat qilib, 1905 yili Gibraltar orqali Tanjerga keladi va bu erda sultonning amakisi bilan uchrashib, o‘zini musulmon xalqlarining mustaqilligi himoyachisi deb e’lon qiladi. Tez orada Germaniya buyuk davlatlarga nota yuborib Marokash masalasida xalqaro kongress chaqirilishini talab qiladi. Vilgelm II ning talabi Rossiyaning YAponiya bilan urushda mag‘lubiyati va kuchsizlangani sababli Fransiyaga etarli yordam ko‘rsata olmasligi, Angliya Fransiyaga yordam ko‘rsatishni va’da qilsada, Rossiya darajasida bo‘lmasligiga asoslangandi. SHunday bo‘lsada 1906 yili Alxiserasda chaqirilgan konferensiya Germaniya foydasiga hal bo‘lmaydi. Konferensiya rasman Marokashning “mustaqilligini” tan oladi. Marokashning bojxona va moliya ishlari nazorati ustidan Evropa davlatlarining hukmronligi maxsus “Marokash banki” tuzilishi orqali o‘rnatiladi. Fransiya va ispaniyaga Marokash politsiyasini tuzish va mamlakatda tartib o‘rnatish topshiriladi. Bu esa ushbu mamlakatlarni Marokashdagi “o‘z ulushlari”ni okkupatsiya qilib olishni osonlashtirardi. Germaniyaning Alxeserasda yon berishiga asosiy sabab, Fransiyani bir qator davlatlar Angliya, AQSH, Rossiya va hatto, Germaniya ittifoqchisi bo‘lgan Italiyaning qo‘llab-quvvatlashi sabab bo‘ldi. Birinchi marokash inqirozi davrida Evropa qit’asida istagan vaqt urush chiqishi mumkinligini buyuk davlatlar his etadilar. Angliya shu sababli quruqlikdagi qo‘shinlari sonini ham ko‘paytirishga kirishadi.

Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish