Mavzu: O‘zbekiston va Turkiya munosabatlarining bugungi holati.
Reja:
O’zbekiston va Turkiya o’rtasidagi munosabatlar tarixiga bir nazar
O’zbekiston va Turkiya o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar
Kirish
Turkiya va O’zbekiston o’rtasidagi diplomatik munosabatlar Turkiya davlatining mamlakatimiz mustaqilligini birinchilardan bo’lib tan olishi bilan yanada mustahkalmanib bordi. O’zbekiston bilan Turkiyani mushtarak til va tarix, o’xshash madaniyat va an’analarga asoslangan yaqin do’stlik va qardoshlik munosabatlari birlashtirib turadi.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning shartnoma-huquqiy asosini O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida “Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida”gi shartnoma hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, terrorizmga va giyohvand moddalar bilan noqonuniy savdo qilishga qarshi kurash, huquqiy yordam, sog‘liqni saqlash, transport, turizm, madaniyat va boshqa sohalarda imzolangan 70dan ortiq hujjatlar tashkil etadi. Bu munosabatlar davlat rahbarlarining tashriflari bilan kuchayib bordi. O’zaro manfaatli savdo munosabatlarda ba’zida pasayishlar bo’lgan bo’lsa ham har ikki davlat o’rtasidagi savdo aylanmasi ancha yaxshi ko’rsatkichlarni qayd etdi. So’nggi yillarda esa O’zbekiston va Turkiya o’rtasidagi munosabatlarda yangi sahifalar ochildi.
O’zbekiston Turkiya bilan turli sohalarda hamkorligini davom ettirib kelmoqda. Xususan, to’qimachilik sohasida, ta’lim sohasida, Turkiya shifoxonalari sho’balarini ochish masalasida, turizm xizmatlari sohasida o’zaro hamkorliklar davom etmoqda.
1. O‘zbekiston uchun dunyoning Rossiya, AQSh va Xitoy kabi yetakchi davlatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi rivojlangan mamlakatlar, xususan, Koreya Respublikasi va Yaponiya, Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi, arab-musulmon hamda turkiy tilli davlatlar xususan Tutkiya respublikasi bilan o‘zaro manfaatli, samarali va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Turkiya va O’zbekiston o’rtasidagi diplomatik munosabatlar Turkiya davlatining mamlakatimiz mustaqilligini birinchilardan bo’lib tan olishi bilan yanada mustahkalmanib bordi. Oʻzbekiston bilan Turkiyani mushtarak til va tarix, oʻxshash madaniyat va anʼanalarga asoslangan yaqin doʻstlik va qardoshlik munosabatlari birlashtirib turadi. 1991-yil 16-dekabr kuni Turkiya Respublikasi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olgan birinchi davlat bo’lgan edi. Ikki davlat o’rtasidagi diplomatik aloqalar esa 1992-yil 4-mart sanasida o’rnatilgan va bugunga qadar bu munosabatlarning mahsuli o’laroq 100 dan ortiq ikki tomonlama shartnomalar imzolandi, har ikki tomonga yuqori darajadagi tashriflar amalga oshirildi. 1992-yil aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993-yil yanvarda esa O’zbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi o’z faoliyatini boshladi. Istanbulda davlatimizning bosh konsulxonasi ochildi. 1996-yilda mamlakatlarimiz oʻrtasida Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangan.
Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qo‘shma korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar bermoqda. O‘zbekistonda Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida qo‘shma korxonalar barpo etildi. 1996- yil iyun oyida O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi — “O‘zavtosanoat” Turkiyaning “KochXolding” konserni bilan Samarqand shahrida “SamKochavto” o‘zbek-turk qo‘shma korxonasini barpo etish to‘g‘risida shartnoma tuzdilar. Tez orada bu qo‘shma korxona bunyod etildi va sig‘imi o‘rtacha avtobuslar hamda 8 tonnagacha yuk ko‘taradigan yuk avtomobillar yig‘ish yo‘lga qo‘yildi.
Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2000-yil sentabrda Turkiya Prezidenti Ahmet Nejdet Sezer bilan BMTning "Ming yillik" sammiti doirasidagi uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat kasb etdi. 2003-yilda Turkiya Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keldi. Tashrif davomida yana bir qancha hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish haqida hukumatlararo bitim tuzildi. Oʻzaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida bojxona toʻlovlariga nisbatan eng koʻp kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002-yil Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,7% oʻsib, 190,48 mln. dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 2003-yilda 2002-yilga nisbatan 41,3% oshdi, umuman Oʻzbekistonning tashki savdo tovar aylanmasida Turkiyaning ulushi 4% ni tashkil etadi. Turkiya Oʻzbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va boshqa yuboradi. Oʻzbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni qayta qurish va taʼmirlashda Turkiyaning "AySel", "Ulus inshaat", "Oʻqan xolding", "Emesam" firmalari ishtirok etdi. "SamKochavto" (avtobus va oʻrta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), "Papfen" (paxta tolasidan ip yigirish), "Koxis" (savdovositachilik faoliyati, "MetroMarket" supermarketa), "SharqMir LTD" (chakana savdo), "Mejik Plast" (plastik oyna romlari ishlab chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa "Beta Algoritm" (choy qadoklash), "Dilek Interprayzis", "Aylin gida sanai va anonim shirkati" (ikkovi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.) kabi bir qator qo’shma korxonalar ochildi.
2. O’zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o’rtasidagi munosabatlarning so’nggi yillardagi holatiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu munosabatlar har tomonlama ancha faollashganligini ko’rishimiz mumkin. Xususan, O’zbekiston Respubilkasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 25-oktyabrda Turkiya Respublikasiga tashrif buyurdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga ilk davlat tashrifi chogʻida mamlakatlarimiz hamkorligini strategik sheriklik darajasiga koʻtaradigan Qoʻshma bayonot imzolandi.2018-yil 17-18-noyabr kunlari Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayip Erdog’an O’zbekistonga tashrif buyurdi.
Turkiya Respublikasi O‘zbekiston tashqi siyosatida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, kuchli tashqi siyosat olib borish salohiyatiga ega, har tomonlama diversifikatsiyalashtirilgan iqtisodiyoti hamda zamonaviy qurolli kuchlariga ega bo‘lgan mamlakat hisoblanadi. Buni quyidagi bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Birinchidan, Turkiya dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatlar ichida O‘zbekistonning davlat mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan va shu tariqa ning dunyo xaritasida yangi davlat sifatida e’tirof etilish jarayonini boshlab bergan.
Ikkinchidan, o‘zbek va turk xalqlarini azaliy do‘stlik, birodarlik va qardoshlik rishtalari o‘zaro bog‘lab turadi. Har ikki xalq ham turkiy tilda so‘zlashuvchi bo‘lib, ularning madaniyati, dini va urf-odatlari bir-biriga juda yaqin. Qolaversa, Turkiyaning rivojlangan sanoati, transport kommunikatsiyalari, dengiz yo‘llari, qishloq xo‘jaligi, turizm salohiyati, ulkan davlatchilik tajribasi O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiya turli sohalarda, o‘rnak bo‘lsa arzigulik darajada rivojlangan mamlakat. U o‘zining iqtisodiy qudratiga ko‘ra, dunyoda kuchli 20 talik guruhiga kirgan davlatlardan biridir.
Bundan atigi yarim asr oldin ancha qoloq agrar mamlakat hisoblangan Turkiya hozirgi kunga kelib, tobora industriallashib borayotganini alohida ta’kidlash lozim. Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning ulushi 28 foizni, qishloq xo‘jaligi 15, qurilish 6, xizmatlar 51 foizni tashkil etadi. Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida qayta ishlash sanoati eng katta ulushga ega.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ham sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘zlarining salmoqli hissasini qo‘shib kelmoqda. To‘qimachilik, konchilik, oziq-ovqat, kimyo, farmasevtika sohalari, energetika, metallurgiya, kemasozlik, avtomobilsozlik va elektr maishiy tovarlar ishlab chiqarish taraqqiy etgan. Ayniqsa, turizm dinamik tarzda rivojlanayotgan tarmoq hisoblanadi.
Turkiyaning mazkur jabhalardagi ibratli yutuqlarini o‘rganish, hozirda O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarda ushbu mamlakatning ilg‘or tajribasidan foydanish va turk tadbirkorlari hamda kompaniyalarining sarmoyalarini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan turli, ikki tomonga ham foydali bo‘lgan qo‘shma loyihalarga jalb qilish mamlakatimizning milliy manfaatlariga to‘liq mos tushadi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Turkiyaning mintaqamizdagi tashqi siyosatida muhim o‘rin tutadi. Yurtimiz bugungi kunda Anqaraning Markaziy Osiyodagi eng asosiy sheriklaridan biri hisoblanadi. Diyorimizning ulkan bozori, tobora liberallashib borayotgan iqtisodiyoti, qulay investitsiyaviy muhiti, tarixiy shaharlari, muqaddas diniy qadamjolari Turkiyada katta qiziqish uyg‘otmoqda. Demak, hamkorlikni ustahkamlashdan har ikki tomon ham manfaatdor bo‘lib, bu esa o‘zaro munosabatlarning istiqboli porloq ekanidan dalolatdir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 30-aprel kuni Toshkentda o‘tgan O‘zbekiston – Turkiya biznes forumida. «Bu turganlarning hammasi sizlarga xizmat ko‘rsatadi, imkon va sharoit yaratadi. Ana shundagina bizda natija bo‘ladi. Yana bir marta takrorlayman, Turkiya ishbilarmonlariga nisbatan qilingan xiyonatni davlat siyosatiga xiyonat o‘laroq, deb baholayman», dedi Mirziyoev. Turkiya tomoni O‘zbekistonga katta qiziqish bilan qarayapti. Bunga sabab bo‘ladigan omillar yetarli. Birinchidan, O‘zbekiston boy tabiiy va mineral xom-ashyo resurslariga ega bo‘lgan davlatdir. Endi O‘zbekistonning xom-ashyo resurslaridan birgalikda hamkor bo‘lib foydalanish vaqti keldi.
Ikkinchidan, mamlakatimiz rahbari tomonidan Turkiya va boshqa qator davlatlar fuqarolari hamda tadbirkorlari uchun kirish vizalarini bekor qilish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilindi. Bu qaror turkiyalik hamkorlar bilan investitsiya, savdo-sotiq hamda turizm sohalaridagi aloqalarimizni yanada faollashtirishiga ko‘mak bermoqda.
Uchinchidan, O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijiy sarmoyalarni rag‘batlantirish va to‘liq himoya qilish maqsadida zarur me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Biznes rivojiga g‘ov bo‘lib turgan ko‘plab to‘siqlar olib tashlandi. Turkiyalik ishbilarmonlarning mamlakatimizda samarali faoliyat yuritishi uchun o‘rtada mavjud bo‘lgan ba’zi bir tushunmovchilik va ishonchsizlik kayfiyatiga barham berish maqsadida oliy darajada ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazildi.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha eng qulay sharoit yaratish uchun qat’iy va izchil qadamlar qo‘yilmoqda. Jumladan, xorijiy investorlar daromadlarini qaytarib olib chiqish uchun huquqiy asoslar yaratildi.
Mintaqaning yuragi va markazi esa O‘zbekistondir. Shu tufayli Turkiyaning turkiy davlatlar olamiga, xususan, Markaziy Osiyoga e’tiborni kuchaytirishi bejiz emas. Turkiyaning bu yerda eng avvalo O‘zbekiston bilan munosabatlarda yangi sahifa ochishi nafaqat ikki tomonlama munosabatlar, balki mintaqaviy va global balans nuqtai nazaridan ham muhimdir. Mintaqa tinchligi va barqarorligi ham ko‘p jihatdan O‘zbekiston xavfsizligi va farovonligiga bog‘liqligini yoddan chiqarmaslik kerak.
Turkiya va O’zbekiston o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar ham so’nggi yillarda ancha rivojlanganligini e’tirof etishimiz darkor. 2016-2019-yillar mobaynida tashqi savdo hajmi 2 baravarga oshib 2.2 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Lekin, pandemiya sababli bu ko’rsatkichlarda pasayishni ko’rishimiz mumkin. O’zbekistonda turkiyaning 1 mlrd dollardan ortiq sarmoyasi mavjud va o’lkamiz hududi bo’ylab 1300 dan ortiq turk korxonalari faoliyat olib bormqoda. O’zbekistonning Turkiyadagi sarmoyalari esa yuqori emasligini va Turkiya bo’ylab 300 atrofida o’zbek korxonalari faoliyat ko’rsatayotganligini aytishimiz mumkin. 2017-yildan boshlab strategik hamkorlik aloqalariga aylangan Toshkent-Anqara munosabatlari jadal rivojlanib bormoqda. So’ngi yillarda Turkiya O’zbekistonning tashqi savdodagi eng muhim hamkoriga aylanib bormoqda. Ikki davlat o’rtasidagi savdo aylanmasini 2021-yil holatiga nazar tashlaydigan bo’lsak, tashqi savdo hajmi 3 mlrd 645 mln dollarni tashkil etganligini ko’rishimiz mumkin. Bu davrda Turkiyaning O’zbekidtonga eksport hajmi 1 mlrd 845 mln, importi esa 1 mlrd 800 mln dollarni tashkil etgandir. Bu ko’rsatkich 2020-yil holatiga ko’ra 1.5 mlrd dollar ortganlligini va 2018-yil 1.7 mlrd hajmidagi tashqi savdo aylanmasidan 2 baravarga o’rnatganligini ko’rsatadi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Turkiya va O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlar ancha uzoq o’tmishga borib taqaladi, ikki davlat o’rtasidagi til, madaniyat va urf-odatlar yaqinligi, din yaqinligi mavjud. Bu ikki qardosh mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar mustaqilligimizni dastlabki davrlaridan boshlandi va bu munosabatlar jadal rivojlanib keldi. Orada bu munosabatlarda ba’zi pasayishlar vujudga kelgan bo’lsa ham, so’nggi yillarda bu munosabatlarni yanada mustahkamlanganligini ko’rishimiz mumkin. Ikki davlat o’rtasidagi strategik hamkorlik shartnomalar imzolanishi, birgalikda harbiy mashg’ulotlar o’tkazilishi, davlatni yuqori mansabdor shaxslari o’rtasidagi doimiy yuqori darajadagi tashriflar bu munosabatlarni mustahkamlashganligini yaqqol namunalaridir.
Ikki davlat tashqi savdo aloqalarini ham yuqori sur’atlarda ortib borayotganligini ham e’tirof etish kerak. 2021-yilga kelib Turkiya O’zbekiston uchun asosiy tashqi savdo hamkorlaridan biriga aylanib ulgurdi. Keyingi yillarda esa bu savdo aylanmasini yanada oshirishni maqsad qilib qo’yilgandur. Xulosa qilib aytganda, Turkiya-O‘zbekiston aloqalari eng samarali davrni boshdan kechirmoqda. Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning yuqori darajaga ko‘tarilishi, Turk dunyosi munosabatlarining ham rivojlanishi degan ma’noni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |