13 – mavzu: XVII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida xalqaro munosabatlar Reja



Download 74,5 Kb.
bet6/6
Sana10.07.2022
Hajmi74,5 Kb.
#771911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalqaro munosabatlar

Bosniya inqirozi. 1908 yili Avstro-Vengriya Turkiyadan Salonikagacha temir yo‘l qurish konsessiyasini oladi. Bu esa, Avstro-Vengriyaning Egey dengiziga chiqish imkonini berardi. Turkiyada YOsh turklar inqilobi bo‘lib o‘tgandan so‘ng, Avstro-Vengriya 1908 yil 7 oktyabrda Bosniya va gersogovinani anneksiya qilganligini ma’lum qiladi. Bu hudud shu vaqtda qadar ham okkupatsiya qilingan bo‘lsada, rasman Turkiya qo‘l ostida edi. Turkiya o‘z noroziligini bildirsada, ushub o‘lkani o‘z qo‘lida tutib tura olmasligini yaxshi anglardi. SHu sababli 1909 yil, 22 fevralda vaqf erlari uchun 2,5 mln funt sterling konpensatsiya olish orqali sotib yuboradi. Bosniya va Gersogovinani anneksiya qilinishi Serbiya tomonidan kuchli norozilikka sabab bo‘ladi. Rossiya Serbiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Rossiya 1878 yilgi Berlin konferensiyasi qarorlarini qayta ko‘rib chiqish uchun yangi konferensiya chaqirishni talab qiladi. Germaniya va Avtro-Vengriya Rossiya talabiga qarshi chiqqan bo‘lsa, Angliya va Fransiya konferensiya o‘tkazishni talab qiladi. Germaniya 21 mart kuni Rossiyaga nota topshirib, urush boshlash bilan tahdid qiladi. O‘z ittifoqchilarining talabi bilan Rossiya yon berishga majbur bo‘ladi.
Potsdam uchrashuvi. Ikkinchi Marokash inqirozi. Ingliz-Russ kelishuvi imzolangandan so‘ng, tashqi siyosatda Germaniyaga dushman davlatlar mavqei ortdi. 1910 yilda Vilgelm II va Nikolay II Potsdamda uchrashadilar. II-----------
Fransiya va Angliyaning raqobatlashayotgan yana bir hudud bu Hindixitoy bo‘lib, Angliya 1887 yili Malakka yarim orolini istilo qiladi. Fransiya bu davrda Vetnamni bo‘ynsundira boshlaydi. 1883 yil markaziy Vetnam istilo qilinadi. Ammo, urushga Xitoyning qo‘shilishi Vetnam istilosini 90-yillarga qadar davom etadi. Fransularni Hindiston chegaralariga yaqinlashtirmaslik uchun inglizlar 1885 yilda Birmani okkupatsiya qiladi. Tailand uchun kurash uni sharqiy va g‘arbiy ta’sir zonalariga bo‘lish bilan yakunlanadi.
Germaniya kapitalistlari mustamlakalar bosib olishga o‘z raqiblaridan bir qadar kechroq kirishdi. 1882 yilda Bremenlik savdogar Lyuderits Angra-Penek buxtasiga klib tushadi va bu erdagi qabila boshliqlaridan ushbu buxta va unga tutash erlarni 200 ta eskirgan miltiq va 2 ming marka evaziga sotib oladi. Lyuderits Bismarkka maktub yo‘llab, u sotib olgan erlarni davlat himoyasiga olishni so‘raydi. Bismark tezda uning javobini qoniqtiradi va Angliyada janubiy-g‘arbiy Afrikani Germaniya mustamlakasi sifatida tan olishni so‘rab maktub yuboradi. Angliya bu xalqaro qonunlarga mos kelmasligini va Anliyaning huquqi borligini bahona qiladi. Bismark maktub yo‘llab, Angliyaning qanday huquqi so‘raydi. London esa bunga javob bera olmaydi. 1884 yil 24 aprelda Germaniya Janubiy-G‘arbiy Afrikani (Namibiya) o‘z protektorati deb e’lon qiladi. 1884-1885 yillarda Germaniya shu uslubdan foydalangan holda Kamerunning bir qismi, Togo va SHarqiy Afrika (Tanzaniya)da o‘z mustamlakalariga asos soladi. 80 yillarda YAngi Gvineyaning SHimoliy-SHarqiy qismini ham egallaydi. 1887 yilda Germaniya yana bir bora Fransiya bilan urush boshlashga urinib ko‘radi. Ammo, bu safar ham Rossiyaning qat’iy pozitsiyasi tufayli Germaniya urush qilishdan tiyiladi.
Fransiya-Germaniya o‘rtasidagi 1887 yil keskinlik Rossiya va Avstro-Vengriyaning Bolgariya masalasida keskinlik bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgandi. Bolgar xalqining Rossiyaga simpatiyasi yuqoriligiga qaramy hukmron doiralar Avstro-Vengriya bilan iqtisodiy aloqalar mustahkamligini asos qilib, Bolgariya taxtiga Avstro-Vengriya shahzodasi Ferdinand Koburgskiyni o‘tqazadi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yomonlashuviga sabab bo‘ladi. SHu sababli 1887 yilda Germaniya-Avstriya-Rossiya o‘rtasida neytralitetni navbatdagi tasdiqlash muddati kelganda Rossiya Avstro-Vengriya bilan ushbu sharnomani imzolashdan voz kechadi. Germaniya baribir Rossiya bilan ikki tomonlama neytralitet tuzadi. Bismarkning fikricha, Germaniyaning Avstro-Vengriya va Italiya bilan ittifoqi Fransiya bilan urush vaqtida Rossiyani hujum qilishdan tiyilishiga majbur qilardi. SHartnomada Germaniya Rossiyaning Avstro-Vengriyaga hujumi davrida neytralitetni saqlab qolmasligini ma’lum qiladi. Rossiya esa, Germaniyaning Fransiyaga hujumi davrida neytralitetni saqlab qolmasligi mumkin edi.
Germaniya Bolqonda Rossiya ta’sirini yanada pasaytirish maqsadida Bismark tashabbusi bilan Angliya, Italiya va Avstro-Vengriyadan iborat Bolqon yoki SHarqiy Antanta tuziladi. SHu bilan bir qatorda Germaniya Rossiyaga kredit etkazib berishni to‘xtatadi. Bu esa Fransiya kapitalining Rossiyada etakchi mavqega chiqib olishiga sabab bo‘ldi.
XIX asrning so‘nggida Anliya ashqi siyosatida “Ajoyib yakkalik” deb ataluvchi tashqi siyosat ustunlik qildi. Bismark 1889 yilda Angliya bilan Fransiyaga qarshi ittifoq tuzishga harakat qiladi. Angliya esa, mintaqadagi biror davlat bilan ittifoqqa kirmasligini ma’lum qiladi. Angliyaning ajoyib yakkalik siyosati kutish va kuzatishdan iborat bo‘lib, Bismarkning rus-ingliz raqobatidan foydalanishga urinishi ham Londonda sovuq qarshi olinadi. Angliya Avstro-Vengriya va Rossiya o‘rtasida urushning kelib chiqishi Germaniyani urushga kirishi va kuchsizlanishini istardi. Ushbu davlatlar o‘rtasida ziddiyatlarni kuaytirish orqali Angliya o‘zining Hindiston, Suvaysh kanali, Misr, Turkiya, Eron, Avg‘oniston, Birma, Siamdagi mulklari xavfsizligini ta’minlashga urinadi. Angliyaning orolda joylashganligi va dengizda uning floti kuchli ekanligi mintaqadagi kaolitsiyalarga kirmasdan utrib ustunlikka erishishini ta’minlardi. Inglilarning “Ajoyib yakkalik” siyosati buyuk davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni avj oldirish orqali ulardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib qolishga asoslanardi.
1889 yilda Bismarkning Angliyaga Fransiyaga qarshi ittifoq tuzish taklifi rad etilgandan so‘ng, taxtga o‘tirgan Vilgelm II tomonidan uning iste’foga chiqarilishiga sabab bo‘ldi. Valderzee bosh shtab boshlig‘i etib 1888 yilda tayinlangandi. U Rossiya bilan urushdan qochib bo‘lmasligi va ikki frontda urush olib borish, raqiblarni alohida-alohida tor-mor keltirish tarafdori edi. Bismark o‘rniga kelgan Kaprivi ham aynan shu yo‘nalishdagi siyosatni olib boradi.
Fransuz-Rus ittifoqiga qarshi uchlar ittifoqi Angliya bilan ittifoqqa kirishga harakat qiladi. Kaprivi SHarqiy Afrikadagi Vita va Ugandani Angliyaga berish orqali uni ittifoqqa tortishga harakat qiladi. Zanzibarda ingliz protektoratini tan olish orqali SHimoliy dengizdagi Gelgolandni oladi. Ammo, Angliya faqatgina 1892 yilda SHarqiy (Bolqon) antantasiga kirishga rozi bo‘ladi. Kaprivi uchlar ittfioqi o‘rtasidagi munosabatlarni kuchaytirishga harakat qiladi. 1885 yilga qadar Italiyaga kapital kiritish bo‘yicha Fransiya etakchilik qilib, kiritilgan kapitalning 45% Fransiyaga tegishli edi. 1886 yildan boshlab ilaiyan-fransuz boj urushi boshlanadi. Kaprivi hukumati Italiyaga moliyaviy yordam ko‘rsata boshlaydi. Ammo, moliyaviy inqirozdan qochishning iloji bo‘lmaydi. 1891 yilda Germaniya Avstro-Vengriya qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan bojni pasaytirishga majbur bo‘ladi.
Germaniyada Fransiya va Rossiyaga qarshi targ‘ibotning kuchayishi Rossiya va Fransiyaning yaqinlashuviga sabab bo‘ldi. 1891 yil Kronshtadtga fransuz eskadrasi keladi. Ruslar eskadrani “marseleza” sadolari ostida kutib oladi. Franko-russ pakti imzolanadi. 1892 yili Peterburgga kelgan fransuz general shtabi vakillari ruslar bilan 17 avgustda harbiy konvensiya tuzadilar. Uning 1 bandida, agar Germaniya yoki u tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Fransiyaga hujum qilsa, Rossiya barcha kuchlarini Germaniyaga qarshi tashlashi lozim edi. Agar Rossiya germaniya yoki Avstro-Vengriya tomonidan hujumga uchrasa, Fransiya o‘zining barcha kuchlarini Germaniyaga qarshi tashlashi lozim edi. Ikkinchi bandda, agar uchlar ittifoqi yoki unga kiruvchi davlatlardan biri qo‘shinlarini mobilizatsiya qila boshlashi bilan Fransiya va Rossiya ham qo‘shinlarni mobilizatsiya qilishi lozim edi. 3-bandda Germaniya bir vaqtning o‘zida ikki frontda kurash olib borishi lozimligi keltirib o‘tilgandi. 4- va 5- bandlarda bosh shtablarning hamkorlikda ish tutishi va separat sulh tuzmaslik ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 6-bandda ushbu ittifoq uchlar ittifoqi turguncha amal qilishi ko‘zda tutilgandi. Rossiya eskadrasining 1893 yilda tulonda bo‘lgandan so‘ng, ikki o‘rtadagi shartnoma ratifikatsiya qilinadi. Germaniya hukmron doiralari Rossiyaning Fransiya ittifoqidan tashvishga tushib, Rossiya bilan yaqinlashishga harakat qiladi. Buning uchun 1894 yili Rossiya bilan savdo shartnomasi tuzilib, bojxona urushiga barham beriladi.
Xitoyni mustamlakaga aylantirishga biror bir buyuk davlat muvoffaq bo‘la olmaydi. Mustamlakachilar Xitoyni ta’sir doiralariga bo‘lib olishga harakat qiladilar. 70-yillardayoq YAponiya Tayvan (Formoza) orolini bosib olishda muvofaqqiyatsizlikka uchraydi. Angliya imkon boricha YAponiyani qo‘llashga va undan Rossiyaga qarshi kurashda foydalanishga harakat qiladi. Angliyaning qo‘llashi bilan 1885 yilda YAponiya Xitoyni Koreya ustidan Xitoy bilan teng huquqqa ega ekanligini tan oldiruvchi Tyanszin sulhini imzolashga majburlay oldi. 1893 yili Koreyada ko‘tarilgan Tonxak qo‘zg‘olonini bostirish uchun Koreya Xitoydan yordam so‘raydi. YAponiya yordam so‘ralmagan bo‘lsada Koreyaga o‘z qo‘shinlarini yuboradi. 1895 yilgi Simonoseki sulhi Xitoyning qoloqligini ko‘rsatgan edi. YAponiyaga kontribunsiya to‘lash maqsadida Xitoy Rossiya va Fransiyadan zayom oladi. 1896 yil Rossiya Xitoy bilan ittifoq tuzib, YAponiya urush boshlaganda hamkorlik qilishga kelishadi. O‘z navbatida Xitoydan (SHarqiy Xitoy temir yo‘li) SHXTY qurish uchun konsessiya olishga muvoffaq bo‘ladi. Germaniya imperialistlari 1897 yili Xitoydan 99 yilga Szyachjou va Sindao portini, SHanxayni ijaraga oladilar. Fransiya Guanchjouni egallab Hindixitoy bilan Xitoy janubini bog‘laydigan temir yo‘l qurilishini boshlab yuboradi. 1898 yilgi Xitoy bilan kelishuvga ko‘ra Rossiya Lyaodun yarim orolini ijaraga oladi. Angliya esa, strategik jihatdan muhim bo‘lgan Veyxayvey portini, Xitoyning YAnszi daryosi havzasini ta’sir doirasi ekanligi, shuningdek, Guandun (Kanton bilan birga), Tibetni ta’sir doirasi deb e’lon qiladi. Futszyan o‘lkasi yaponlar ta’sirida edi.
1896 yilda ingliz ekspiditsion korpusi general Kitchiner boshchiligida Sudanni istilo qila boshlaydi. 1898 yil Xartum istilo qilinadi. Nil yuqori qismiga qarab yo‘l olgan inglizlar Fashoda qishlog‘ida fransuz Kongosidan bu tomonga harakatlanayotgan otriyadi bilan uchrashadi. Angliyaning Germaniya tomoniga o‘tib ketishini oldini olish maqsadida inglizlarga yon beradilar. 1899 yil Fransiya va Angliya o‘rtasida Afrikadagi ta’sir doiralarini bo‘lib olish to‘g‘risida kelishuv bo‘lib o‘tadi. 1895 yili efiopiyaga bostirib kirgan italyan armiyalari engiladi. 1896 yilda Adua yonidagi hal qiluvchi jangda yana italyanlar mag‘lub bo‘ladi.
Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish