13- ma’ruza
Avtotransportda telematik tizimlar. (4 soat)
Maqsad: ITTga integrallashgan bort telematika tizimlari, intellektual transport vositasining ichki va tashqi tizimlari, uyali aloqadan foydanlangan xolda piyodalar havfsizligini oshirish tizimi ish faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish.
Reja:
13.1. Intellektual transport vositalarini yaratishda jahon tajribasi.
13.2. Intellektual transport vositasining ichki tizimlari.
13.3. Intellektual transport vositasining tashqi tizimlari.
Kalit so‘zlar: Innovatsion xavfsiz avtomobil (Advanced Safety Vehicle-ASV), Vehicle-to-Vehicle (V2V) tizimi, WLAN (Wireless Local Area Network) tarmoqqa simsiz ulanish texnologiyasi, ABS (antiblokirovka tizimlari), ESP (electronic stability control) ‒ ko‘ndalang chidamlilikni oshirish, Brake assist – shoshilinch tormozlanganda ko‘maklashuvchi tizim, (ACC) ‒adaptive cruise control (adaptiv kruiz kontrol), forward collision warning (FCW) ‒ to‘qnashuvlardan ogohlanlantiruvchi tizim, lane departure warning (LDW) – yo‘nalish chizig‘idan chiqqanda ogohlantiruvchi tizim, blind spotdetection (BSD) – “ko‘r zonalar”ni aniqlash tizimi.
13.1. Intellektual transport vositalarini yaratishda jahon tajribasi.
Advanced Safety Vehicle (Innovatsion xavfsiz avtomobil) (ASV) Nissan.
Nissan kompaniyasi Nissan ASV-4 deb nomlanuvchi innovatsion xavfsiz avtomobilning to‘rtinchi avlodini ishlab chiqardi. Tizimning asosiy vazifasi sifatida avtomobillar o‘rtasidagi kommunikatsiyalarda innovatsion texnologiyalarini qo‘llash orqali avariyalarning sonini kamaytirish. Nissan kompaniyasi Nissan ASV-4ni turli texnologiyalarni tijoriy foydalanish uchun joriy qilishda tayyorgarlik va sinov ishlarida ishlatadi.
Nissan ASV-4 ogohlantirish tizimi haydovchini o‘z vaqtida ogoh etish uchun avtomobillar o‘rtasida V2V (avtomobildan avtomobilgacha) kommunikatsiyalarini qo‘llaydi, negaki, qaltis vaziyatlarda, yo‘lda unga xavf tug‘diruvchi harakatdagi avtomobil xali ko‘rinmasdan turib, haydovchi zarur choralarni ko‘rishga ulgurishi uchun u avvaldan xavfdan ogoh bo‘lishi kerak.
Transport avariyalari haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar aksariyat to‘qnashuvlar quyidagi vaziyatlarda yuz berishini ko‘rsatadi:
“ko‘r” chorrahada ikki avtomobilning to‘qnashuvi;
chorrahada o‘ngga burilayotgan avtomobilning qarama-qarshi yo‘nalishdagi TV bilan to‘qnashuvi;
chap tarafga burilayotgan avtomobil yoni bilan velosiped yoki mototsiklni turtib yuborishi;
ortdan quvib yetish ‒ agar navigatsiya tizimi potensial xavfli vaziyatni aniqlasa, bu haqda haydovchiga ogohlantiruvchi signallar yuboriladi, bunda haydovchi ogohlantiruvchi signallarni eshitadi va ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |