Jarohatlangan joyidan qon ketganda birinchi tibbiy yordam
Qon ketishi- bu qon tomir butunligini buzilishi oqibatida yoki ba’zi bir kasallikning asorati sababli yuzaga keladigan jarayondir.
Jarohatlangan joydan qon ketishining quyidagi turlari mavjud:
kapilyar- yuzaki jarohatlarda ro‘y beradi, qon kam tomchilab kelishi bilan xarakterlanadi. Qon ketishini to‘xtatish uchun dokani ushlab, bosib turishning o‘zi kifoyadir;
venoz- qon to‘q qizil rangdagi oqim bilan oqib keladi;
arterial- qon alvon tusda, yuqoriga favvoradek oqadi;
aralash-jarohatlanishda ham arterial va ham vena shikastlangan bo‘lsa sodir bo‘ladi. Bu holat chuqur jarohatlanishlarda kuzatiladi.
J
14.3-rasm. Jarohatlangan joydan qon ketganda birinchi
tibbiy yordam
abrlanuvchining oyoq-qo‘llari venasi zararlanganida gid ularni yuqoriga qaratib, bosuvchi steril boylam qo‘yish shart. Qon ketishni to‘xtatishda bu usul qo‘l kelmasa, u holda jarohatlangan sohaning pastidan jgut bilan bog‘lab qo‘l-oyoqni bukish lozim.
Arterial qon ketishini ham venoz qon ketishini to‘xtatgan kabi to‘xtatish mumkin. Yirik arteriyadan qon ketganida (bosuvchi boylam qo‘yilishi yetarli bo‘lmaganda) qon ketayotgan sohaning tepasidan jgut bog‘lash lozim.
Gid jgut boylangan vaqtni qayd qilib, ma’lumotni boylov materialining tagiga qo‘yishi shart. Boylangan jgut 1,5-2 soatdan ortiq turmasligi kerak, chunki bu to‘qimalarning o‘limiga olib kelishi mumkin.
Jgut boylangan joyda og‘riq yuzaga kelsa, u holda jgutni 10-15 daqiqaga ochish mumkin. Buning uchun jarohatlangan sohadagi arteriyani barmoq bilan bosib, jgut asta-sekinlik bilan qo‘yib yuboriladi va 10-15 daqiqa o‘tgach jgut qaytadan bog‘lanadi. Bir soat o‘tgach jabrlanuvchi og‘riqni ko‘tara olgan taqdirda jgutni 10-15 daqiqa yana olish mumkin. O‘rta og‘ir va kuchli qon ketishlarda jabrlanuvchini zudlik bilan tibbiy muassasaga olib borish shart.
Burundan qon ketganida jabrlanuvchini o‘tqizib, burunga muzdek malham qo‘yib, 4-5 daqiqa burunni bosib turish kerak. Agar qon ketishi to‘xtamasa, ohistalik bilan qon ketayotgan joyga 3% perekis vodorodga namlangan tampon yoki paxta qo‘yib, 2,0-2,5 soat o‘tgach olish mumkin. Qon ketishini to‘xtata olmagan taqdirda bemorni tibbiy muassasaga («o‘tirgan» holatda) yetkazish yoki tibbiyot xodimni chaqirish shart.
Aralash qon ketishlarda birinchi shifokorgacha tibbiy yordamda yuqorida qayd qilingan barcha tadbirlarni o‘z ichiga oladi (jabrlanuvchini tinchlantirish, sovuq narsa qo‘yish, bosuvchi boylam qo‘yish).
Do'stlaringiz bilan baham: |