Grammatik xatolar. So‘z tuzilishi, jumlada so‘zlarning bog‘lanishi, gap qurilishi g‘alizligi so‘zlovchiga nisbatan salbiy munosabatga va tinglovchiga ma'lumot yetkazishda to‘sqinlikka sabab bo‘ladi. Ko‘p hollarda so‘zlarning noto‘g‘ri joylashuvi tushunishga qiyinchilik tug‘diradi. Masalan: “Mana ikki-uch kundan beri hamma bir-birini tabriklagan g‘alaba bilan deydi” (“Mohiyat”) aslida Mana, ikki - uch kundan buyon hamma bir-birini g‘alaba bilan tabriklagan.
Grammatik xatolarning ko‘p qismi otli va fe'lli birikmalarga to‘g‘ri keladi.
Kishining operativ xotirasi uzun sintaktik birikmalarni eslab qo- lishda qiynaladi. Binobarin, og‘zaki nutqda ularni qo‘llamaslik kerak. Aks holda, murakkab gaplarni moslashtirish bilan bog‘liq xatolar yuzaga keladi. Bundan tashqari, birlikda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan otlarni ko‘plikda qo‘llash (yoki, aksincha) da ham shunday holatlar yuzaga keladi.
Grammatikada ko‘p yillar davomida bartaraf etilmagan barqaror xatolar ham ajratiladi:
– kelishikdagi boshqaruvda;
– so‘z shaklini yasashda;
– moslashuvda.
Ko‘pincha jurnalistlar otlarni kelishiklarda noto‘g‘ri turlaganidan eng ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishadi.
Leksik xatolar. Leksik me'yor deganda, so‘z qo‘llashning qoida va qonuniyatlari tushuniladi. Til me'yorlari bilan leksikaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki, so‘zlar til birligi sifatida o‘z ma'nosiga ega bo‘lgan mustaqil til elementi sifatida norma uchun “qurilish materiali” bo‘lib xizmat qiladi.
Jurnalist nutqida, yozma matnda keraksiz so‘zlar ishlatilishi ko‘p kuzatiladi. Birinchi o‘rinda ularni xato aytilgan fikrlardan farqlash lozim. Qoidaga ko‘ra, so‘zlovchi xato aytilgan fikrni anglagan holda, o‘z xatosini o‘zi tuzatadi.
Har bir jurnalist leksik me'yor xususiyatlarini aniqlash va xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun normativ izohli lug‘atlarga murojaat etish lozim. Chunki lug‘atlarning vazifasi, muayyan leksik birliklarni to‘la ko‘rsatishdan tashqari, leksik me'yorni qonunlashtiradi. Jurnalist leksik me'yorga amal qilishi uchun so‘zni to‘g‘ri qo‘llashi, so‘zning asosiy aniq va qo‘shimcha ma'nolarini bilishi talab etiladi.
OAV matnlari tadqiqi shuni ko‘rsatadiki, leksik me'yorning buzilishi so‘zning leksik ma'nosi va iboralarning boshqa so‘zlar bilan birikishida o‘ziga xosligini bilmaslik oqibatida kelib chiqadi. Bunday xatoni to‘g‘rilashda izohli, frazeologik, terminologik va boshqa lug‘atlardan foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |