Tayanch so‘z va iboralar: maxsus turlar, milliy madaniyatga qiziqish turizmi, agroturizm(qishloq turizmi), etnik va sog‘inish turizmi, milliy sanat turizmi, tabiiy – tarixiy tasvirlar turizmi, milliy hunarmandchilik turizmi, milliy o‘yinlar turizmi, hayot uchun xavfli sport o‘yinlari turizmi.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
Milliy madaniyatga qiziqish turizmini izohlang.
Etnik va sog‘inish turizmi deganda nimani tushunasiz?
Milliy san’at turizmiga ekskursiya tashkil etishning o‘ziga xosligini izohlang.
Hayot uchun xavfli sport o‘yinlari turizmini mamlakatimizda rivojlantirish imkoniyatlarini izohlang.
Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun topshiriqlar:
Topshiriqlarni kichik guruhlarga bo‘lingan holda bajaring. Siz yashab kelayotgan hududda (tuman, qishloq) maxsus turlarning qaysi birini tashkil etish uchun imkoniyatlar mavjud? Guruhda taqdimot o‘tkazish uchun ma’lumot to‘plang.
Test savollari:
1. Turizmning maxsus turlariga to‘g‘ri ta’rifni toping.
a) turizmning ushbu turlariga biror rayonning o‘ziga xos, farq qiluvchi xususiyatlari bilan tanishish maqsadidagi sayohati kiradi. Bu sayohatlar turistlarda shakllangan (havaskorlik va professional) qiziqishlardan kelib chiqadi.
b) o‘z davlati chegarasi doirasida doimiy yashovchi fuqarolarni vaqtinchalik tashrif buyurovchi joyda (to‘lanadigan faoliyatsiz) turistik maqsadlarda sayohat qilishga aytiladi.
d) bu tanishish yoki o‘rganish maqsadida aniq belgilangan reja bo‘yicha o‘tkaziladigan, mavzuli hikoyalar bilan olib boriladigan biror ob’ektni ko‘rsatish jarayonidir.
e) vaqtinchalik kelgan joyida faoliyati to‘lanmaydigan, doimiy yashaydigan mamlakat chegarasidan tashqariga turistik maqsadlarda safar qilish.
2. Milliy madaniyatga qiziqish turizmi bu-
a) xalqimizning urf-odatlari, tildagi shevalar, oila hayoti, kattalar va yoshlar munosabatlari, salomlashish, mehmon kutish va mehmondorchilik, to‘y va diniy marosimlar, oila bayramlari, oiladagi huquqlar, kelin va sunnat to‘ylari, uy tutish va hokazolar.
b) milliy hunarmandchilikning turlari, milliy hunarmandchilikdagi yo‘nalishlar, xalq – me’mor, xalq- usta shiori va reklamasi, milliy hunarmandchilik buyumlarining mukammal va mo‘jizakorligiga qiziqish.
d) xalqlar, ellar, urug‘lar, ularning yashash tarzi, millatlarning urf-odatlari, kelib chiqishi tarixi, joylashishi, o‘zaro aloqalari. Xalqlarning, millatlarning har xil sabablar bilan dunyo bo‘ylab tarqalib ketishi.
e) milliy san’at, milliy folklor, qo‘shiqchilik, milliy raqslar, askiyalar, laparlar, aytishuvlar, rassomchilik va haykaltaroshlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |