12-mavzu. Davlatning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash vazifalari reja: Iqtisodiy


-Rasm. Iqtisodiy xavfsizlik mazmuni



Download 45,63 Kb.
bet2/8
Sana09.07.2022
Hajmi45,63 Kb.
#761010
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-mavzu

11.1.1-Rasm. Iqtisodiy xavfsizlik mazmuni

E.Buxvald esa xavfsizlik tizimdagi ob’ektning ichki va tashqi tahdidlarning mavjudligi sharoitida yashay olish va rivojlanish qobiliyatiga egalik va ko‘zda tutilmagan, aniqlanishi qiyin bo‘lgan noxush omillar ta’siriga bardoshlilik holatini ifodalaydi (11.1.2-rasm).




11.1.2-Rasm. Rivojlanish, barqarorlik va xavfsizlik tushunchalarining o‘zaro bog’liqligi
Ilmiy iqtisodiy adabiyotlarda ushbu ta’rif eng to‘g’ri ta’rif sifatida e’tirof etilmoqda1. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning turli sub’ektlariga tegishli bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: alohida fuqarolar; xususiy tadbirkorlik, biznes; davlat korxonalari; milliy iqtisodiyot; davlat.
Ichki iqtisodiy sohalarda xavfsizlik tabiiy, texnikaviy-iqtisodiy, infratuzilmaviy, ijtimoiy, mikro va makroiqtisodiy rivojlanishning boshqa omillari, shuningdek, turli beqarorlik, tanglikni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlar ta’siridan himoya qiluvchi ichki immunitetlar bilan bog’liqdir.
Tashqi iqtisodiy sohada xavfsizlik mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, milliy valyutasining barqarorligi, davlatning moliyaviy ahvoli bilan tavsiflanadi.
O‘tish, ya’ni tranzit iqtisodiyotiga ega bo‘lgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatlarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Ularda, shu jumladan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakatning geopolitik holatini, uning hozirgi zamon jahon iqtisodiy tizimidagi o‘rnini tubdan o‘zgartirib yuboradi.
Iqtisodiy xavfsizlik tamoyillari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy tizim ahvolining quyi chegarasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Mazkur quyi chegaralardan past ko‘rsatkichlarda iqtisodiy tizim uchun tahdidlar vujudga keladi, hatto bu tizimning buzilishi, degradatsiyasi yuz bera boshlaydi. Ushbu quyi chegarani va uning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash, belgilash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
- milliy iqtisodiyot hamda iqtisodiy tizim faoliyatining asosiy sharoitlarini o‘rganish va ularni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash;
- milliy iqtisodiyotni tanglikka va beqarorlikka olib keluvchi omillarni aniqlash;
- turli tanglik, xavfli holatlar yuzaga kelishining tartibi va imkoniyatlarini baholash;
- xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga xavf soluvchi tahdidlarning oldini olish yo‘llarini aniqlash.
Turli iqtisodiy tahdidlar, noxush holatlar oqibatida ko‘rilgan zararlarning o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni prognoz qilish ham muhim ahamiyatga ega. Buning natijasida favqulodda holatlar oqibatida ko‘riladigan zararlarni qoplash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga yo‘naltirilgan resurslarni baholash va o‘z vaqtida shakllantirish uchun imkoniyat yaratiladi. shunga bog’liq ravishda “kompensatsion resurslar” va “kompensatsion salohiyat” (potentsial) tushunchalarini bir-biridan farq qilish lozim bo‘ladi.
Kompensatsion resurslar o‘z mazmuniga ko‘ra sug’urta, zaxira, rezerv resurslarini anglatadi. Kompensatsion salohiyat (potentsial) mamlakat iqtisodiyotining tanglik, noxush holatlarga qayishqoqligini, uning oldini olish va uni engib o‘ta olish, xo‘jalik jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqarorligi va mustahkamligini tiklay olish qobiliyatini anglatadi. Kompensatsion salohiyat milliy iqtisodiyotning, xalq xo‘jaligining biron-bir sektori yoki biron-bir yirik hududda noxushliklar vujudga kelganida ularni tiklay olishga qodirligini ifodalaydi.
Kompensatsion salohiyat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarakteridagi moddiy zaxiralar;
- hududlar bo‘yicha joylashtirilgan maxsus zaxiralar;
- tanglik, noxush holatlar sodir bo‘lgan joylarga moddiy resurslarni etkazib berish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha transport vositalari imkoniyatlari;
- yirik tiklash ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha rezerv quvvatlari, ayniqsa, energetika tarmoqlarida, shuningdek, texnik vositalar;
- aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish va aholining ijtimoiy qo‘nikish hosil qilishi uchun rezerv imkoniyatlarni saqlash (11.1.3-rasm).
Mamlakat iqtisodiy tizimining turli darajalaridagi iqtisodiy munosabatlar iqtisodiy xavfsizlik ob’ektlari hisoblanadi;
- makroiqtisodiy darajadagi mamlakat iqtisodiyoti;
- hududiy va tarmoq darajasidagi hudud va tarmoq iqtisodiyoti;
- oila va shaxs darajasidagi mamlakat fuqarolari har birining iqtisodiy manfaatlari.Xulosa qilib, keng ma’noda iqtisodiy xavfsizlikni milliy iqtisodiyotning samarali, dinamik o‘sishiga, uning jamiyat, davlat, shaxs ehtiyojlarini qondirishning, tashqi bozorda raqobatga bardoshliligini ta’minlovchi, turli tahdid va yo‘qotishlardan kafolatlovchi ichki va tashqi sharoitlar yig’indisi deb ta’riflash mumkin bo‘ladi.

11.1.3-Rasm. Kompensatsiya salohiyati komponentlari




Download 45,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish