Ishtirokchilik tushunchasi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 27-moddasiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi.
Jinoyatda ishtirokchilikning belgilari – obyektiv va subyektiv belgilarga bo‘linadi.
Jinoyatda ishtirokchilikning obyektiv belgisi jinoyatni sodir etishda ikki yoki undan ortiq shaxsning (miqdor ko‘rsatgichi) birgalikda (sifat ko‘rsatgichi) qatnashishi tushuniladi
Jinoyatda ishtirokchilikning subyektiv belgisi jinoyatni o‘zaro xabardorlik va kelishganlik asosida qasddan sodir etilishi tushuniladi. Jinoyat kodeksining 27-moddasida ishtirokchilik qasddan sodir etilishi nazarda tutilgan. Ya’ni qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda ishtirokchilik bo‘lishi mumkin. Bu esa ehtiyotsizlik orqasida ishtirokchilikda jinoyat sodir etilishini istisno qiladi. Ya’ni ehtiyotsizlik orqasidagi jinoyatlarda o‘zaro xabardorlik va kelishganlik belgisi mavjud bo‘lmaydi.
Jinoyatda ishtirokchilar bu qasddan birgalikda jinoyat sodir etish uchun til biriktirgan (kelishgan) aqli raso hamda jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lgan shaxslar. Jinoyat ishtirokchilari jinoyat sodir etishda bajaradigan harakatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Jinoyat kodeksining 28-moddasiga ko‘ra jinoyatda ishtirokchilarning 4 turi mavjud.
bajaruvchi,
tashkilotchi,
dalolatchi
yordamchilar.
Jinoyat kodeksining 29-moddasida ishtirokchilikning quyidagi shakllari keltirilgan.
Oddiy
jinoiy uyushma
uyushgan guruh
murakkab
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi
Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi
Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi
Jinoyat kodeksining 30-moddasida jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi belgilangan. Jinoyat ishtirokchililari bo‘lgan tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikning o‘ziga xosligi jinoyat kodeksining ayrim moddalarida jinoyatning og‘irlashtiruvchi holat sifatida qayd etilgani bilan ham izohlash mumkin.
Jinoyatga daxldor shaxs jinoyat sodir etilishida ishtirok etmaydi, jinoiy oqibatni kelib chiqishiga ko‘maklashmaydi, jinoyat ishtirokchilari bilan oldindan kelishmaydi. Jinoyatga daxldorlikni ijtimoiy xavfliligi shundaki, jinoyatga daxldor bo‘lgan shaxsni jinoyat haqida xabar bermasligi jinoyatni oldini olish yoki jinoyatni fosh etish imkoniyatini murakkablashtiradi
Jinoyatga daxldor shaxs jinoyat sodir etilishida ishtirok etmaydi, jinoiy oqibatni kelib chiqishiga ko‘maklashmaydi, jinoyat ishtirokchilari bilan oldindan kelishmaydi. Jinoyatga daxldorlikni ijtimoiy xavfliligi shundaki, jinoyatga daxldor bo‘lgan shaxsni jinoyat haqida xabar bermasligi jinoyatni oldini olish yoki jinoyatni fosh etish imkoniyatini murakkablashtiradi
Jinoyat sodir etilishida ishtirok etmagan, ammo unga aloqador shaxslar ham bo‘lishi mumkin. Buni jinoyat qonunchiligida jinoyatda daxldorlik deb ataladi.