MANTIQIY SAVOLLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining istiqbolda
takomillashtirilishi lozim bo‘lgan jihatlarini tahlil qiling.
2. Dastlabki (priori) va navbatdagi (posteriori) nazoratning xususiyatlarini
tahlil qiling. O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sud tomonidan dastlabki va
navbatdagi nazorat tartibida ish yuritish xususiyatlarini yoriting.
1 VA 2 MANTIQIY SAVOLLARGA JAVOBLAR
Konstitutsiyaviy sudlar insonning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya
qilish, davlat hokimiyati tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar
muvozanatini barpo etish, Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash hamda uni
maxsus muhofaza qilish maqsadida yaratilgan. Milliy va xorijiy ekspertlarning
fikricha, konstitutsiyaviy odil sudlov demokratik davlatchilikning muhim sifat
belgisidir. Konstitutsiyaviy odil sudlov konstitutsiyaviy nazoratning oliy shakli,
zamonaviy
demokratik
davlatning
alohida
talabi,
zaruriy
institutidir.
Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash hamda mamlakatimizda qonuniylik
muhitini, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini yaratishning ishonchli
garovidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sud hokimiyatining alohida
tarmog‘i bo‘lib, uning faoliyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning
hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligini nazorat qilishga qaratilgan. 2017-yil
1-iyunda matbuotda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
ayrim moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida (80, 93, 108 va 109-
moddalariga)» va «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
to‘g‘risida»gi qonunlar konstitutsiyaviy sudlovni zamon talabiga muvofiq
takomillashtirishga
qaratilgan.
Zero,
2017-2021-yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasiga muvofiq sud-huquq sohasida ham tub islohotlar amalga oshirilayotir.
Bu jarayonda Konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirishga ham ehtiyoj
tug‘ildi. Sohaga oid yangi qonun Konstitutsiyaviy sud faoliyatining
samaradorligini va nufuzini oshirish, mustaqilligini mustahkamlashga xizmat
qiladi. Chunki shu asosda mazkur sudning vakolatlari kengaytirilib, uni
shakllantirish tartibi yanada demokratlashtirildi.
Yangi qonun “konstitutsiyaviy qonun” maqomiga ega bo‘ldi. Qonunda
Konstitutsiyaning ustunligi, taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi kabi yangi
prinsiplar o‘z ifodasini topdi. Har bir prinsipning mazmun-mohiyati alohida
moddalarda ochib berildi. Konstitutsiyaning ustunligi prinsipiga to‘xtaladigan
bo‘lsak, Konstitutsiyaviy sud o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining ustunligini, qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi
hokimiyatning hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligiga doir
konstitutsiyaviy prinsipning va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshqa
normalarining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashga da’vat etilgandir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda
ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama
ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda, degan edi. Shu ma’noda
qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatning hujjatlarida inson huquqlari
va erkinliklari ustuvorligiga doir konstitutsiyaviy prinsipning ro‘yobga
chiqarilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgani muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon konstitutsiyaviy sudlari tarixidan ma’lumki, mazkur sudlarning
jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, davlat hokimiyati tizimida muvozanatni
ta’minlashdagi roli, amalga oshiradigan vakolatlarining siyosiy-huquqiy
ahamiyatidan kelib chiqib, uning a’zolariga boshqa sudlar sudyalariga nisbatan
yosh va malaka talablari yuqori qo‘yiladi. Yangi qonunda Konstitutsiyaviy sud
sudyasining sudyalik lavozimida bo‘lishiga oid yosh senzi belgilandi.
Demak, bu borada eng yuqori yosh – yetmish yoshni tashkil etadi.
Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablarga
ko‘ra, siyosat va huquq sohasi mutaxassisi bo‘lgan, yuksak ma’naviy fazilatlarga
va zarur malakaga ega bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanishi mumkin.
Yosh senzining 30 yoshdan 35 yoshga o‘zgartirilgani o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yoshda shaxsning bilim va tajribasi yanada
oshgan, hayotga bo‘lgan qarashlari ham to‘laqonli shakllanib, muayyan hajm va
mazmundagi ishlarni maromida amalga oshirish imkoniyati ortgan bo‘ladi.
Qonunga muvofiq, ayni bir shaxs ikki martadan ortiq Konstitutsiyaviy
sudning sudyasi etib saylanishi mumkin emas. O‘zgarishlardan yana biri
Konstitutsiyaviy sud sudyalarining saylanishi bilan bog‘liq. Avval sudyalar
Prezidentning taqdimiga binoan Senat tomonidan sud raisi, rais o‘rinbosari va
Konstitutsiyaviy sudning a’zolaridan iborat tarkibda saylangan. Endilikda
Konstitutsiyaviy sud sudyasi Prezidentning taqdimiga binoan Senat tomonidan
Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan shaxslar orasidan saylanadi. Konstitutsiyaviy
sud raisi va uning o‘rinbosari Konstitutsiyaviy sud majlisida uning sudyalari
orasidan saylanadi. Ya’ni Konstitutsiyaviy sudning raisi va uning o‘rinbosari Senat
tomonidan saylanmaydi. Rais va uning o‘rinbosarini sudyalarning o‘zlari
ichlaridan saylashlari yanada demokratik tabiat kasb etadi. Bunday holat xalqaro
standartlarda yuksak e’tirof etiladi. Konstitutsiyaviy sudning sudyalari avval
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida qasamyod qilishi belgilangan bo‘lsa,
endi Senat majlisida Konstitutsiyaviy sudning sudyasi saylangan paytda qasamyod
qiladi. Bu oqilona yechim bo‘lib, sudyaning qasamyod qilish vaqti
aniqlashtirilgani ushbu taomil vaqtida bajarilishini ta’minlaydi. Avval sudyalar
qachon qasamyod qilishi aniq belgilab qo‘yilmagan edi.
Yangi qonunda raisning vakolatlari bayon etilgan. Bunda alohida ta’kidlash
joizki, raisning boshqa sudyalardan ustunlik tomoni mavjud emas. Faqatgina
ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi
hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy sud avval faqat Prezident farmonining Konstitutsiyaga
muvofiqligini aniqlash vakolatiga ega bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bunga qarorlar va
farmoyishlar ham kiritildi. Shuningdek, Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy
qonunlar, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarning
imzolanguniga qadar Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash vakolatiga ega bo‘ldi.
Oliy sudning muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy
hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan
kiritilgan murojaatlarini ko‘rib chiqadi. Har yili Oliy Majlis palatalariga va
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentiga
mamlakatdagi
konstitutsiyaviy
qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Jahon konstitutsiyaviy sudlari amaliyotiga nazar tashlasak, ular “ex-ante”,
ya’ni hujjat imzolanmasidan avvalgi va “ex-post”, ya’ni hujjat kuchga kirganidan
keyingi nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sud avval hujjat
kuchga kirganidan keyingi nazoratni amalga oshirib kelayotgan edi. Endilikda
konstitutsiyaviy qonunlar, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi
qonunlar imzolanguniga qadar dastlabki nazoratdan o‘tkaziladi.
Mamlakatimizda Oliy sud fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud
ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi bo‘lib, quyi sudlarning
sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish hamda Konstitutsiyaviy sudga masala
kiritish huquqlariga ega. Shundan kelib chiqib, umumiy yurisdiksiya sudlarida
shunday ehtiyoj tug‘ilganida Oliy sud orqali Konstitutsiyaviy sudga murojaat
qilish imkoniyati qonunan mustahkamlandi.
Konstitutsiyaviy sudga har yili Oliy Majlis palatalariga va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati
to‘g‘risida axborot taqdim etish vakolatining kiritilishi har tomonlama to‘g‘ri
bo‘ldi. Mazkur axborot Oliy Majlisga qonunlar sifatini oshirishda hamda ularning
bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda, davlat boshlig‘iga esa
kafillik funksiyasini bajarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Qonundagi
muhim jihatlardan yana biri – Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega
bo‘lgan subyektlar doirasiga o‘zgartirish kiritildi. Endilikda Vazirlar Mahkamasi,
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ham bunday
huquqqa ega bo‘ldi.
Oliy Majlis palatalari kollegial organ ekanligi hamda palatalar masala
kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyekt sifatida qayd etilganligi, bundan tashqari,
Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari ham muayyan miqdordagi (kamida
to‘rtdan bir qismi) deputatlar guruhi, senatorlar guruhi bilan masala kiritish
huquqiga ega ekanliklarini hisobga olib Qonunchilik palatasining Spikeri,
Senatning Raisi masala kirituvchi subyektlar qatoridan chiqarildi.
Agar avval Oliy sud raisi masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan bo‘lsa,
mazkur organning kollegial idora ekanligidan kelib chiqib, endilikda Oliy sud
bunday huquqqa ega ekanligi belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyaviy sudning
faoliyatini moliyalashtirish Davlat byudjetida alohida satrda nazarda tutilishi
belgilangandi. Bu ham Konstitutsiyaviy sudning davlat hokimiyati tizimida tutgan
o‘rnidan dalolat bo‘lib, sudning moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga xizmat
qiladi. Qonunda yuqoridagilardan tashqari Konstitutsiyaviy sud sudyasining
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish asoslari “Sudlar to‘g‘risida”gi qonundagi
umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
asoslari bilan birxillashtirildi.
Konstitutsiyaviy sud devoni, Konstitutsiyaviy sud huzurida tuziladigan
ilmiy-maslahat
kengashi
huquqiy
maqomi
qonunan
mustahkamlandi.
Konstitutsiyaviy sudning qarorlari, xulosalari va boshqa hujjatlari mazkur sudning
rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi Konstitutsiyaviy sudning hujjatlari e’lon qilinadigan
rasmiy manbaga kirishi, Konstitutsiyaviy sud sudyalari kiyim-boshining tavsifi va
namunasi Senat tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi.
Xulosa qilib aytganda, bu me’yorlar Konstitutsiyaviy sud faoliyatining
samaradorligini va nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Konstitutsiyaning ustunligini
ta’minlashga oid faoliyatni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga zamin
yaratadi.
KAZUS:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan birinchi
marotaba sudyalik lavozimiga nomzodi ko‘rib chiqilayotgan B.Nurmatovning
sudyalik lavozimiga munosibligini o‘rganib chiqildi.
Sudyalar oliy kengashi tomonidan B.Nurmatovning 7 yil avval Ipoteka
bankida yurist lavozimida ishlagan davridagi shaxsiy va kasbiy sifatlari haqidagi
fikrini bank rahbariyatidan so‘radi. Bank rahbariyati B.Nurmatov ko‘pincha ishga
kechikib kelgani, ba’zida hujjatlarni ijro etish bilan bog‘liq kamchiliklarga yo‘l
qo‘yganini aytib o‘tdi.
Natijada, o‘tkazilgan surishtiruvga binoan 2020 yil 15 noyabr kuni Sudyalar
oliy kengashi tomonidan B.Nurmatovning sudyalik lavozimiga munosib emasligi
haqida qaror qabul qilindi.
B.Nurmatov Sudyalar oliy kengishining mazkur qaroridan norozi bo‘lib
unga qarorni qayta ko‘rib chiqish haqida iltimosnoma kiritdi. Iltimosnomada
qonunga binoan benuqson obro‘-e’tibor, halollik, layoqatlilik, yetarli hayotiy
tajribaga egalik, odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan
kasalliklarning yoki jismoniy nuqsonlarning mavjud emasligi birinchi marta
tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlari ekanini ta’kidlab, unda 7
yil avval yangi ish boshlagan bankda yo‘l qo‘ygan kichik kamchiliklari
mezonlarning birontasiga daxl etmasligini ta’kidladi. Shuningdek, har qanday
insonda bunday kamchilikning borligi, buning uchun sudyalik lavozimiga munosib
emaslik haqida qaror qabul qilish adolatsiz ekanini ta’kidladi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |