13 – mavzu: XVII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida xalqaro munosabatlar Reja



Download 74,5 Kb.
bet2/6
Sana10.07.2022
Hajmi74,5 Kb.
#771911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalqaro munosabatlar

1875-1878 yillardagi Bolqon inqirozi. XIX asrning 70-yillarida Bolqon yarim orolidagi Bolgariya, Bosniya-Gersogovina, Makedoniya, Albaniya, Epir, Fessaliya, Serbiya va Ruminiya davlatlari Usmoniylar imperiyasi hukmronligi ostida edi. Faqatgina YUnoniston bu davrda mustaqil davlat edi xolos. CHernogoriya esa, rasman mustaqil bo‘lsada, xalqaro maydonda o‘z statusiga ega emasdi. 70-yillarda milliy ozodlik harakati tashkiliy va tarqoq to‘dalardan keng xalq ommasining faol ishtiroki ko‘rinishida avj oladi. 1875 yilda Staro-Zagore va Bolgariyaning bir qator viloyatlarida qo‘zg‘olonlar avj oladi. Qo‘zg‘olon tezda bostirildi. 1876 yil aprelida yana qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Ammo, bu safar ham qo‘zg‘olon turklarning yaxshi qurollangan boshibuzuqlar deb ataluvchi otryadlari tomonidan shafqatsizlik bilan bostiriladi. kurashlar davrida 1876 yil 18 mayda Bolgariya ozodligi kurashlari etakchisi Xristo Botev halok bo‘ladi.
1875 yili Bolgariya qo‘zg‘oloni bilan bir vaqtda Gersogovinada ham qo‘zg‘olon ko‘tarilib, qo‘zg‘olonchilar boshibuzuqlar otryadini tor-mor keltiradilar. Serbiya va CHernogoriya qo‘zg‘olonchilarga yordam beradi. 1876 yil 30 iyunda Serbiya turkiyaga urush e’lon qiladi. Rossiya esa, ko‘ngillilar va moddiy yordam ko‘rsata boshlaydi. Bolqonda Rossiya ta’sirining oshishi Evropa davlatlarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Avstro-Vengriya o‘z manfaatlariga tahdid deb tushungan bo‘lsa, Angliya Rossiyaning Bolqon va O‘rta er dengizining sharqiy sohillarida ta’sirining oshishi Hindistonga boradigan yo‘llarda Angliya manfaatlariga tahdid deb qabul qiladi. Germaniya Astro-Vengriyaning Bolqondagi ta’sirini oshishidan manfaatdor bo‘lib, Rossiyani Turkiya bilan urushga kirishini va Fransiya bilan yangi urush boshlash imkoniga ega bo‘lishga intiladi. 1876 yil 8 iyulda CHexiyaning Reyxshtadt qasrida Aleksand II va gorchakovning Frans-Iosif va Andrashi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Rasman biror hujjat imzolanmagan bo‘lsada, Bolqon masalasida o‘zaro kelishib ish tutish to‘g‘risida og‘zaki kelishuv sodir bo‘ladi. Bu ikki tomonning har o‘zaro ishonchsiz ittifoqchi bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Reyxshtadt uchrashuvlari Berlinda kuchli norozilikka sabab bo‘ladi. Germaniya Rossiyani tezroq YAqin SHarq muammosiga o‘ralashib qolishini istardi. Buyuk davlatlar Bolqon masalasini tinch yo‘l bilan hal qilish maqsadida 1876 yil 11 dekabridan 1877 yil 30 yanvarigacha Konstantinopolda konferensiya o‘tkazadilar. Turkiya Bosniya, Gersogovina, Bolgariya, Makedoniyaga keng avtonomiya berishi talab qilinadi. Turkiya bu talablarni rad etadi. Bunga Angliyaning qo‘llab-quvvatlashi sabab bo‘ladi. Bismark Konstntinopol konferensiyasida Angliya va Rossiyani o‘zaro raqiblarga aylanib qoldi degan fikrda Fransiyaga qarshi urushni boshlab yuborishga shoshiladi. 1877 yili fevral oyida Germaniya matbuoti yana Fransiyaning urushga tayyorgarlik ko‘rayotganligi haqida ovoza tarqata boshlaydi. Ammo, Bu safar ham Peterburg va Londondan Germaniyaga urush boshlansa, Fransiya tomonida ushbu davlatlar turishi haqidagi xabarlar olinadi.
Rossiya 1877 yili martda Londanda Angliya Fransiya, Avstro-Vengriya, Germaniya va Italiya davlatlari ishtirokidagi yig‘ilishda Konstantinopol yig‘ilishi qarorlarini tasdiqlatib oladi. 7 aprelda Turkiya London kelishuvini tan olishni istamasligi ma’lum qiladi. SHu yili mart oyida Rossiya Avstro-Vengriya bilan Buddapeshtda maxfiy protokol imzolagan bo‘lib, unda Turkiya bilan Rossiya urushida imperiya betaraf turishi, buning evaziga esa, Avstriya Bosniya va gersogovinani okkupatsiya qilishiga Rosiya e’tiroz bildirmasligi lozim edi. 1877 yili aprelda Ruminiya o‘zining hududi orqali rus qo‘shinlarini Turkiya chegaralariga o‘tkazib yuborish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolaydi. 24 aprelda Rossiya turkiyaga urush e’lon qiladi. 185 ming kishilk rus qo‘shinlari iyun oyi oxirlarida Dunayni kechib o‘tadilar. Bir vaqtning o‘zida Kavkazda ham urush harakatlari boshlanib ketadi. Kars qal’asi olinib, rus armiyasi Erzirumga yaqinlashadi. Ruminiya o‘zini to‘liq mustaqil deb e’lon qiladi. G‘arbda Serbiya va CHernogoriya qo‘shinlari urushga qo‘shiladi. 1877 yil dekabrda Plevna shahri, 1878 yil yanvarida Maritsa daryosiga chiqilib Adrianopol shahri egallanadi.
Plevnaning olinishi va qishda SHipka dovonidan oshib o‘tish Angliya hukumatini tashvishga soladi. Inglizlar bo‘g‘ozlardan bir sutka uzoqlikdagi Bezik buxtasida o‘z flotini joylashtiradi. Dizraeli bir vaqtning o‘zida Avstro-Vengriya tashqi ishlar vaziri Andrashini Rossiyaga qarshi urushga kirishga ko‘ndirishga urina boshlaydi. Adrianopol ishg‘ol qilingandan so‘ng, Rossiya Konstantinopolga xavf sola boshlagan edi. ingliz floti Dizraeli buyrug‘iga ko‘ra Dardanel bo‘g‘oziga kiradi. Bu esa, Angliya bilan urushni anglatar edi. SHu vaqtda Turkiya hukumati ham sulh so‘raydi. rus qo‘shinlari Istambuldan 12 km uzoqlikda Marmar dengiz bo‘yidagi San-Stefano qishlog‘i yonida to‘xtaydi. 3 mart kuni tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Qrim urushi davrida Rossiya imperiyasidan tortib olingan Bessarabiyaning janubiy qismi Rossiyaga qaytariladi, Kavkazdagi Kars, Erdagan, Boyazit va Botumini Rossiya ixtiyoriga berish, mustaqil Bolgari davlatining tuzilishi va uning chegaralari Qora dengiz qirg‘oqlaridan G‘arbda Serbiyagacha, Dunaydan Egey dengizigacha bo‘lgan hududlarni tashkil etishi, CHernogogiya, Serbiya, Ruminiya to‘la mustaqillikni qo‘lga kiritganligi Turkiya tan olishi, Ruminiyaga SHimoliy Dobrujjani o‘tishini tan olishi lozim edi. Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi sulh muzokaralari Angliya va avstro-Vengriyaning mintaqadagi manfaatlariga tahdid deb qaraldi. Andrashi talabi bilan yangi konferensiya chaqirilishi kelishiladi. 1878 yil Berlin konferensiyasida Bolgariyaning janubiy chegaralari Konstantinopol va Egey dengizidan yiroqlashtirildi va Bolqon tizmasi deb belgilandi. Rossiya boyazitni turkiyaga qaytarib berishi lozim edi. Buning evaziga esa, Angliya 4 iyunda Turkiyadan Kiprni egallashga ruxsat oladi. Avstro-Vengriya esa no’ma’lum muddatga Bosniya va Gersogovinani okkupatsiya qilishga muvoffaq bo‘ladi.

Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish