Pul tizimi elementlari
Reja:
1.Pul tizimi asosiy elementlarining
2. Pul tizimining turlari
3. Pul tizimi va uning rivojlanish tarixi
Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomilasini qonuniy va
mutonosib ravishda tashkil qilishda qullaniladigan uslublar mujmuasi tushuniladi.
Xozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi munosabati bilan shakllangan, biroq uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan.
Pul tizimi quyidagi asosiy elementlari o’z ichiga oladi.
1. Pul birligi, so’m, rubl va boshqalar.
2. Baho masshtabi-dastlab u pul birligining oltinga teng qismi sifatida, hozir jahon pullariga nisbati.
3. Pulning turlari. Šiymatni o’zida ifodalanishiga ko’ra pullar ikki turga xaqiqiy va xaqiqiy pulni o’rnini bosuvchi pullarga bo’linadi.
Xaqiqiy pullar nominal qiymatini uzida ifodalovchi real qiymatga ega bo’lgan metal pullar bo’lib ular har xil shakllarda chiqarilgan. Šoђoz pullar xaqiqiy pullarning vakili bo’lib pulning muomila funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
Umuman pullar qo’yidagi turlarga bo’linadi
1. Šoђoz pullar
2. Kredit pullar. Kredit pullar qoђoz pullardan farq qilib ular bir vaqtni o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit xujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarga davlat banki biletlari, veksel, banknot, chek, kredit kartochkasi va boshqalar kiradi.
3. Tangalar asosan nekel va bronzadan tayyorlanadi. Tarixiy ma’lumotlarga kura birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda xozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiyev rusida zarb kilingan. Dastlab tangalar oltindan, keyinchalik ular boshqa metallda zarb kilingan.
Šoђoz pullar tarixiy manbalarga kura XII-asrda Xitoyda, 700-yillarda kumush tangalar chiqarilgunga kadar Buxoro davlatida kogoz puldan foydalanilgan. Amerika va Yevropada qoђoz pullar XVII-XVIII asrlarda chiqarilgan
4. Emissiya tizimi - Bu muomiladagi bank biletlari, xazina biletlari, qoђoz pular va qimmatli qoђozlarni chiqarishdir. Buni Markaziy bank amalga oshiradi. Šimmatli qoђozlarni ularni emitentlari - davlat, banklar, xissadorlik jamiyatlari chiqaradi.
5. Muomiladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi- Markaziy bank.
Pul tizimining tarixan 2 turi mavjud.
1. Metall pullar tizimi.
2. Kredit va kogoz pullar tizimi.
Metal pullar tizimi bimetalizm (oltin va kumushni qonuniy tartibda umumiy ekvivalent ekanligi) va monometalizm (fakat ularni birini umumiy ekvivalentligi) turlariga bo’linadi.
Muomiladagi pullarning asosiy qismini qoђoz pullar tashkil qiladi. Šoђoz pullardan foydalanilishiga sabab:
a) Šimmatbaho metallar, xususan oltin tanga pullarni real va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqni vujudga kelishi. Masalan. 10 grammlik tanga faydalanilishi tufayli 7 grammga kelgan.
b) Ba’zi mamlakatlarda pulni real va nominal qiymatlari to’ђri bo’lmagan qalbaki tangalarni chiqarilishi.
v) Metal pullarni bo’zilishi, yo’qolishi davlat xazinasiga qimmatga tushadi. Šoђoz pulni chiqarish bunga nisbatan arzonga tushadi.
Ravojlangan mamlakatlarning pul tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi.
1. Pul birligi.
2. Valyuta kursini belgilovchi qoidalar.
3. Baho masshtabi.
4. Pul ko’rinishlari – kredit biletlari, qoђoz pul va tanga.
5. Emissiya tizimi
6. Davlat yoki kredit apparati.
Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlarga ega.
- Oltinga almashilmaydigan, keyinchalik qoђoz pul aylanadigan, kredit pullarga o’tish.
- pulni muomilaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish.
- pul muomilasida naqd pulsiz aylanishning ustunligi
- pul muomilasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi.
Shu kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning, hatto ayrim mamlakatlar pul tizimi o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |