13.1. Turist va ekskursantlarning qonunchilik tomonidan
himoyasi va xavfsizligini ta’minlash
Turizm sohasida xavfsizlik – turizm sohasidagi davlat va yuridik shaxslarning, fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa holatlardagi qonuniy va huquqiy manfaatlarini ta’minlovchi omillar majmuasidir. Davlat boshqaruvi tashkilotlari va mahalliy o‘z o‘zini boshqaruv tashkilotlarining mansabdor shaxslari o‘zlarining vakolati doirasida quyidagilarga yo‘naltirilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan turistik sayohatlarni amalga oshirishda fuqarolarning hayoti va sog‘ligini atrof muhitdan saqlash, xavfsizlik huquqlarini O‘zbekiston fuqarolari chegara doirasida himoya qilish;
atrof- muhitga zarar keltirmagan holda turistlarning (ekskursantlarning) shaxsiy xavfsizligini ta’minlash, ularning mulkini saqlash;
mamlakatga vaqtinchalik kelgan turistlarning(ekskursantlarning) turistik faoliyatni amalga oshirishda sub’ektlarning xavfsizligiga tahdidlar haqida xabardor etish;
favqullodda vaziyat sodir bo‘lganda turistlarga(ekskursantlarga) zarur bo‘lgan yordamni ko‘rsatish;
turistlarga (ekskursantlarga) tibbiy, huquqiy va boshqa ko‘rinishdagi kechiktirib bo‘lmaydigan xizmatlardan to‘sqinliklarsiz foydalanish va aloqa vositalari bilan ta’minlash;
turizmdan noqonuniy migratsiya, mehnat va fuqarolarni ekspluatatsiya qilishning boshqa ko‘rinishdagi maqsadlarda foydalanishni ta’qiqlash;
O‘zbekistonning turistik resurslarini, atrof -muhitini va madaniy yodgorliklarini o‘rnatilgan tartiblar asosida himoya qilish;
Turistlarning (ekskursantlarning) boradigan ob’ektlarini tabiiy va texnogen halokatlardan va boshqa favqulloddagi vaziyatlardan xavfsizligini ta’minlash va h.k.
Turistik korxona turistik faoliyatni amalga oshirishda turistik sub’ektlarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagilarga majbur:
sayohat vaqtida sodir bo‘lishi mumkin bo‘ladigan xavf to‘g‘risida va umumiy talablarni bajarish yoki ehtiyotdan ko‘rilgan chora tadbirlar haqida turistlarni(ekskursantlarni) xabardor qilish;
turistik xizmatlarni taqdim etish vaqtida xavfsizlik shartlarini yaratish, safar, sayr va ekskursiya vaqtida tegishli choralar bilan ta’minlash;
yuqori xavf-xatarli turistik xizmatlarni (avtomobilli, tog‘li, chang‘ili, suvli, velosipedli speleoturizm va boshqalar) taqdim etishda maxsus xavfsizlik talablari bilan ta’minlash;
turistlarni(ekskursantlarni) ko‘ngilsiz voqealar haqida ogohlantirishni, birinchi tibbiy xizmatni ko‘rsatishni, shikastlanishdan saqlanish va oldini olishning o‘rgatilishini ta’minlash;
sayohat vaqtida jabr ko‘rgan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishini va transportirovkasini ta’minlash;
favqullodda vaziyatdagi turistlar(ekskursantlar), yo‘qolib qolgan shaxslar haqida mahalliy organ va mas’ul shaxslarni zudlik bilan ogohlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |