12-Mavzu: Germaniya tarixiy ta’limotlari Reja: Iogan Gotlib Fixte. Faust Gyote. Karl Kniesning eski tarixiy maktabi


Fransiyadagi keynschilik xususiyatlari



Download 417,5 Kb.
bet5/32
Sana11.02.2022
Hajmi417,5 Kb.
#444165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
4-мавзу (1)

Fransiyadagi keynschilik xususiyatlari. XX asming 40-yillari Keyns g‘oyalari Fransiyada ham shuhrat qozondi. Keyns g‘oyalarini to‘laligicha (G.Ardan, P.Mendes-Frans) qabul qilganlar ham bo‘ldi. Ba’zilari (Ғ.Регги) ssuda foizini tartibga solishni samarasiz, deb hisobladilar, bundan ko‘ra iqtisodiyotni rejalashtirish taklif etildi. Bunda davlat yo‘li bilan tartibga solishni monopolistik kapitalning xususiy manfaatlariga moslashtirish kerak, deyiladi. Fransuz olimlari imperativ va indikativ rejalashtirishni ajratishadi. Imperativ rejalar direktiv xarakterga ega (sotsialistik rejalashtirish). Indikativ rejalashtirishda reja markazi asosiy maqsadlami belgilaydi va turli uslublar bilan tadbirkorlami ma’lum xatti-harakatlarga yo‘naltiradi. Ular faqat davlat sektoridagi korxonalar uchun zaruriy hisoblanadi (Hindiston, Malayziya va boshqa bir qancha kapitalistik mamlakatlarda shu usul qo'llaniladi). Hozirda uzoq muddatli prognozlar va rejalar tuzish keng
qo‘llanilmoqda.
Keyns uslubi kapitalizmdagi iqtisodiy inqirozlaming oldini olishga qaratilgan edi, ammo II Jahon umshidan keyin AQSh va boshqa mamlakatlarda bu inqirozlar davom etmoqda. 1948-1949, 1953-1954, 1957-5198, 1960-1961, 1967, 1969-1971, 1974-1975 va 1981-1982- yillardagi hamda boshqa inqirozlar bu fikrimizning dalilidir.
Bular Keyns ta'limotini tanqid qilish uchun asos bo‘ldi. Masalan,
S.Harrisning fikricha Keyns barcha qiyinchiliklami hisobga ola olmagan, masalan, to‘la bandlikka erishish haqida gap boradi-yu, qanday qilib uni doimo ta’minlash haqida taklif yo‘q, inflyatsiyaning eng katta darajasi noaniq, davlat qarzlarining chegarasi ham berilmagan.
Keyinchalik yangi keynschilik o‘miga postkeynschilik vujudga keldi. Ingliz iqtisodchilari J.Robinson, N.Kaldor, P.Sraffa, amerikalik olimlar A.Egner, S.Vayntraub mana shu postkeynschilar guruhiga kiradilar. Ular kapitalistik tizimning ichki turg‘unligi konsepsiyasini tanqid qiladilar, Keyns bo'yicha go‘yoki, asosiy g‘oya kapitalistik iqtisodiyotning noturg‘unligi bo‘lgan. Yangi keynschilik g‘oyalari ham tanqid ostiga olinar ekan, agar boshqa olimlar Keyns g‘oyalarini statik, ya'ni turg‘un deb qarasalar, ular bu ta’limotni dinamik, ya’ni harakatchan nazariya, deb qaraydilar.
Postkeynschilaming avvalgi davrda paydo bo‘lgan «yuqori naf», «ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumi» nazariyalarini tanqid qilishi xarakterlidir. Ular o‘z g‘oyalarini D.Rikardoning qiymat qonuniga asoslanib ilgari suradilar. Ularga polshalik iqtisodchi MKaletskiyning taqsimot konsepsiyasi qo‘l keldi. Investitsiyalar o‘sishi bilan ayrim sinflar iste’molining hissalari o‘rtasidagi bog‘lanish qonuniyati qarab chiqiladi. Postkeynschilar o‘z tadqiqotlariga ijtimoiy- iqtisodiy institutlar, masalan, kasaba uyushmalari rolini ham kiritadilar. Bu ta’limotda o‘sish va taqsimot muammolari markaziy o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarishda o‘sish sur’atlari milliy daromadning taqsimotiga bogfliq, daromad va uning o‘sishi esa jamg‘armaga, umumiy jamg‘arma esa ish haqi va foydadan jamg‘arilgan jami summaga bog‘liq. «Jamg‘arishga moyillik» har kimda har xil bo‘lgani sababli taqsimotdagi o‘zgarishlar jamg‘armaning umumiy summasiga ta’sir etadi. Demak, milliy daromadni taqsimlash uning o‘sishiga ta’sir qiladi. Undan tashqari milliy daromadni taqsimlash kapital jamg‘arilishi fimksiyasi hisoblanadi. Kapitalning jamg‘arilish sur’ati foyda normasini belgilaydi va demak, milliy daromaddagi foyda normasini aniqlaydi. Ish haqi hissasi qoldiq miqdor sifatida qaraladi, ammo ishchilar kurashi bu nisbatga ma’lum o‘zgartirish kiritishi mumkin. Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikri real haqiqatga ancha yaqin g‘oyalar hisoblanadi.
Postkeynschilar iqtisodiy siyosatlarda kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish tarafdorlari edilar. Ko‘pchilik «daromadlar siyosati»ni oqlaydi, chunki bu yo‘l bilan inflyatsiyaga qarshi kurashish mumkin.
Keyns g‘oyalarini neoklassik yo‘nalish bilan yaqinlashtirishga intiluvchilar ko‘p boflgan. Ular orasida A.Piguning xizmatlari katta. Uning fikricha inqirozlaming asosiy sababi bu ish haqining kam egiluvchanligidir. Bandlik to‘la boimagan holda makroitisodiy muvozanat faqat ish haqi va baholaming elastik (qayishqoq) boimagan holatida mumkin, deb qaraladi.
Hozirgi davr keynschiligida ikkita tendensiya hukmron hisoblanadi: 1) AQSHning bir qator iqtisodchilari nomi bilan bogiiq amerika keynschilari va 2) awalo, Fransuz tadqiqotchilari nomi bilan bogiiq Yevropa keynschilari.
13.3. Keynschilikning AQShdagi xususiyatlari. Iqtisodiy o‘sish nazariyalari
50-yillarda keynschilik g‘oyalari rivojlantirilib, yangi g‘oyalar ilgari surildi. Ulaming asosiy mohiyati iqtisodiy o‘sish sur’atlari doimiyligini ta’minlovchi mexanizmlami aniqlash va isbotlashdan iborat. Oqibatda «multiplikator-akselerator» sistemasini hisoblashga asoslangan va o‘ziga xos keynschilikning o‘sish nazariyalari, jamg‘arish va iste’mol o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish xarakteristikalaridan foydalanib iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi.
Yuqorida tilga olingan iqtisodiy o‘sish nazariyalarining asosiy namoyondalari Massachuset texnologiya instituti professori Evsey Domar (1914) va Oksford universiteti professori Robert Xarrod (1890- 1978) hisoblanadi. Ulaming nazariyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo'tadil) sur’atlarda o‘sishi dinamik barqarorlik (ilgarilab borish)ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq ekanligining umumiy xulosalarlarini birlashtiradi. Ulaming fikricha shundagina ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to‘la foydalanishga erishish mumkin. Xarrod-Domar modelining boshqa bir qoidasi bo‘yicha ayrim parametrlar, daromadlardagi jamg‘arma hissasi va kapital qo‘yilmalaming o‘rtacha samaradorligi uzoq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinamik barqarorlik va doimiy o‘sishga erishish avtomatik ravishda boimasligi, balki davlatning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro‘y berish mumkinligini ta’kidlaydilar.
Domar va Xarrod modellaridagi farq-boshlang‘ich pozitsiyalardagi ayrim ko‘rsatkichlardir. Masalan, Xarrod medelida investitsiya va jamg‘armalar tengligi g‘oyasi, Domarda esa pul daromadlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) teng, deb qabul qilinadi. Ikkala olimning shunga ishonchlari komilki, daromad o‘sishini ta’minlashda investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi faoldir, bunda shu narsa ko‘zda tutiladiki, o‘sish bandlikka yordam beradi, bu esa o‘z yo'lida, korxonalaming yarim quvvat bilan ishlashi va ishsizlikning oldini oladi. Bu Keynsning shu sohadagi konsepsiyasini so‘zsiz tan olishdir; chunki Keyns bo‘yicha, iqtisodiy jarayonlar investitsiya va jamg‘armalar orasidagi proporsiyalar xarakteri va dinamikasiga bog'liq, aniqrog‘i investitsiyalaming ildam o‘sishi, baholar darajasi o‘sishiga sabab bo‘ladi, jamg‘armalar o‘sishi esa korxonalaming to‘la ishlamasligi va ishsizlikning sababidir.
Keyns g'oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati
Shuni aniq qilib aytish kerakki, Keyns ta’limoti inqirozlar, urushlar va umshdan keyingi davrlar uchun samarali bo‘ldi, chunki favqulotda holatlar davrida davlatning roli kuchli bo‘lishi kerak. Amalda esa ayniqsa, 2-jahon urushidan so‘ng G‘arb mamlakatlarining sotsialistik oriyentatsiyasi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat byudjeti qarzlari ko‘payib, ishsizlik ham o‘sgan, inflyatsiya kuchaygan. Bu ijtimoiy faoliyatni ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir, deb tan olinmoqda. Ishsizlikni ish haqini pasaytirish yo‘li bilan hal etish tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko‘paytirish (inflyatsiyaga olib keladi), ya’ni emissiya yo‘li ko‘pchilikka oson ko‘rinadi. Bu konsepsiya ma’lum davr mobaynida inflyatsiya bo‘lmagan holda minimal ishsizlik darajasini isbotlashga imkon beradi.
70-yillardan boshlab Keyns ta’limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bo‘yicha neoliberalizm g‘oyalari asosiy tamoyillardan biri bo‘lib qoldi, chunki bu davrda jahoning ko‘pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari doimiy holatga aylanib qolgan edi. Inflyatsiya, davlat byudjetining kamomadi, ishsizlik tobora kuchaydi. Neoliberallar keynschilami tanqid qilar ekanlar, iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalar kamayganligi ular g‘oyalarining sayozligidan dalolat beradi, deb hisoblaydilar.
70-80-yillar neoliberal g‘oyalar iqtisodiyotda tobora ustunlikni egallay boshladi. Ko‘p davlatlarda iqtisodiyotni denatsionalizatsiya qilish kuchaydi (nodavlat shakllariga o‘tildi). Buning oqibatida Buyuk Britaniya (Tetcherizm), Fransiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispaniya va boshqa mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi.


Download 417,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish