12-mavzu: Ekskursiya rahbari – gidga qo‘yilgan talablar



Download 11,96 Mb.
bet119/141
Sana02.07.2022
Hajmi11,96 Mb.
#731437
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141
Bog'liq
Ma\'ruza matn(1)

Aroqchin - sharsimon do‘ppi bo‘lib, uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda sharsimon do‘ppilar bosma, chakmato‘r, iroqi chok usullarida tikiladi.
Tus do‘ppi - keng tarqalgan yassi yuzaki do‘ppi. Ko‘pincha tus do‘ppi Chust do‘ppi deb yuritiladi. Tus do‘ppilarning birgina klassik variantining o‘zida sakkizta yuvelir chok uslubi qo‘llaniladi.
Do‘ppi uch qismdan iborat - tepa (aylana va to‘rtburchak shaklida bichiladi), kizak (gardish shaklida) va jiyakdan tuziladi. Respublikaning turli joylarida turlicha bezatiladi va qismlari birlashtirilganda turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Do‘ppining uchta turi mavjud - ya’ni dumaloq, to‘rt qirrali dumaloq do‘ppilar va cho‘zinchoq qalpoqchalar.
Do‘ppilar turlariga qarab ajratilgan: erkaklar, ayollar, bolalar, qariyalar uchun kabi turlari bor. Keksa ayollar odatda bu bosh kiyimni kiymaydilar. Bolalarning do‘ppilari (kulohcha, qalpoqcha, do‘ppi, kallapo‘sh) matolarining turli-tumanligi va rang-barangligi bilan, popuk va sharchalarining kattaligi, kashtalari, zarlari va tumorlarining ko‘pligi bilan farqlanadi.









12.5-rasm. Qizlar va o‘g’il bolalar do‘ppisi.


Oktyabr to‘ntarishiga qadar o‘smirlar ham salla o‘rab yurishgan. Keyinchalik esa sallani keksalar va namozxonlar o‘raydigan bo‘lishdi. Yosh qizlar asosan do‘ppi kiyishgan. Qadimda do‘ppi o‘rniga qalpoqcha kiyib, ustidan ro‘mol yoki dastor o‘rashgan. Qalpoqchalar kulta yoxud kiyigich deb atalib, gardishi yumshoqroq matodan enli, peshonani siqib turadigan qilib tikilgan. Qadimgi qalpoqchalarning uchida uzun, to‘g‘ri burchakli mato bo‘lagi bilan birga dumaloq shaklda ochiq joy qoldirilgan. Ko‘pgina o‘zbek qiz-juvonlari uning atrofini choklab-tikib, shu qopcha orasidan sochlarini o‘tkazib-tushirib qo‘yishgan. Xonlar saroyida yoxud boy-badavlat xonadonlarning ayollari asosan zar iplar bilan gul solingan kaltapo’shak kiyishi asrimiz boshlarigacha davom etib, keyinchalik gul tikilgan do‘ppilar kiyish rasm bo‘lgan.
Dastlab do‘ppilar konussimon va keng hoshiyali bo‘lgan, ularni salla ostidan kiyishgan. XX asrning 20 yillaridan do‘ppi shakli o‘zgargan. Keyinchalik o‘tkir uchli, konussimon, yarimsharsimon, dumaloq, to‘rt qirrali do‘ppilar tikila boshlandi. Do‘ppilarning keng tarqalgani to‘rt qirrali, bir oz konussimon shakldagisi hisoblanadi. Yorqin ranglar bilan bezatilgan do‘ppilar naqsh gullarining nozikligi va go‘zalligi bilan ajralib turgan. Bezaklarning ko‘plab kompozitsiyalari mavjud bo‘lib, ular avloddan-avlodga o‘tib, doimiy ravishda yangilanib borgan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysida do‘ppining bir nechta turlari mavjud bo‘lgan. 1940-1950 yillarda iroqi nusxa do‘ppilari turli rangdagi ipak bilan tikilgan bo‘lib, ularga gullar, qushlar va hayvonlar tasviri tushirilgan. Erkaklar bunday do‘ppilarni bayram va to‘ylarda kiyganlar, shuning uchun ham ularni «kuyov do‘ppi», «navro‘z guli» deb ham atashgan.





12.6-rasm. Qizlar do’ppisi.

Rivoyatga ko‘ra, do‘ppining tepa qismidagi to‘rtta gul erkaklar salomatligini to‘rt tomondan himoyalab turar ekan. Chetlaridagi o‘n olti gul esa do‘ppi sohibi yoki sohibasining oilasi katta va ahil bo‘lishi istagini bildirarkan. Oq matoga oppoq ipak bilan bezak berlishi erkaklar qalbi pokligi ramzi sanalgan. Shuning uchun ham o‘zbek xalqi erkak kishining g‘ururi va diyonati uning do‘ppisida deb bilishadi.
Keyinchalik ayollarning och kumushsimon rangdagi parchadan tikilgan to‘rt qirrali do‘ppilarining yangi tipi paydo bo‘ldi, uning har bir bo‘lagida gullab turgan butoqcha tasviri tikilgan. Toshkent va Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan iroqi nusxa do‘ppining naqsh mujassamoti rang-barang gulli novdalar, ular orasidagi yashil, ko‘k tusli qushcha (bulbullar) shaklidan iborat. Bunday shakl, ya’ni ochiq fon Farg‘ona, shuningdek, Toshkent an’analariga to‘g‘ri keladi.
Do‘ppilarda boshqa hayvonlar - tog‘ kiyigi, chayon, qoplonga o‘xshash tasvirlar ham tikilgan. Do‘ppilarning naqsh kompozitsiyalarida qator hollarda arab yozuvi kashtaga uyg‘unlashib ketgan. Dono so‘zlar, samimiy tilaklar va hayotiy iboralar do‘ppi kashtasining mazmuni va ifodaviy nafosatini teranlashtirgan. Bu naqsh-yozuvlar bir vaqtning o‘zida ko‘zlarni quvontirish hamda aqlni peshlash uchun xizmat qilgan.











12.7-rasm. Salla ostidan kiyiladigan do‘ppi va yozuvli erkaklar



Download 11,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish