13-Mavzu: Keyns va keynschilik ta’limoti
Reja:
1. Keynsning hayoti va ijodi.
2. Keynsning iqtisodiy qarashlari.
3. Keyns va keynschilik ta’limotining bugungi kundagi ahamiyati
J.M.Keynsning iqtisodiy ta'limoti
XX asming birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlaming damba-dam takrorlanishi tufayli ko‘pgina «kapitalizmni tartibga solishga» oid iqtisodiy g‘oyalar soni ko‘paydi. Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1884-1946) ana shunday yo‘nalishning yorqin tarafdori bo‘lib shuhrat qozondi. 1909-yilda «Indeks uslubi» iqtisodiy maqolasi, 1913- yilda uning birinchi asari - «Pul muomalasi va Hindiston moliyasi» kitobi chop etildi. 1919-yilda «Versal tinchlik shartnomasining iqtisodiy oqibatlari» nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida ko‘pchilikka tanildi. Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Keyns 20-30-yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi («Ehtimollik to‘g‘risidagi risola» (1921), «Pul islohoti to‘g‘risida risola» (1923), «Mister Cherchelning iqtisodiy oqibatlari» (1925), «Erkin tadbirkorlikning intihosi» (1926), «Pul to‘g‘risidagi risola» (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik keltirgan bosh asari - «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) kitobidir. 1940-yilda «Urush xarajatlarini qanday qoplash mumkin» degan kitobi ham nashr etildi. Bu asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini ta'minlashning abadiyligini isbotlashga urinishdan iborat edi. Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot ta’limotlari tarixida alohida o‘rin egallaydi va bu o‘ziga xos inqilob bo‘lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi.
Keyns ta'limotining asosiy va yangi g‘oyasi shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi mukammal va o‘z-o‘zini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o‘sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta’minlay oladi. Bu ish davrida amaliy iqtisodiyotdagi konkret ahvol bilan chambarchas bogMiq edi. Yetakchi olimlaming ta'kidlashicha (J.K. Gelbreyt, M.Blaug) firmalar, monopoliya va oligopoliyalar faoliyatidagi tengsizlik nisbatan kichik doiradagi odamlaming faoliyati bilan bog‘liq, bu tengsizlik prinsipida davlatning aralashuvi bilan tuzatilishi mumkin edi.
Aslida u iqtisodchi Alfred Marshallning - Kembridj maktabining davomchisidir, ammo yondashuv boshqacha. Asosiy nazariy muammolar qiymat, kapital, ish haqi va boshqalar bo‘yicha asoslanadi. A.Marshall psixologik omillaming ustunligiga ishonadi va qiymatning mehnat nazariyasini, qo‘shimcha qiymatni inkor etadi, uni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi bilan almashtiradi. Keyns kapitalizm bozor iqtisodiy illatlarini to‘g‘rilash uchun davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori bo‘lib chiqdi. Vaholanki, avvalgi olimlar (klassik maktab) buni inkor etganlar va inqirozni tasodifiy voqea, deb hisoblaganlar. Avvalgi tadqiqotchilardan farqli ravishda «samarali talab»ni, ya’ni iste’mol va jamg'arishni birinchi o'ringa qo‘yadi. Yuqorida qarab chiqilgan iqtisodiy ta’limotlardan biri - merkantilizimda davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi talab etiladi, proteksionizm iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. J.M.Keyns u yaratgan konsepsiyaga merkantilistlaming ta’sirini imkor etmaydi. Ikkala ta’limotdagi umumiy g‘oyalar quyidagilardan iborat:
Mamlakatda pul massasini ko'paytirish uchun intilish (pulning qadrini biroz pasaytirish) va shunga muvofiq ssuda foizini kamaytirish va ishlab chiqarishga investitsiyalami qo‘yishni rag‘batlantirish vositasi sifatida, baho (narx-navo)lar oshuvini qo‘llash (savdo va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish usuli sifatida), pulning yetishmasligi ishsizlik sababi, deb tan olinishi. Iqtisodiy siyosatning milliy (davlat) xarakteriga ega ekanligi tushuniladi. U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya'ni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘lgan milliy daromad va jamg‘armalar o‘rtasidagi bog‘lanish va nisbatlami tadqiq qilish g‘oyasini ilgari surdi. Bu tadqiqot usuli o‘z davrida fiziokratlar (Ғ.Кепе, A.Tyurgo) K.Marks tomonidan qo‘llanilgan Keynsgacha mikroiqtisodiy yondashuv, ya’ni alohida xo‘jalik obyektlari bo‘lgan firmalar iqtisodiyotini tahlil etish rasm bo‘lgan edi. Firmaning rivoji millat, mamlakat ravnaqi bilan bir, deb qaralar edi. Asosiy e’tibor umumiy iqtisodiyotga emas, balki firmaga qaratilgan edi. Keyns ta’limoti iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog‘liq. Agar Marks kapitalistik tizimning yemirilishini bashorat qilgan bo‘lsa, Keyns kapitalizm muhandisi sifatida uni ta’mirlash yoTini aniqlab berdi. Davlat tomonidan rag‘batlantiraladigan talab «samarali talab» konsepsiyasi ilgari suriladi.
13.2. Keynschilar va neokeynschilar
J.M.Keyns g‘oyalari uning izdoshlari tomonidan .davom ettirildi va uch oqimga ajraldi, bu oqimlar keynschilik, deb ataladi.
Keyns taTimoti ayniqsa, AQShda katta shuhrat qozondi. Garvard universiteti professorlari E.Xansen (1887-1975), S.Harris, J.M.Klarklaming asarlarida bu g‘oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik, deb ataldi. Keyns qoidalari asosan toTiq qabul qilindi, ammo masalan, Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan toTdirildi.
Xansenning fikricha kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama- qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi tufaylidir. Davlat xarajatlarini o‘stirish uchun soliqlami oshirish taklif etiladi, ulaming fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq sifatida olish, shuningdek «me’yordagi inflyatsiya» ham taklif etiladi.
E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konsepsiyasini toTdirdilar. Multiplikatorlar ta’siri keyingi davrlarda ham boTadi, ya’ni uni uzluksiz jarayon, deb qaradilar. Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o‘sishni tushuntirishga harakat qiladilar. Ular multiplikator prinsipini
Do'stlaringiz bilan baham: |