12-mavzu. DAVLATNING MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VAZIFALARI Reja: 1.Iqtisodiyхаvfsizlikning mоhiyati va uni tа’minlаshning аhаmiyati. 2.Iqtisodiyхаvfsizlikning nаmоyon bo’lish shаkllаri. 3.Mаmlаkаt iqtisodiy хаvfsizligi ko’rsаtkichlаri indikаtоrlаri.
1. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati, tarkibiy elementlari Milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uni ta’minlashning eng muhim sharti yoki omili, ko‘rsatkichi iqtisodiy xavfsizlikdir. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi eng umumiy tarzda mamlakatning moddiy va nomoddiy, qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan iqtisodiy salohiyatini ifodalaydi.
“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining mazmuni iqtisodga oid ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Bir guruh olimlar mazkur iqtisodiy tushuncha mazmunini mamlakatning etarli mudofaa salohiyatini, davlat siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligi, milliy manfaatlarni himoya qilishni kafolatlashga qodir bo‘lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining holati sifatida ta’riflaydilar1. shuningdek, uni hokimiyat institutlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan milliy manfaatlarni himoya qilish va ro‘yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi deb ham talqin qiladilar2.
Ikkinchi guruh olimlar mazkur tushunchani xalqning mustaqil ravishda tashqi kuchlarning aralashuvisiz va tazyiqisiz o‘z iqtisodiy taraqqiyot yo‘li va shakllarini belgilab olishiga imkon beradigan holat sifatida tavsiflaydilar3.
Uchinchi guruh olimlar esa “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasini iqtisodiyotning ijtimoiy ehtiyojlarni samarali qondirishga qodirligi deb ta’riflaydilar4.
To‘rtinchi guruh olimlar esa mazkur tushunchani iqtisodiyotning progressiv rivojlanishi va normal darajada amal qilishining muhim sharti, iqtisodiyot sohasida shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanishideb tavsiflaydilar.
Taniqli rus iqtisodchisi L.I.Abalkin ushbu tushuncha mohiyatini ochib beruvchi uch elementni ko‘rsatib bergan:
-iqtisodiy mustaqillik. Hozirgi jahon xo‘jaligi sharoitida iqtisodiy mustaqillik absolyut xarakterga ega emas, chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga o‘zaro bog’liq qilib qo‘yadi;
- milliy iqtisodiyotning barqarorligi. Bu shaklidan qat’i nazar mulkchilikning himoya qilinishi, tadbirkorlik faolligi uchun ishonchli sharoit va kafolatlarning yaratilishi, mamlakatdagi holatning yomonlashuviga, beqarorlikka olib keluvchi omillarning jilovlanishini taqozo etadi;
- o‘z-o‘zidan rivojlanishga va taraqqiy etishga qodirligi. Bu esa investitsiyalar va innovatsiya uchun qulay muhitning yaratilishi, ishlab chiqarishning muntazam modernizatsiyalashuvi, yangilanishi va takomillashib borishi hamda xodimlarning bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy darajalarining o‘sib borishi milliy iqtisodiy barqarorligi va mavjudligining zaruriy shartiga aylanishini ifodalaydi1.