12 – mavzu: Media tilida adabiy me'YoRI. Nutqiy xatoliklar tipologiyasi reJA



Download 40,34 Kb.
bet3/5
Sana19.02.2022
Hajmi40,34 Kb.
#458910
1   2   3   4   5
Kommunikativ me'yor. Kommunikativ me'yor o‘zida til, stilistik, etik, huquqiy va ba'zi axloqiy imperativlarni jamlaydi.
Qayd etish lozimki, OAV matnida til me'yorlaridan chekinish har doim ham xato hisoblanavermaydi. Ba'zida auditoriyaning diqqatini tortish uchun ataylab xatolikka yo‘l qo‘yiladi. Bu narsa fikrning tasviriyligi va ifodaliligini oshirish uchun kerak. Ular foydalanish maqsadi va sohasiga ko‘ra farqlanadi. OAV matnlarida kommunikativ me'yor buzilishi ham kuzatiladi. Bu muloqot qoidalari va kommunikativ standartlarga amal qilmaslik bilan bog‘liq. Masalan, «Hamisha har bir daqiqini hisobli va rejada ekanligi bilan e'tiborimni tortgan. So‘zlashuvida mantiqining ustunligi, suhbatdoshga nisbatan hozirjavoblik har jihatdan yigitlik olamini bezaydi » (“Mohiyat”.).
Ko‘p holda muallif ongli ravishda me'yordan og‘gan holda, kalambur effektiga erishish uchun so‘z o‘yini usulini qo‘llaydi, yangi shakl yoki noodatiy so‘z qo‘llash orqali qo‘shimcha ma'no ifodalaydi. Masalan, “... dastlabki tahlilga ko‘ra avtomobilni sekinlashtiradigan moslama (tormozi) ishdan chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. (TV. Yoshlar); “Aksariyati bemorlar, bemorlar yotog‘iga yotadilar, aksariyati jarrohlar tig‘ida shifo topadilar...” (TV. Yoshlar.); «Siz mamlakatimizning eng so‘nggi yangiliklaridan ogoh bo‘ldingiz» (TV.O‘z-n.). Yangiliklardan ogoh emas xabardor bo‘ladilar; sarlavha “Mehrga yo‘g‘rilgan bahslar” (“O‘z-on. ovozi”.).
Uslubiy xatolar. Jurnalist nutqida uslubiy–adabiy normalardan chekinish hollari ko‘p uchraydi. Ular til qoidasini buzmay, nutqning funksional-uslubiy nomuvofiqligini keltirib chiqaradi. Ba'zi tadqiqotchilarning fikricha, ular til xatoliklaridan ko‘ra ko‘proq muloqot qonuniyatining buzilishiga tegishlidir. Uslubiy xatolar tomoshabin, tinglovchi va o‘quvchiga salbiy ta'sir etadi.
Stilistika nutqning estetik sifati bo‘lib, so‘zlovchi haqida tasavvur uyg‘otadi. Eng ko‘p uchraydigan stilistik xatolar jumlada o‘zakdosh so‘zlarni qayta takrorlashdir. Masalan, “moslama ishdan chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin” (TV. Yoshlar).
Stilistik xatoning lingvopsixologik mexanizmi ko‘pincha ixtiyorsiz ravishda vujudga keladi. Masalan: “Yurtimizning yanada rivojlanishi yo‘lida saralashlarini izhor etdilar” (“O‘z-on.Ovozi”.); “Yuksak sifatli mahsulotlar” (“Xalq so‘zi”.). Bu yerda uslubiy xato oqibatida aniqlik buzilgan va mantiqsizlik kelib chiqqan.
Ba'zida fikrni noto‘g‘ri bayon qilishga so‘zlovchining tushunarli bo‘lmagan so‘zlardan foydalanishi yoki tushunarsiz gap tuzishlari sabab bo‘ladi. Bunga ayniqsa radioda misol ko‘p. Masalan: “Ayni damda to‘kis va dasturxon atrofida tanavvul iste'mol qilayotgan yurtdoshlarimizga yoqimli ishtaha” (R. Mash'l).
OAV matnlarida stilistik xatolar jurnalistik matnlarning boshqa muloqot doirasidan mexanik tarzda yozib olinishi va ularni publitsistik uslub talablariga moslashtira olmaslik tufayli kelib chiqadi. Masalan, «Maqsadlar aniq va ravon ekanligidan dalolat beradi» (TV.O‘z-ton). Ravon so‘zi uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qo‘llangan. Uning o‘rniga ravshan so‘zi qo‘llanilsa, gap mazmunidan tushunmovchilik chiqmaydi. Yana bir misol: “Ulug‘ ustozning saboq maktabini 3 oy mobaynida o‘tgan hamyurtimiz kuch va mohiyatini o‘zining kimligini va nimaga qodir ekanligini isbotlay bildi». O‘tgan so‘zining o‘rniga o‘tagan so‘zi ishlatilsa, uslubiy xatolik yuz bermasdi.
«Riga shahrining markazida… mustahkamlanib borayotgan do‘stona munosabatlarning o‘ziga xos tomoni bo‘lib qolajakligiga ishonch bildirdi» (“Xalq so‘zi”.). Qolajakligiga emas, qolajagiga ishlatilishi o‘rinli bo‘lar edi. Qo‘li gul fermer, usta tadbir, shofyor, cho‘pon, tikuvchilar ham aziz va zarur” (“Turkiston”.). Tadbir +kor bu o‘rinda shaxs oti yasovchi qo‘shimcha tushib qolgani sababli xato hosil bo‘lgan.
Gazeta matnlarida uslubiy xatolar begona so‘zlarni noto‘g‘ri ma'noda qo‘llash oqibatida yuzaga keladi.
Xatolar kelib chiqishining sababi jurnalistning nutqiy madaniyati pastligidadir. U leksik birlikni gazeta matniga moslashtirish zaruratini his qilmaydi. Masalan, «Shuningdek, har bir chorakda ota-onalar har bir o‘quvchining darsiga bir marotabadan kiradigan va o‘z farzandini bilim saviyasini aniqlab oladigan bo‘ldi» (“Turkiston”.). Bu yerda gap mantiqan noto‘g‘ri tuzilgan. Har bir o‘quvchi uchun alohida dars o‘tilmaydi. Bu yerda o‘qituvchi so‘zi o‘rinli. «Tanlovda 150 nafar yoshlar ishtirok etib ular o‘z asarlarida O‘zbekiston va Misr Arab Respublikasining tarixiy urf-odatlari, an'analari aks ettirilgan» (“Turkiston”.). Jumla ergashgan qo‘shma gap tarzida qurilgan. Agar ikki sodda gap tarzida bo‘lsa, to‘g‘ri bo‘lardi: «Tanlovda 150 nafar yoshlar ishtirok etdi. Ularning asarlarida O‘zbekiston va Misr Arab Respublikasining tarixiy urf-odatlari va an'analari aks ettirilgan». «etti yilda u haqiqiy ma'nodagi karatechi bo‘lib shakllanganligini amalda isbot qilib berdi» (“Mohiyat”.). Bu yerda “ma'nodagi” so‘zi noo‘rin qo‘llanilgan. «Falastin davlatida yana bir qo‘poruvchilik harakati sodir etdi» (TV. Poytaxt.). Gapdagi fe'l majhul nisbatda qo‘llanilishi kerak edi: “sodir etildi”.
Stilistik xatolar uslubiy me'yorning buzilishida ko‘rinadi. Muloqot holatini va nutqni ifodalash usulining nomunosibligi ularning vujudga kelishi natijasidir.
Xato so‘zlovchi uchun xavfli hisoblanib, unga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga, aytilgan fikrning to‘g‘riligiga shubha uyg‘otishi, shaxs sifatida salbiy tavsiflanishiga hamda nutq qaratilgan kishiga hurmatsizlikdan dalolat beradi.
OAV matnlari miqyosida nutqning kommunikativ sifatlarini tahlil etish va unga amal qilish jurnalist muloqotining samarali, ta'sirchan va foydali bo‘lishini ta'minlaydi.
Odatda, yaxshi nutq yozayotgan, so‘zlayotgan va muloqot qilayotgan kishining nutq madaniyati yuqori darajada ekanini bildiradi. Jurnalist nutqi uning shaxsiy madaniyati darajasigina emas, u ishlayotgan nashr yoki tele- va radiokanalning madaniy saviyasidan darak beradi.
Jurnalist muloqotni maqsadga muvofiq tarzda uyushtirishi uchun to‘g‘ri nutq qoida va mezonlaridan xabardor bo‘lishi hamda undan mohirona foydalana olishi kerak.
Turli intellektual ta'lim darajasiga ega kommunikantlarni umumiy asosda birlashtiruvchi kommunikativ xususiyat, bu jurnalist nutqining to‘g‘riligidir.
Nutqning to‘g‘riligi bu – zamonaviy adabiy til normalariga amal qilingan nutqdir. OAVda adabiy til me'yorining buzilishi e'tiborsizlik, qanday gapirish, yozish kerakligini bilmaslik, nutqning ifodaliligini kuchaytirish maqsadida me'yordan chekinish hollari bilan bog‘liq. Ko‘p holda og‘zaki nutqda kelishik qo‘shimchalari farqlanmaydi va natijada morfologik xatoga yo‘l qo‘yiladi.
Lug‘aviy ma'noning buzilishi: “...yosh ijodkorlarning akvarel va qalam tasvirlari, liboslar eskizi, zardo‘zlik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, biser to‘qish kabi ijodiy ishlari o‘rin olgan”. Biser to‘qilmaydi balki tikiladi.
Sinonimning ortiqcha ishlatilishi ham nutq to‘g‘riligining buzilishiga sabab bo‘ladi: «U mazkur sohada qizg‘in faoliyat ko‘rsatib, insonlar taqdiri va odamlarning hayot - mamotini hal etishda adolatga suyanib ish ko‘rmoqda» (“Adolat”).
Nutq o‘rinli bo‘lsagina, samarali bo‘lishi mumkin. O‘rinli nutq deb kommunikativ vaziyatning barcha mezonlariga mos keluvchi nutqqa aytiladi.
OAV matnlarida o‘rinlilikning ikki turi ajratib ko‘rsatiladi:

  1. mazmun jihatidan o‘rinlilik, ya'ni aytilgan ibora mazmunining muloqot sharoitlariga mos kelishi;

2) stilistik jihatdan o‘rinlilik, ya'ni muallif tomonidan qo‘llangan nutq vositalarining ibora mazmuni, janri va uslubiga mos kelishi. Masalan, jurnalist o‘z maqolasida og‘zaki nutqqa xos so‘zni ishlatishi ayrim hollarda o‘rinli bo‘lishi, maqolaning auditoriyaga yaxshi yetib borishini ta'minlashi mumkin. Buni ushbu misol tasdiqlaydi: «Mirhamid tushmagur savdodan tushgan pullarni nazorat kassa mashinasidan o‘tkazishdan ko‘ra, hamyonga urishni xush ko‘rdi» («Xalq so‘zi»). Bu yerda tushmagur so‘zi ma'noni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Jurnalist nutqida xoh u og‘zaki (radio, televidenie), xoh yozma bo‘lsin, mazmun va stilistik jihatdan o‘rinlilikka e'tibor beriladi. Jurnalist matnida gaplar bir-biriga o‘rinli bog‘lanishi va mazmunan to‘g‘ri kelishi kerak. Masalan, “Mohiyat” gazetasida “Jamiyat oiladan boshlanadi” deb nomlangan maqolada kirish so‘zi “Bismillohu rahmonu rahim” bilan boshlanadi. Bunday kirish so‘zi maqola mazmuniga nisbatan o‘rinli qo‘llanilgan. Maqolada oila, nikoh to‘g‘risida gap ketadi va barcha keltirilgan misollar va sitatalarni jurnalist o‘rinli qo‘llaydi: “Qur'oni karimda shunday deyiladi: “Xotinlarga mehrlaringizni mamnunlik bilan beringiz!” (“Mohiyat”).
Tilning tasviriy vositalaridan o‘rinli foydalanish. Masalan: “Quvonchini jigarlari bilan baham ko‘rdi”; “baxtiga turmush o‘rtog‘i yaxshi chiqib, Xosiyatning jigarlarini o‘ziga yaqin ko‘rdi” (“Mohiyat”.).
Matnlarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘p holda tasviriy vositalar o‘z o‘rnida qo‘llaniladi. Bu narsa jurnalistning matn tuzish mahoratiga ega ekanidan dalolat beradi.
Gazeta sahifalarida o‘rinlilikning quyidagi buzilish holatlari kuzatilmoqda: «O‘quvchilar esa, ushbu darslarga ota-onalari, o‘qituvchi, tarbiyachilar va o‘rtoqlaridan uyalib qolmasliklari uchun butun chorakda olgan bilimlarini aytib va yozib bera oladilar» (“Turkiston”.). Ushbu misolda so‘zlarning noo‘rin qo‘llanganligini kuzatishimiz mumkin. Tarbiyachi o‘rniga murabbiylar so‘zi qo‘llanilganda o‘rinli bo‘lardi. Ikkinchi jumlada ham o‘rinlilikning buzilganini kuzatish mumkin. Qanday qilib o‘quvchilar olgan bilimlarini bir vaqtning o‘zida ham aytib, ham yozib bera oldilar? Balki og‘zaki va yozma bayon qila olarlar. Misolardan ko‘rinib turibdiki, o‘rinlilikning buzilishi aniqlik va mantiqiylikning buzilishiga olib keladi.
So‘zni o‘rinli qo‘llamaslik: «Toji aka bu rivoyatni aytib berish asnosida nima demoqchi ekanligini, nimaga sha'ma qilayotganligini yurakdan his etgan kishi» (“Mohiyat”.) kishi so‘zi o‘z o‘rnida ishlatilmagan. “Toshkent hayvonot bog‘ida 3-4 kiyik boqilib turibdi .
OAV matnlarining maqbullik, tushunarlilik deb atalmish yana bir kommunikativ sifati muloqot vaziyati bilan bog‘liq va u ma'lumot aniq adresatga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Lekin ma'lumotni qabul qiluvchi adresatlar o‘rtasidagi farq mavjudligi sababli har doim ham tushunarlilikka erishilmaydi. Masalan, “... 16 kilometr uzunlikdagi yopiq-yotiq zovurlar tozalanib, ishchi holatiga keltirildi; “... xo‘jaliklararo zovurlar tozalash rejalashtirilgan bo‘lib ... “, “... ochiq zovurlar bilan ta'minlangan...”; “... tik zovurlar bilan ta'minlangan maydon..”, “... Bir smenada 150 – 200 pogon metr zovur tozalayapmiz” (“O‘zbekiston ovozi”. 25.02.05).
Gazeta matnlarida jurnalistlar, matn mazmuni tushunarli bo‘lishi lozimligi borasidagi mezonga xilof ravishda, avvallari tilimizda qo‘llanilgan, hozirgi paytda ko‘pchilik uchun tushunarsiz so‘zlarni qo‘llaydi. Masalan: «Bugun qariyb hammani maftun etayotgan bu tuyg‘ularni o‘z o‘rnida, obro‘-e'tiboriga mos shaklda, qadr-qimmatini teran anglagan xolda, bir so‘z bilan aytganda, «nonini halollab» istifoda etmoq zarur» (Hurriyat»); «Sevgida u lirik, muloyim, inja munosabatlarga moyil» («Turkiston».; «Muzaffar bu so‘zdan qattiq ranjidi va noshoyista so‘zlarni aytdi» (“Toshkent okshomi”.). O‘quvchi har doim ham istifoda, noshtoyista, inja so‘zlarining ma'nosini tushunavermaydi.
Jonli nutqda jumlalarning g‘alizligi, uslubiy xatolar ma'lumotni tushunishni qiyinlashtiradi. Masalan, “Tushunchalarning mazmun va hajmi o‘rtasidagi miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq amalga oshiriladi” (R. Yoshlar).
Nutqiy xatolar til qoidalaridan chekinish sifatida izohlanadi. Biroq matnda uchraydigan xatolarning kelib chiqishining sababi turlicha, ularni baholash esa qiyin bo‘ladi. Hozirda matnda uchraydigan nutqiy xatolar psixologiyasi maxsus tadqiqotlar predmetiga aylandi.
Tushunarli-tushunarsizlikning yorqin tarzda namoyon bo‘lishi terminologik jihatdan kuzatiladi. Ko‘pincha o‘z eruditsiyasini ko‘rsatishga intilish asosiy kommunikativ vazifa, ya'ni o‘rtacha statistik auditoriyaga tushunarli bo‘lishga harakat qilishdan ustun keladi. Jurnalist o‘z nutqining terminologik, mazmun va tuzilish jihatidan matnini boyitish (murakkablashtirish) chog‘ida o‘quvchining intellektual darajasini hisobga olishi lozim.
Nutqning aniqligi auditoriya tomonidan OAV matni to‘g‘ri tushunilishini ta'minlovchi yana bir mezondir. OAV matnlarida nutq aniqligiga amal qilish uchun jurnalist so‘z va so‘z birikmalarini ma'noga mos holda qo‘llashi lozim. U nutqni shunday tuzishi kerakki, auditoriya uni noto‘g‘ri anglamasin.
OAV matnlarida aniqlikning ikki turi kuzatiladi:

  1. faktik;

  1. nazariy.

Faktik aniqlik deganda mediamakonda berilayotgan ma'lumotning to‘g‘ri bo‘lishi, buzib talqin etilmasligi nazarda tutiladi. Aniqlikning mazkur turi OAV matnlarining afzalligi sifatida tan olinadi.
Jurnalistning yozma va og‘zaki nutqida aniqlikning buzilishi quyidagi holatlarda kuzatilmoqda.
Mantiqiy jihatdan voqyelikka zid tushunchani ifodalovchi so‘zlarning ishlatilishi. So‘zning noo‘rin tanlanishi oqibatida: “...guvohlarning guvohlik berishicha” . Bu yerda ko‘rsatma so‘zi ishlatilsa, aniqlik buzilishining oldi olingan bo‘lar edi. “ ...guvohlarni ko‘rgazma berishicha...”, ko‘rgazma so‘zining o‘rniga ko‘rsatma bo‘lishi kerak. “Ota – bobolarimiz, buvi-yu momolarimiz doim «To‘rt muchaling sog‘ bo‘lsin» deya duo qiladilar». Muchaling so‘zining o‘rniga muchang so‘zini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. “Qadimgi obidalarimiz peshtog‘idagi yozuvlar chapdan o‘ngga tomon ko‘rsatiladi”. Arab alifbosida o‘ngdan chapga o‘qiladi va yoziladi.
Ba'zan so‘zni o‘z o‘rniga qo‘yib gap tuza olmaslik oqibatida ham aniqlik buziladi. Maslan, “Rossiyaning Oltoy o‘lkasida Barnaul shahrida ot fermasidan chiqqan yong‘in natijasida 25ta ot halok bo‘ldi. Ma'lumotga qaraganda, salkam 250 metr otxonaning hammasi olov ichida qolgan. Mutaxasisslar yong‘in isitish pech(i)dan noto‘g‘ri foydalanganlik deb aytishmoqda ” .
Sondagi aniqliklikning buzilishi: “ Komissiyaga kelib tushgan 558 ta murojaatning 101tasi Surxondaryo viloyatidan. Murojaatlarning mazmuniga ko‘ra, 177tasi okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyati ustidan norozilik ma'nosida. 197tasi saylovni tashkil etish va o‘tkazish jarayonidagi ayrim qonunbuzilishlar haqidadir. Sudlar faoliyatidan norozlik 27 ta, prokuratura va milliy xafsizlik xizmati faoliyatidan arzlar 24 ta, hokimlar say'-harakatlaridan norozilik 48 ta murojaatda aks etgan” .

Download 40,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish