13 – mavzu: XVII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida xalqaro munosabatlar Reja



Download 74,5 Kb.
bet1/6
Sana10.07.2022
Hajmi74,5 Kb.
#771911
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalqaro munosabatlar


13 – mavzu: XVII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida xalqaro munosabatlar
Reja:

  1. Fransiya-Prusiya urushidan so‘ng xalqaro munosabatlar. “Uch imperator ittifoqi”, uchlar ittifoqining tashkil topishi.

  2. 1875-1878 yillardagi Bolqon inqirozi

  3. Mustamlakalar uchun kurash jarayonida xalqaro munosabatlar

  4. XX asr boshlaridagi diplomatik munosabatlar imperialistik mamlakatlarning qaram-qarshiligi

Fransiya-Prusiya urushidan so‘ng xalqaro munosabatlar. “Uch imperator ittifoqi”, uchlar ittifoqining tashkil topishi
Fransiya-Prusiya urushi va Frankfurt sulh shartnomasida Fransiyaning Elzas va lotaringiya hududlarini tortib olinishi va 5 mlrd frak tovon to‘lashga majbur qilinishi Fransiyada kuchli norozilik va revanshistik harakatning avj olishiga sabab bo‘ldi. Tashqi siyosatda esa, har ikki davlat o‘ziga ittifoqchi izlash, yangi urushga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yuboradilar. Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi raqobatdan har ikki mamlakat monopolistlari katta foyda ko‘rdilar. Bu harbiy zakazlarning o‘isb borishi bilan xarakterlanardi. Kayzer Germaniyasining reaksion hatti-harakatlari yirik imperialistik davlatlar o‘rtasida Germaniyaga qarshi kayfiyatni kuchaytirib yubordi. Bismarkning tashqi siyosatdagi asosiy e’tibori, Germaniya atrofida joylashgan davlatlrni Fransiya bilan ittifoq bo‘lishini oldini olishga qaratildi. Jumladan, Avstro-Vengriya imperiyasi hukmron doiralari 1866 yilgi Sadovo yonidagi jangdagi mag‘lubiyatdan so‘ng dastlab revanshizmni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsalar, keyinchalik 70-yillarda Rossiya bilan Bolqon masalasidagi ziddiyatlar sababli, Germaniya bilan yaqinlasha boshladilar. Bismark uchun Rossiyani ittifoqqa tortishi yanada osonlashgan bo‘lib, 1856 yilgi Parij konferensiyasida Rossiyaning Qora dengizda harbiy flot qurishini ta’qiqlovchi qarorlarni bekor qilishni va’da qilishning o‘zi kifoya qiladi. Rossiya 1871 yildagi London konferensiyasida yuqoridagi qarorni bekor qilinishga erishadi.
Bismarkning sa’y-harakatlari sababli 1871 yilda Berlinda “Uch imperator ittifoqi” tuziladi. Unga ko‘ra, kelishuvchi tomonlardan biriga hujum qilinganda, ular o‘zaro yordam berishlari lozim edi. Uch imperator ittifoqi shartnomasi imzolangach, Fransiya yolg‘izlanib qolganligiga ishonch hosil qilgan Bismark Fransiya bilan yangi urush keltirib chiqarishga harakat qiladi. Germaniya matbuotida antifransuz kampaniyasi va Fransiya tahdidi haqida ogohlantiruvchi maqolalar bosila boshlandi. Fransiyada piyoda qo‘shinlar polkini uchta bataliondan 4 taga ko‘paytirish va Fransiya milliy yig‘ilishining umumiy harbiy majburiyatni joriy qilinishi, harbiy qismlarni isloh qilish qonunlari Germaniya tomonidan Fransiyaning urushga tayyorgarlik ko‘rishi sifatida bahaolandi. Germaniyada ochiqdan-ochiq urushga tayyorgarlik ko‘rilib, harbiy qismlar qaytadan yangi qurollar bilan qurollantirildi, Armiya Fransiya chegarasi tomon harakatlantiriladi. 1875 yilda Germaniya Fransiyani osonlik bilan engishi mumkin bo‘lgani holda, Fransiyaning xalqaro mavqei ham qoniqarli ahvolda emasdi. Bismark 1875 yili urushga tayyorgarlik ko‘rishning so‘nggi bosqichi sifatida Peterburgga o‘zining ishonchli amaldori Radovitsni Fransiya bilan urush vaqtida Rossiyani neytralitet holatini ta’minlash topshirig‘i bilan yuboradi. Ammo, Rossiya imperiyasi Fransiyani navbatdagi mag‘lubiyatiga yo‘l qo‘ymasligini bildiradi. Angliya ham Rossiya taklifini qabul qiladi. Germaniya esa o‘z rejalaridan voz kechishga majbur bo‘ladi. Bu esa, uch imperator ittifoqining inqirozga yuz tutganini anglatardi.
70-yillarda Fransiyaga qarshi ikki bora Germaniya tomonidan takil etilishi ko‘zlangan urushda Rossiyaning Fransiyani qo‘llab-quvvatlashi va 1876 yili Rossiya tomonidan Germaniya sanoat mahsulotlariga boj soliqlarini oshirishi, 1879 yilda esa, Germaniya tomonidan Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishni chelovchi qarorlar 60-yillarda boshlangan ittifoqni barbod bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Rossiyaning Fransiya bilan yaqinlashuvi Bismarkni ham ittifoqchi izlashga majbur qiladi. 1878 yilda Avstro-Vengriyaning Berlin kongressi vaqtida Rossiyaga qarshi chiqishi ikki davlatning ittifoq tuzishiga asosiy turtki bo‘ladi. 1879 yil 7 oktyabrda Avstro-Vengriya va germaniyaning harbiy ittifoqi haqidagi hujjat imzolanadi. SHartnomaga ko‘ra Rossiya kelishuvchi tomonlarning biriga urush e’lon qilsa, ular hamkorlikda unga qarshi kurashishi lozim edi. Bismark Fransiyaga urush e’lon qilganda Rossiya tomonidan Fransiyaning qo‘llab-quvvatlanishiga qarshi Avstro-Vengriyani Rossiyani tuib turishiga kelisha oladi.
Rossiyada 70-yillar oxirida boshlangan qishloq xo‘jaligi inqirozi, O‘rta Osiyo masalasida angliya bilan raqobat uning Germaniya bilan yaqinlashishini talab qilardi. Bismark germaniya ikki frontda urush olib borishi mamlakat uchun halokatli deb hisoblar va Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilanishini, Fransiya va Rossiya ittifoqini shakllanmasligini o‘z vazifasi deb bilardi. SHu sababli 1881 yil 18 iyunda uch imperator ittifoqi shartnomasi yangilanadi. SHartnomaga ko‘ra, Rossiya o‘zining neytralitetini Fransiya va germaniya o‘rtasida urush chiqqanda saqlashi, Germaniya va Avstro-Vengriya esa Rossiya va Angliya o‘rtasida O‘rta Osiyo masalaida urush chiqqanda neytralitetda bo‘lishlari lozim edi. 1884 yilda shartnomani yangidan imzolash vaqtida Rossiya agar Fransiya Germaniyaga hujum qilgandagina neytralitetni saqlab qolish majburiyatini oladi. SHartnomaning boshqa bandlari jumladan, Qora dengizga bo‘g‘ozlar orqali harbiy kemalarni o‘tishini taqiqlash, Avstro-Vengriya tomonidan Bosniya va Gersogovinani okkupanitsiyasini tan olish shartlari o‘zgarmasdan qoldirildi.
1881 yilda Fransiyaning Tunisga hujum qilishi, Italiyani Germaniya bilan yaqinlashuviga sabab bo‘ladi. Ammo, Bismark Avstro-Vengriya roziligisiz shartnoma tuzmaligini ma’lum qiladi. CHunki, Italiyada irredentislar (Italia irredenta-Ozod Italiya, Italiyaning Avstriya qo‘l ostidagi erlarni birlashtirish tarafdorlari) ta’siri kuchli bo‘lishiga qaray ular tunisning boy berilishi o‘rnini yangi itifoqchi bilan to‘ldirishga harakat qiladilar. 1882 yil uchlar ittifoqi tuzilib, avstro-Vengriya Rossiya bilan urush holatida ikki frontda jang qilish muammosidan qutiladi. shartnoma har 5 yilda bir yangilangan va so‘nggi bora 1915 yilda imzolangan.

Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish