12-mavzu. Davlatning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash vazifalari reja: Iqtisodiy


-Rasm. Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari



Download 45,63 Kb.
bet5/8
Sana09.07.2022
Hajmi45,63 Kb.
#761010
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-mavzu

11.2.3-Rasm. Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari
YUqoridagi ko‘rsatkichlar miqdoriningtahlikali quyi (porogovaya cherta) chegarasini ko‘rsatish va aniq belgilash lozim bo‘ladi. Ushbu tahlikali quyi chegara – iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan xo‘jalik faoliyati proportsiyalarining eng quyi maqbul nisbatlarini ifodalovchi miqdoriy indikatorlar bo‘lib, ularga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarish turli elementlarining iqtisodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladi.
Tahlikali quyi chegaraning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash uchun quyidagilarga asoslanish lozim bo‘ladi:
- milliy iqtisodiyot holati va undagi mutanosibliklar hamda takror ishlab chiqarish elementlari va omillari holatining birlamchi, muhim xususiyatlarini tavsiflash;
- iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarni to‘liq va keng qamrovdi ifodalash;
- iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarga xavf soluvchi tahdidlarni to‘liq va har tomonlama hisobga olish;
- iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasini ifodalovchi indikatorlardan hokimiyat organlari mamlakat iqtisodiyoti holatini aniq baholashda va boshqa mamlakatlar bilan qiyoslashda foydalanish imkoniyatining mavjudligi.
Ushbu indikatorlarning mamlakat hisob, statistika va prognozlashtirish tizimi bilan muvofiq kelishi, maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasi indikatorlari milliy iqtisodiyot sohalari va ularning har qaysisidagi milliy manfaatlar nuqtai nazaridan turkumlanadi. Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlik quyi tahlikali chegarasi indikatorlari o‘z ichiga 50ta ko‘rsatkichni olgan holda quyidagicha turkumlangan1:
1) iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Ushbu guruhga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab chiqarish va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun xarajatlar ulushi, investitsiyalar, foydali qazilma boyliklarining zaxiralari bo‘yicha quyi tahlikali chegarani ifodalovchi indikatorlar kiradi;
2) moliyaviy tizim barqarorligi ko‘rsatkichlariga davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi, pul muomalasi, o‘zaro hisob-kitob va soliq intizomini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi;
3) ijtimoiy soha ko‘rsatkichlari aholi daromadlari darajasi va uning mulkiy jihatdan tabaqalanishi, ishsizlik va ijtimoiy soha xarajatlari bo‘yicha quyi tahlikali chegaralarni o‘z ichiga oladi;
4) tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari guruhiga mamlakat ichki iste’molida importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi bo‘yicha quyi tahlikali chegaralarni ifodalovchi indikatorlar kiradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari sifatida S.YU.Glazev tmonidan tayyorlangan turkumlanishdan ko‘proq foydalanilmoqda. Ushbu iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari turkumiga quyidagilar kiradi:2
- yalpi ichki mahsulotning umumiy va aholi jon boshiga to‘g’ri keluvchi hajmi;
- sanoat mahsulotlari umumiy hajmida ishlab beruvchi sanoat mahsulotlari ulushi;
- sanoat ishlab chiqarishda mashinasozlikning ulushi;
- investitsiyalar hajmining YAIMga foiz hisobidagi nisbati;
- ilmiy tadqiqotlar uchun xarajatlarning YAIMga nisbati (foiz hisobida);
- yangi turdagi mahsulotlarning yalpi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmidagi ulushi;
- yashash minimumi darajasidan past daromad oluvchi kishilar ulushi;
- aholining tug’ilgan chog’idan kutilayotgan o‘rtacha umr uzoqligi (yosh);
- aholining eng yuqori daromad oluvchi 10% guruhining eng kam daromad oluvchi 10 % guruhi daromadlari o‘rtasidagi farq kattaligi;
- qayd etilgan jinoyatlar, har 100000 kishi hisobiga;
- Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) metodologiyasi bo‘yicha ishsizlik darajasi (foiz hisobida);
- yillik inflyatsiya darajasi (foiz hisobida);
- ichki qarzlar hajmining YAIMga nisbati, foiz hisobida, qiyosiy davrda;
- ichki qarzlarni qoplash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun joriy ehtiyojning byudjetga soliq tushumlari hajmidagi ulushi (foiz hisobida);
- tashqi qarzning YAIMga nisbati (foiz hisobida);
- tashqi qarzning YAIM kamomadini qoplashdagi ulushi;
- xorijiy valyutalar miqdorining milliy valyuta massasiga nisbati (foiz hisobida);
- naqd xorijiy valyuta miqdorining naqd milliy valyuta hajmiga nisbati (foiz hisobida);
- (M2 pul massasi)ning YAIMga nisbati (foiz hisobida);
- ichki iste’molda importning hissasi, shu jumladan, ichki oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli hajmida import oziq-ovqat mahsulotlari ulushi (foiz hisobida);
- aholi yashash darajalari bo‘yicha mamlakat hududlari o‘rtasidagi farqlar.
Har bir mamlakatda rasmiy tarzda belgilangan quyi tahlikali chegara indikatorlari milliy va jahon iqtisodiyotidagi sharoitlarning o‘zgarishi natijalari bilan taqqoslanadi.
shuni ta’kidlash joizki, iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlarini turli nuqtai nazardan turkumlash mumkin. Masalan, A.Illarionovning fikricha, iqtisodiy rivojlanishning ta’minlanishi nuqtai nazaridan iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari quyidagicha turkumlangan:
- davlat sektorining (korxonalarining) YAIM ishlab chiqarishdagi ulushi (foiz hisobida);
- davlat iste’molining YAIMga nisbati (foiz hisobida);
- davlat xarajatlarining YAIMga nisbati (foiz hisobida);
- davlat byudjetining YAIMga nisbati (foiz hisobida);
- davlat qarzlari o‘sishining YAIMga nisbati (foiz hisobida);
- pul massasining o‘sish sur’ati (foiz hisobida);
- inflyatsiya sur’atlari (foiz hisobida);
- valyuta kursining pasayish sur’atlari (foiz hisobida);
- tashqi savdoga soliqlarning tashqi savdo aylanmasiga nisbati (foiz hisobida)2.
Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlarini milliy iqtisodiyot sub’ektlarining hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlash nuqtai nazaridan ham turkumlash mumkin. Masalan, A.Proxojev va M.Kornilovlar shaxsning, ya’ni alohida individ, fuqaroning hayotiy muhim manfaatini ro‘yobga chiqarishi nuqtai nazaridan iqtisodiy xavfsizlikni ifodalovchi quyidagi ko‘rsatkichlarni turkumlagan:
- jon boshiga oylik daromad miqdorining rasmiy ravishda belgilangan yashash minimumi miqdoriga nisbati;
- aholi oziq-ovqat xarajatlarining yillik jon boshiga daromadlar hajmidagi ulushi;
- aholi jon boshiga kundalik iste’mol qilinayotgan kaloriyalar miqdori;
- aholi jon boshiga o‘rtacha yillik daromadida uy-joy va kommunal to‘lovlarga qilingan xarajatlar ulushi;
- aholi jon boshiga o‘rtacha yillik daromadidagi jamg’armalarning ulushi va boshqalar3. shuni aytib o‘tish joizki, ushbu iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlarining o‘rtacha jahon va MDH mamlakatlarining aynan shunday ko‘rsatkichlariga, shuningdek, rasmiy belgilangan quyi tahlikali chegara indikatorlariga taqqoslash orqali milliy iqtisodiyotning real holatini aniqlash mumkin bo‘ladi. Buning natijasida hukumat mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatning maqsadlari va ularni amalga oshirish yo‘nalishlarini belgilaydi.



Download 45,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish