13 – mavzu: XVII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida xalqaro munosabatlar Reja



Download 74,5 Kb.
bet5/6
Sana10.07.2022
Hajmi74,5 Kb.
#771911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalqaro munosabatlar

1904 yilgi Ingliz-Fransuz kelishuvi. XX asr boshlarida ingliz-nemis keskinligi ortib borganligi sababli, Angliya ham o‘ziga ittifoqchi izlay boshlaydi. Fransiya Uzoq SHarqda Rossiyaning YAponiya agressiyasidan cho‘chishi, uning Evropa siyosatiga passiv aralashini ta’minlashini yaxshi tushinardi. SHu sababli Germaniya bilan urush kelib chiqqanda Evropada ittifoqchiga ega bo‘lish zarurati kun tartibiga chiqqandi. Fransiya XX asr boshlarida Italiya bilan shu maqsadda yaqinlasha boshladi. Jumladan 1900 yilgi iqtisodiy inqiroz davrida Italiya Fransiyadan imtiyozli kredit oladi. SHu yili imzolangan shartnomaga ko‘ra, Fransiya agar Italiya Tripolitaniyani istilo qilishni boshlasa o‘zining betarafligini Italiya esa, Marokashda Fransiya huquqini tan olishiga kelishiladi. 1902 yilgi Italiya-Fransiya o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, har ikki tomon biror bir davlat agressiyasiga uchrasa, neytral turishi lozim edi.
Angliya qiroli Eduard VII va Fransiya Prezidenti Lubelarning o‘zaro siyosiy tashriflaridan so‘ng 1903 yilda Londonda ittifoq to‘g‘risida muzokaralar boshlanib ketadi. 1904 yili aprelda “Entente cordiale” (“CHin dildan kelishuv”) shartnomasi imzolanadi. Ushbu shartnomaga ko‘ra Fransiya o‘zining SHarqiy Sudan va Misrga bo‘lgan da’volaridan voz kechadi. Buning evaziga Angliya Fransiyaning Marokash ustidan protektoratini tan oladi. Ammo, Gibraltar yaqinidagi qirg‘oqbo‘yi tor yo‘lak Ispaniyaga o‘tishi lozim lozim edi.
Byork kelishuvi va 1905-1906 yillardagi birinchi Marokash inqirozi. Angliya bilan ziddiyatlarning keskinlashuvi Viogelm II ni tashvishga solardi. SHu sababli u Rossiya bilan Angliya o‘rtasidagi ziddiyatlardan unimli foydalanishga harakat qila boshlaydi. XX asr boshlaridagi Germaniya tashqi siyosatining asosiy maqsadi Rossiya va Angliyaning yaqinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik edi. Ikkinchi tomondan esa, Fransiya va Rossiya ittifoqi o‘rtasida ziddiyat vujudga keltirish ham edi. Monarxistik davlatlar, shuningdek, qarindoshchilik aloqalari bo‘lganligi bois Vilgelm II Rossiya imperiyasi imperatori Nikolay II bilan yozishmalar yozib turardi. SHunday xatlarining birida (1902 yil 3 yanvarda) Vilgelm Bog‘dod temir yo‘li Rossiyaning E’rondagi mavqeiga ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlab, Angliyaga qarshi kuchlarni birlashtirishni ochiq taklif etadi. Ammo, YAqin SHarqdagi masalalar Rossiyani unchalik qiziqtirmasligini, yaxshi anglagan kayzer Vilgelm, Rus imperatoriga maktub yo‘llab, Uzoq SHarqda Manjuriya va Koreya masalasida YAponiya bilan to‘qnashuvdan qochib bo‘lmasligini, urush davrida Evropa ishlariga faol aralash olmasligini, urush Rossiyani kuchsizlantirishi, agar Rossiyaning qo‘li baland kelib qolsa, Angliya bilan to‘qnashuvdan qochib bo‘lmasligini keltirib, Uzoq SHarqda xristian maatlarini birgalikda himoya qilish va “YOvvoyi mo‘g‘ullar va buddaviylik”dan asrash lozimligini ta’kidlab, Angliyaga qarshi kuchlarni birlashtirishga yana bir bor urinib ko‘radi.
Uzoq SHarqda YAponiya bilan urush boshlangandan so‘ng, Rossiyaning mag‘lubiyatga uchray boshlashi Germaniya uchun qo‘l kelsada, ular Rossiyani hali ham Fransiyadan ajratib olishga urinib ko‘radilar. Vilgelm o‘z xatlarida Fransiyaning Rossiya uchun og‘ir bo‘lgan davrda uni yolg‘izlatib qo‘ygani, 1904 yilgi Ingliz-Fransuz kelishuvi Rossiyaga qarshi qaratilganligining isboti Fransiyaning Rossiyaga amaliy yordam bermagani degan ro‘kachlarni keltirib, Germaniya bilan ittifoq tuzishga chaqiradi. 1905 yili Vilgelm II va Nikolay II o‘rtasida Finlyandiyaning Byorke shaharchasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu erdagi shxuna kayutasida ikki imperator Evropada o‘zaro quruqlikdagi va dengiz kuchlarining barchasi bilan bir birlariga yordam berishlari to‘g‘risida kelishib oladilar. Ammo, dumadan frankofillar tomonidan bu shartnoma qattiq tanqid ostiga olinadi va shartma kuchga kirmaydi.
Rossiya va Fransiya o‘rtasidagi ittifoqning buzilmasligiga ishonch hosil qilgan Germaniya imperialistlari Marokash masalasida Fransiyaga yon bermaslikka qaror qiladi.
1904 yili Anliya-Fransiya kelishuvi imzolangshandan so‘ng, Angliya diplomatiyasi Rossiyani antigerman kaolitsiyasi tomonga tortishga harakat qiladi. 1906 yilda ikki mamlakat o‘rtasida muzokaralar boshlanadi. SHu yili ingliz-fransuz hukumati qariyb 1 mlrd ribl miqdorda Rossiyaga inqilobga qarshi kurash uchun beradi. Bu esa, Rossiya davlatini bankirotlikdan saqlab qoldi. Bu Angliyani izolyasin siyosatdan voz kechishini ham anglatardi. CHunki, YAqin SHarqda, Bolqonda Germaniya va uning ittifoqchilari tahdidi kuchayib borayotgandi. XX asr boshlarida London siyosiy doiralarida “Germaniya armiyasini Fors ko‘rfazida ko‘rgandan ko‘ra, Konstantinopolda ruslarni ko‘rish afzal”-degan fikr ustun edi. Rossiyadan ko‘ra kuchliroq va xavfliroq raqib Angliyaning Hindiston va unga tutash mustamlakalariga xavf tug‘dirmoqda, Angliya esa, unga qarshi Rossiya bilan ittifoq tuzishga harkat qila boshlaydi. 1907 yil, 31 avgustda Angliya va Rossiya o‘rtasida Eron, Afg‘oniston va Tibetdagi ta’sir doiralarni bo‘lib olish to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Unga ko‘ra, Eronning janubi Angliya, SHimoli Rossiya ta’sir doirasi deb kelishiladi. Markaziy qismi esa, bufer zona deb e’tirof etiladi. Har ikki mustamlakachi davlat o‘z ta’sir doirasida Rossiya hisob-ssuda banki, Angliya SHaxanshox banki tashkil etish orqali Eron moliyaviy ustidan anzorat o‘rnatadi. Afg‘oniston Angliyaning ta’sir doirasi deb e’lon qilinadi. Rossiya Afg‘oniston bilan Angliya orqali munosabatlarga kirishishi lozim edi. Tibet esa, Xitoy ta’sir doirasida deb e’lon qilingan bo‘lib, inglizlarning moliyaviy ustunligi saqlanib qolinadi. Rus-ingliz shartnomasi tuzilishi Rossiyani Antanta shartnomasiga qo‘shilishini ham anglatardi.

Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish