Vehicle-to-Vehicle (V2V) tizimi.
Avtomobillarga haydovchining aralashuvisiz o‘zaro axborot almashish imkonini beruvchi, TVni boshqarishga ko‘maklashuvchi tizim, General Motors tomonidan ishlab chiqarilgan va V2V (vehicle-to-vehicle) deb nomlangan. V2V tizimi avtomobillar o‘rtasida simsiz ulanish tarmog‘ini yaratib, undan avtomobillarning joylashuvi va tezligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar uzatiladi. Bundan tashqari, tizim, avvaldan haydovchini boshqa avtomobillar yuzaga keltirgan potensial xavfli vaziyatdan ogohlantirgan holda, muntazam olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi va haydovchiga YTH sodir bo‘lishining oldini olishga yordam beradi.
V2Vning asosiy apparatli vositalariga mikroprotsessor, GPS (sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi) signallarini qabul qiluvchi qurilma va yuqori tezlikda uzatish tarmog‘i – LAN orqali ma’lumotlarni uzatuvchi simsiz modul kiradi. V2V tizimli avtomobillar o‘zaro, xuddi noutbukning aeroport yoki qahvaxonada «xot-spotom» bilan o‘zaro bog‘lanishi kabi bog‘lanadilar. Uning asosida xuddi shu, simsiz ulanishga asoslangan, WLAN (Wireless Local Area Network) simsiz tarmoqqa ulanish texnologiyasi va IEEE 802.11 protokoli kiradi. V2V tizimining g‘oyasi ‒ o‘zaro axborot almashishni amalga oshirishlari uchun har bir avtomobilni WLAN-uzatkich va qabul qiluvchi qurilmasi bilan jihozlash. Wi-Fi texnologiyasining ta’sir maydoni chegaralanganligi uchun, har bir avtomobil ma’lumotlarni keyingi adresatga uzatuvchi marshrutizator rolini bajaradi. Marshrutizaziya algoritmi konkret avtomobilning joylashgan manziliga bog‘liq va butun tarmoq konfiguratsiyasining o‘zgarishiga tezkor munosabat bildirishga ijozat beradi.
Maqsad: ko‘p sonli avtomobillar uchun tizimga kirish imkoniyatining kengligi. GM mutahassislari V2V tizimini maqsadli ravishda arzon, amaliyotda sinalgan komponentlar asosida, ularning ko‘pchilik avtomobillarning tayanch qurilmalari tarkibiga potensial ravishda kirishini o‘ylagan holda yaratdilar. Bu juda muhim, chunki, qancha ko‘p avtomobillar bu qurilmalar bilan jihozlansa, tizim shunchalik samarali faoliyat yuritadi. Bu tizimning qiyinchiligi V2V har bir aloqa kanallari uchun ruhsat etilgan chastotalarning farqidan iborat. Masalan, Amerikada xukumat tomonidan avtomobil radioaloqasi uchun kerakli diapazon ‒ 5,9 GGs asosiy chastota atrofidagi kengligi 75 MGs kenglikdagi aloqa kanali ajratib berilgan. Yevropada esa, V2V tizimining ishlashi uchun amaldagi 10 MGs kamlik qilganligi sababli 20‒30 MGs kanal talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |