MUNDARIJA
Kirish.
Mehnatga xaq to’lashning moxiyati.
O’zbekiston Respublikasi talim tizimida mehnatga xaq to’lash shakilllari.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining talim soxasi uchun ajratilgan xarajatlar ulushi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Bismillahir Rohmanir Rohiym. Avvalambor, biz insoniyatni jamiki maxluqotlar ichida eng oliy qilib yaratgan, bizlarni to’g’ri va yaxshi yashashimiz uchun zarur bo’lgan barcha ne’matlarni ato qilgan Allohga, o’zining yaratgan maxluqotlari adadicha hamdlar bo’lsin. Ushbu kurs ishining yozilishini barchamiz uchun foydali qilsin.
Avvalambor kurs ishi mavzusining bugungi kundagi dolzarbligi xaqida biroz fikr-muloxaza qilsak, maqsadga muofiq bo’ladi.
Sir emaski insoniyat yaralgandan buyon, yashashi uchun kerak bolgan narsalarni o’rganishga extiyoj sezadi. Oziq-ovqat yeyish uchun avval uni qanday toppish va yetishtirishni, kasal bo’lsa qanday davolanishni, charchasa qanday samarali dam olishni va shunga o’xshash extiyojlarni qanday qondirish yo’llarini o’rganib, uni brogan sari takomillashtirib kelgan. Tabiiyki, ushbu o’rganish va takomillashtirish jarayonlari o’rgatish jarayonisiz amalga oshmaydi. Yani odamzot qanchalik ongli bo’lmasin, shubhasiz u o’rganishga va o’rgatilishga xar qachon muxtojdir.
Malumki, qaysi jamiyatda insonlar ko’proq o’rgansalar va bilsalar, o’sha jamiyat yuksalib boraveradi. Bu o’rinda esa, so’zimizning isboti o’laroq, islomda ilmga bo’lgan munosabat qanday ekani xaqida to’xtalmasak bo’lmaydi.
J abroil alayhissalom Payg‘ambarga ilk vahiy olib kelgandayoq Islom ilm dini ekani ayon bo‘ldi. Chunki u olib kelgan ilk kalom Alaq surasining besh oyati edi: “(Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan Zot bo‘lmish Rabbingiz nomi bilan o‘qing! U insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamli Zotdir. U insonga qalam bilan(yozishni) o‘rgatgan Zotdir. U insonga bilmagan narsalarini o‘rgatdi”. Ilk da’vatdayoq ushbu oyatlarning nozil qilinishi hayron qoladigan mo‘’jizadir. Birinchidan, Alloh taolo minglab mavzular ichidan “o‘qish” mavzusini tanladi, vaholangki, Payg‘ambar o‘qish, yozishni bilmaydigan “ummiy” edilar. Demak, dinu diyonatni, dunyo va oxiratni anglash uchun o‘qish kerak! Ikkinchidan, arablar “o‘qish” mavzusiga e’tibor bermasdi, ular umri davomida xurofotlarga ishonar, har sohada ilmga muhtoj bo‘lib, faqat she’r va adabiyotda mohir edilar. Qur’on arablarni ojiz qoldirib, ularni adabiyotda bellashuvga chaqirib nozil bo‘ldi va Islom ilm dini ekanini e’lon qildi. Uchinchidan, ilm olish vositalarining eng mashaqqatlisi bo‘lgan o‘qishga amr bo‘ldi. Chunki o‘qish, mulohaza qilish va o‘ylab ko‘rish – riyozatni talab etadi. Bu ilohiy amr zamirida, “Kim bu din bilan Allohga bog‘lanmoqchi bo‘lsa, ilm olish mashaqqatiga chidasin”, degan yana bir hikmat bor. Islomning nozil etilishi ilmga odatlanmagan, ma’rifiy muhitga ko‘nikmagan jamiyatda haqiqiy inqilob bo‘ldi. Islomdan oldingi davr – “johiliyat” (ilmsizlik) davri deyiladi.
Imom Termiziy rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhissalom aytadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |