2-ob’ekt. Usta Turg’uboy Mirzaahmedov yaratgan
atlas namunalari
Hurmatli ekskursantlar! Hozirda hurmat va ehtirom bilan tilga olinuvchi mohir arbandchimiz Turg‘unboy aka Mirzaahmedovdir. U kishi bu kasbni ota-bobolaridan, qolaversa yuqoridagi ustozlaridan meros qilib olgan. Sakkiz yoshli bolakay otasidan ushbu san’atni o‘rgangan. 15 yil davomida turli-tuman atlas nusxalarini yaratdi. 1976-yilgi Leypsig yarmarkasida o‘zi yaratgan atlas nusxasi uchun 1-darajali diplom sohibi bo‘ldi. «Hurriyat», «Oromijon», «Tabassum», «Tannoz», «Sayqal», «Marg‘ilon», «Farg‘ona darvozasi», «Turon», «Mustaqillik», «Sohibqiron», «Bibixonim», «Samarqand sayqali», «Ulug‘bek yulduzi» kabi turlarini yaratishdan tashqari u yo‘qolib borayotgan nodir nusxalarni topib tikladi. «Banoras», «Beqasam», «Shohi Adras» nusxalari shular jumlasidandir.
Turg‘unboy akaning nusxalari asosan o‘ta milliyligi jihatidan ham qadrlidir. Jozibasi va milliy bezalishiga ko‘ra uning atlaslari turli ko‘rgazmalarning shohsupalaridan o‘rin oldi. BMT tomonidan Respublikamizda tashkil etilgan Respublika ko‘rgazmasida sovrindor bo‘lgan bo‘lsa, poytaxtimiz va Samarqand, Urgut, Shahrisabz, Buxoro kabi viloyat shaharlarida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda faxriy o‘rinlarni egalladi. Xullas, Marg‘ilonda Turg‘unboy aka atlaslarining oldiga tushadigani yo‘q. Yaqinda uning atlasi Londonga yo‘l oldi. O‘zbekiston Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi tomonidan Londonda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi O‘zbekiston matolar do‘koni ochildi. Unga birinchilar qatori Turg‘unboy akaning atlaslari yuborildi.
O‘zbekistonda barcha sohalar qatori milliy hunarmandchilikning unitila boshlangan qadimiy an’analari va maktablari mana shunday ustalar tomonidan qayta tiklanib, rivojlanib hamda boyib bormoqda. Shu o‘rinda quyidagi to‘rt misra she’rni keltirib o‘tamiz.
Marg‘ilonning atlasi bor, shoni bor,
Yurtga manzur oltin ipak koni bor.
Kelsa, mehmon xushlaydi, bag‘rin ochib,
Tandir to‘la patir, gijda noni bor.
Mustaqillikdan so‘ng atlasning «Marg‘ilon», «Navro‘z», «Paxta-oy», «Rasadxona» kabi yangi-yangi turlari yaratilib, 200 dan ortiq go‘zal nusxalar ishlab chiqarilmoqda. Shulardan 1967 yili korxona o‘zining «2-O‘z» va «174» artikulli atlaslari bilan Kanadaning Monfealp shahrida o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada oltin medal bilan mukofotlangan.
(Ekskursantlarga dastgohda o’tirib ishlab ko’rishlari uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Usta Turg’uboy Mirzaahmedov bilan savol-jvob o’tkaziladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |