12-mavzu. Davlatning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash vazifalari reja: Iqtisodiy


O‘zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning



Download 45,63 Kb.
bet7/8
Sana09.07.2022
Hajmi45,63 Kb.
#761010
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-mavzu

4. O‘zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning
ustuvor yo‘nalishlari
Bozor munosabatlariga o‘tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashi va fuqarolarga ziyon keltirishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Ushbu maqsadlarda davlat, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kichik va o‘rta biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko‘paytirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobatbardoshligini rivojlantirish, fond bozori, er va ko‘chmas mulk bozorlarini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak. Bundan tashqari, hokimiyatning barcha bo‘g’inlarida qonun loyihalarining sifati va asoslanganlik darajasini oshirish hamda qonunga barchani, hatto davlat hokimiyati organlarining ham qat’iy rioya etishlari bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilishi zarur bo‘ladi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun davlat quyidagilarni ko‘zda tutishi lozim:

  • ijtimoiy institutlar strategiyasini bir-biriga yaqinlashtirish, ularning faoliyatini koordinatsiyalashtirishga imkon beradigan institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish;

  • xo‘jalik jarayonlarining barcha ishtirokchilari uchun lobbizmni qonuniy cheklash, qonunchilikni maksimal unifikatsiyalash (ya’ni imtiyozlari va turli preferentslarni qisqartirish va yo‘qotish) uchun iqtisodiy va ijtimoiy xatti-harakatlarning umumiy tamoyillarini ishlab chiqish va qabul qilish;

  • iqtisodiyot sub’ektlari va davlat boshqaruv organlari tomonidan qonunlarga, faoliyat tartib – qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • iqtisodiy munosabatlar sohasida vujudga keladigan munozara va ziddiyatlarni hal qilish mexanizmini yaratish;

  • kadrlarni korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va investitsiya loyihalarini baholashning zamonaviy usullariga o‘qitishni tashkil qilish;

  • jamiyatda iqtisodiy barqarorlikni oshirish va ijtimoiy keskinlikning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • mamlakat iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish.

shunga muvofiq ravishda sobiq totalitar tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar yaqin istiqbolda quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim bo‘ladi:
1) samarali va raqobatbardosh ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va istiqboli yo‘q, eskirgan ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yish;
2) tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiyot infratuzilmalarini rivojlantirish;
3) iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash;
4) mavjud ilmiy texnika salohiyatining eng qimmatli elementlarini saqlash;
5) iqtisodiyot tarkibining deformatsiyalashuviga barham berishda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish tarkibini to‘lovga qodir talab bilan uyg’unlashtirish;
6) korxonalarning bozor sharoitlariga moslashuvini tezlashtirish;
7) eksport salohiyatini diversifikatsiyalash;
8) ekologik xavfsizlikni oshirishni ta’minlash.
Ushbu vazifalarni bajarish milliy iqtisodiyotning ko‘pchilik tarmoqlarining raqobatga bardoshli emasligini bartaraf etishga imkon yaratadi. Bundan kelib chiqqan holda, tarkibiy siyosat mikro va makro iqtisodiyot darajalarida uch asosiy yo‘nalishda amalga oshirilishi kerak, degan xulosa chiqarish mumkin. Buning uchun davlat hokimiyat organlari mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun ma’lum tarmoq va sohalarni selektiv qo‘llab-quvvatlashi darkor bo‘ladi.
Makroiqtisodiyot darajasida tarkibiy siyosatni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinishi zarur:

  • jami talabni oshirish;

  • jamg’arish normasini o‘stirish va uni investitsiyaga aylanishini ta’minlash;

  • rivojlanishdan to‘xtab qolgan sektorlardagi barcha turdagi resurslarning rivojlanayotgan sektorlarga oqib o‘tishini rag’batlantirish;

  • yalpi investitsiyalarni ko‘paytirish;

  • eksportni rag’batlantirish;

  • umum qabul qilingan tartib-qoidalar doirasida milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida importni tartibga solish.

Mikroiqtisodiyot darajasida tarkibiy siyosatni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalarni bajarish zarur bo‘ladi:

  • iqtisodiy nuqtai nazardan samarali korxona va ishlab chiqarishlarning rivojlanishini rag’batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;

  • samarasiz ishlab chiqarishlar va korxonalarni tugatish yoki reorganizatsiya, ya’ni qayta tashkil etish;

  • yangi monopolistik tuzilmalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • tarmoqlararo kapital oquvchanligini ta’minlash maqsadida fond bozorining rivojlanishini tartibga solish va rag’batlantirish;

  • narx o‘sishini to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘rish;

  • iqtisodiy sub’ektlar xatti-harakatining bozorga xos normalarini joriy qilishni rag’batlantirish.

Mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uzoq muddatli strategik vazifa hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash davlat strategiyasi, ya’ni doktrinasini ishlab chiqish va qabul qilish zarur bo‘ladi. Ushbu davlat strategiyasi oliy milliy davlat manfaatlariga javob bera olishi kerak.
Iqtisodiy xavfsizlik davlat strategiyasida erishiladigan pirovard maqsad va uni amalga oshirish bosqichlari o‘z ifodasini topishi lozim. shu davrda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning kafolati bo‘lgan davlatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha xo‘jalik va siyosiy xarakterdagi qarorlarni qabul qilish;

  • ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mexanizmiga tahdidlarning paydo bo‘lganligi to‘g’risida signal beruvchi indikatorlarni kiritish;

  • iqtisodiy tahdidlarni yumshatish, bartaraf etish, neytrallashga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshirish.

Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash kontseptsiyasi doimo uzoq muddatli milliy davlat manfaatlariga asoslanadi. Boshqacha aytganda mazkur kontseptsiya mamlakatning kelajagi to‘g’risidagi tasavvurga, isloh delga, shuningdek, barqaror, mustahkam rivojlanish strategiyasiga bog’liq bo‘ladi.



Download 45,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish