13 – mavzu: XVII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida xalqaro munosabatlar Reja


Fransuz-rus, Ingliz-Rus kelishuvi



Download 74,5 Kb.
bet4/6
Sana10.07.2022
Hajmi74,5 Kb.
#771911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalqaro munosabatlar

Fransuz-rus, Ingliz-Rus kelishuvi. 1887 yilda Germaniyaning Fransiyaga urush qilishida Rossiya qat’iy pozitsiyasi Fransiyani navbatdagi mag‘lubiyatdan saqlab qoladi. 1891 yilda kronshtatda kelganda ruslar ularni marseleza bilan kutib oladilar. shu yili konsultativ xarakterdagi fransuz-rus harbiy pakti imzolanadi. 1892 yili 17 avgustda Peterburgga kelgan Fransiya general shtabi vakillari harbiy konvensiya imzolaydilar. uning 1 bandida, agar Fransiya Germaniya yoki italiya yoki germaniya tomondan qo‘llab-quvvatlangan boshqa davlat hujumiga uchrasa, Rossiya o‘zining barcha kuchlarini Germaniyaga qarshi safarbar qilishi, agar Rossiya germaniya yoki u tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Avstro-Vengriya tomonidan hujumga uchrasa, Fransiya o‘zining barcha kuchlarini Germaniyaga qarshi safarbar qilishi keltirib o‘tilgan. Germaniya 1894 yilda russ-german savdo shartnomasini tuzish va boj urushini tugatish orqali diplomatik munosabatlarni yaxshilashga urinadi.
Angliya va Fransiya antanta kelishuvini imzolagandan so‘ng Rossiyani antigerman kaolitsiyasiga tortish rejalari boshlanib ketadi. 1906 yilda Rossiyaga inqilobga qarshi kurashish maqsadida Angliya va Fransiya davlatlari 1 mlrd rubl miqdoridagi zayom beradilar va imperiyani bankrotlikdan saqlab qoladilar. Bu Angliya bilan Rossiyaning yaqinlashuviga va Rossiyaning o‘rta Osiyo, Eron masalasida Angliyaga bir qator yon berishlariga sabab bo‘ladi. Angliya siyosatida esa “Ajoyib yakkalik” davrining yakunlanganligini bildirardi.
XX asr boshlaridagi diplomatik munosabatlar imperialistik mamlakatlarning qaram-qarshiligi
XX asrning boshlarida dunyoni bo‘lib olish asosan yakunlandi. Imperialistik mamlakatlarning yangi bozorlar va xom-ashyo markazlariga ega bo‘lish uchun kurashlari o‘zaro raqobatni vujudga keldi. 1898 yil AQSH-Ispaniya urushi, 1899-1902 yillardagi Ingliz-Bur urushlari, 1904-1905 yillardagi Rus-YApon urushi bo‘lingan dunyoni bo‘lib olish yo‘lidagi birinchi urushlar edi. Harbiy tayyorgarlik qurol ishlab chiqaradigan monopoliyalarga katta daromad keltirdi. Monopoliyalarning o‘zlari urushlar keltirib chiqarish yo‘lidan bordilar.
XIX asrning oxirida ayniqsa, Germaniyaning harbiy sanoati taraqqiy qildi. chunki, Germaniya sanoat mahsulotlarini sotish bozori, ya’ni mustamlakalar tor bo‘lib, urush qilish orqali yangi bozorlarni egallab olishga harakat qila boshladi. Afrikadagi Germaniya mustamlakalari etarli darajada xom-ashyo bilan ta’minlay olmay qola boshladi. SHuningdek, Afrikalik qabilalar nemis sanoat mahsulotlarini sotib olish imkoniyati ham etarli darajada emasdi. Bundan tashqari Germaniya kapitali chet ellarga ko‘plab chiqarila boshlandi. Kapital asosan temir yo‘llar qurilishi, konlarga tikila boshlandi. Tashqi ishlar stas-sekretari bo‘lgan fon Byulov, biz quyosh ostidan o‘z haqimizni talab qilamiz deb ochiq-oydin yangi mustamlakalar talab qilgan edi. 90-yillarda Xitoydagi Szyaochjou buxtasini ijaraga olganidan so‘ng, Tinch okeanidagi Marshall, Karolin, Marianna orollarini, shuningdek, Samoa orollarining bir qismini egallab oladi. Bu bilan Germaniya qo‘l ostida Avstraliya va Osiyo qit’alariga boradigan muhim yo‘llar tugunini qo‘lga kiritadi. Bu hududlarda Angliya shu vaqtgacha raqobatchiga duch kelmagandi.
Germaniya kuchli harbiy flot yaratish yo‘lidan borib, 1898 yil dengiz vaziri Tirpitsning yirik 20 yilga mo‘ljallangan dasturini qabul qiladi. SHtetindagi gavanni ochilishida ma’ruza qilgan Vilgelm II “Bizning kelajagimiz dengizda” degan edi. Germaniyaning mustamlakalar bosib olish va dengizda hukmron bo‘lishga intilishi Angliya bilan bo‘lgan munosabatlarni keskinlashtirib yubordi. Afrikada mustamlakalarni bosib olish imkoni cheklanganligi sababli, German imperialistlari Turkiyaning YAqin SHarqdagi hududlarini egallab olishni mo‘ljallagandi. German imperializmi vakillaridan biri Rorbax: “Germaniyaning kelajagi-SHarqdagi Kichik Osiyo, Suriya, Mesopotamiya va Falastinda. Nineviyaga yaqin erlar neftga boy, Tavr tog‘lari qarida madanlarga boy konlarda, Vavilion tekistliklari bug‘doy va paxtaga boy, Mesopotamiya adirlarida millionlab qo‘ylarni boqish mumkin. Bu erda bi bizga zarur xom-ashyo ga va bir joyda muqim o‘rnashish imkoniga ega bo‘lamiz”-deb yozgandi. Germaniyaning bu rejalari “Drang nach Osten” qadimiy dasturining mantiqiy davomi edi.
1898 yili Vilgelm II Iso qabrini ziyorat qilish bahonasida Falastinga keladi. Payg‘ambar qabridan so‘ng sulton salohiddin qabrni ham ziyorat qilib, bu erda so‘zlagan nutqida u YAqin SHarqdagi 300 mlnli musulmon aholisi manfaatlarini himoya qilishini ma’lum qiladi. Ortaga qaytishda imperator Turkiya sultoni bilan uchrashib u bilan Bosfordan Kchikich Osiyo va Mesopotamiya orqali o‘tib dengizga chiqadigan Bog‘dod temir yo‘lini qurishni kelishib oladi. Ushbu yo‘l ulkan strategik ahamiyatga ega bo‘lib, Berlinning Fors ko‘rfazi bilan bog‘lardi. Bog‘dod temir yo‘li to‘g‘risidagi to‘liq hujjatlar 1903 yilda imzolanadi. Temir yo‘lning qurilishi nemis kapitalistlariga kelajakda katta foyda berardi. Kelishuvga ko‘ra kapital nemis kompaniyalariga (Simens va Galske) tegishli bo‘lib, Turkiya o‘rmon mahsulotlarini tekinga berishi lozim edi. Nemis firmalari temir yo‘ldan tashqari Turkiyaning Tigr va Efrat daryolarida paraxodchilik kompaniyalariga asos soladi. 1904 yilda Mosulda neft qidirish ishlari boshlab yuboriladi.
Angliya hukumati German kapitalining Turkiyaga kirib kelishidan qattiq tashvishga tushadi. Germaniyaning Fors ko‘rfaziga kiib kelishi Hindistonga tahdid bilan barobar edi. Ingliz hukumati Arabiston yoki Mesopotamiyani istilo qilish orqali ushbu muammoga barham berishga urinadi. SHu maqsadda 1901 yili Quvayt istilo qilinib, Fors ko‘rfaziga Germaniyaning chiqish imkoniyatlari cheklangan. Angliya bilan to‘qnashuv oson bo‘lmasligi bois Germaniya 1900 yilda harbiy dengiz kemalarini qurishni kuchaytiradi. Qabul qilingan dastur 1898 yilgi dasturdan ikki bora katta edi.

Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish