5.3. CHORVACHILIKDA MO‘YNALI MAHSULOTLAR BERADIGAN QUNDUZ, NUTRIYA XAYVONLARINI BOQISH.
Qunduz daryo qunduzi (Lutra lutra) - suvsarsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon (30-rasm). Yevropa, Osiyo, Shimoli-G‘arbiy Afrikada tarqalgan.
G avdasi 70 sm dan ortiq, og‘irligi 10 kg cha. Uchi ingichkalashgan dumi 45 sm cha. Panjasi qisqa, barmoqlari teri parda bilan birlashgan. Mo‘ynasi (qishdagisi qadrlanadi) ho‘llanmaydi. Qishda suvning muzlamagan joylarida yashaydi. Bahor-yoz mavsumida asta-sekin to‘laydi. Yumshoq to‘shamali uyasini suv havzasining baland qirg‘oqlariga yashaydi. Bo‘g‘ozlik davri 8-10 oy. Ikki yilda bir marta - aprel-mayda ko‘pincha, 3 bola tug‘adi. Asosan, baliq, baqa, ba’zan o‘rdak va b. bilan ovqatlanadi.
Qunduzsimon erqazar (Potamogale velox)-hasharotxo‘r sut emizuvchilar turkumining bir turi (31-rasm). G‘arbiy Afrikada tarqalgan. Gavdasining uzunligi 0,3 m (dumidan tashqari). Mo‘yiasi jigar rang, qorni oq, 40 tishli. Burun teshigi qopqoq bilan yopiladi. Suvda hayot kechirsa ham panjalarida suzgich parda yo‘q. Asosan, baliqlar bilan ovqatlanadi.
N utriya, suv bobri (Myocastor coypiis) - kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon, Tanasining uzunligi 60-85 sm, dumi 45 sm gacha, og‘irligi 10-12 kg. Tumshug‘i to‘mtoq, mo‘ylovlari uzun. Labi ko‘rak tishlari orqasidan mahkam juftlasha olgani sababli N. suv ostida ham narsalarni kemiradi. Orqa oyoq barmoqlari orasida tern parda bor Mo‘ynasi jigar rang. 1 -12 ta bola tug‘adi, Bo‘g‘ozlik davri 127-133 kun. Bolasi 4-5 oyligida jinsiy etiladi. 8-10 yil yashaydi. Janubiy Amerikaning janub qismidagi chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Ba’zi mollyuskalar, o‘simlik kurtagi, ildizi, mevasi va b. bilan ovqatlanadi. Mo‘ynasi juda sifatli va qimmatbaho. Fransiya, Buyuk Britaniya, Yugoslaviya, AQSh, Zakavkaze va Janubiy Tojikistan)da iqlimlashtirilgan. Nutriyachilik. xo‘jaligi va fermasi Zakavkaze, O‘rta Osiyo (Sirdaryo, Amudaryo va ular atrofidagi ko‘llarda, Moldaviya, Belorussiya, Ukrainada tashkil etilgan. Jigarrang, oq qora, pushti, tilla rang va b. Nutriyalar ham ko‘paytirilmoqda. Ovlanadi.
Nutriyalarning vatani Janubiy Amerika hisoblanib, yovvoyi holda issiq va nam iqlimli tropik zonalarda, qamishzor sersuv erlarda yashaydigan kemiruvchilar oilasiga mansub bo‘lgan zich mo‘ynali xayvon hisoblanadi.
Nutriyalar o‘z ozig‘ini asosan suvdan topadi. Ular suvda yaxshi suzaoladilar. Suv ostida birnecha minut bo‘laoladi. Binobarin, ularning bu xususiyati ko‘plab o‘z dushmanlaridan jon saqlab qolish imkonini beradi. Tabiiy sharoitda ular tungi hayvon hisoblanadi. Shunga ko‘ra o‘z o‘ljalarini tunda ovlaydilar.
Asosiy ozig‘i suv o‘simliklari (qamishlar) va ularning ildizlari. Suvdagi mayda jonivorlar ham ular uchun oziq sifatida foydalidir.
Vazni - o‘rtacha 6-7 kg, tana uzunligi 60-70 sm atrofida. Erkaklari 12 kg gacha va tana uzunligi 90 sm gacha bo‘ladi. Ko‘rak tishlari o‘tkir va ularning butun umr bo‘yi o‘sib boradi. Ularda 16 ta oziq tishi va 4 ta och pushti rang ko‘rak tishi bo‘ladi. Qo‘lda boqilgan nutriyalarning ostki jag‘ va ko‘rak tishlari bir-birlariga ishqalanib o‘tkirlashib turishi aniqlangan.
Ular yil mobaynida bir me’yorda urchishi va ko‘payish xususiyatiga ega. Erkak nutriyalar birmuncha serharakat bo‘ladilar. Qochmay qolgan urg‘ochi nutriyalar har 25-30 kunda qaytadan quyukka keladilar. Yiliga 2 marta, ba’zan ikki yilda 5 marta yuz beradi. Bug‘ozlik davri 127-137 kun. Har tug‘ishda 4-5 ta bola beradi. Lekin ayrim hollarda
10 tagacha va hatto 14 tagacha bola berishi mumkin. Tug‘ilgan bolalari harakatchan, kuzlari ochiq, tanasi jun bilan qoplangan bo‘ladi. Xatto tishlari ham bo‘ladi va suvda bemalol suzaoladilar. Bolalari 2-3 kunligidan onasi ozig‘inii topib boradi va 10-15 kunligidan boshlab kukat oziqlarni bemalol iste’mol qiladilar.
Emizikli davri 45-60 kun va 3-7 oyligida jinsiy balog‘atga etadi. Yashash davri - 6-7 yil, ba’zan undan xam kuproq. Lekin 3-4 yoshdan utgach, ularning serpushtlik darajasi birmuncha pasayib ketadi.
Nutriyalarni- mo‘ynasi quyonlarnikidan sifatli bo‘ladi. Binobarin, u qimmat turadi (32-rasm).
Xar doim sifatli oziqlar bilan boqilgan va yaxshi parvarish qilingan urg‘ochi nutriyalar butun yil davomida kuyukib turadi, qochadi va bolalaydi. Lekin ulardan nasl olish yoz va issik, kunlarga to‘g‘ri kelsa, bolalarining o‘t o‘simliklarni yaxshi iste’mol qilishi uchun kulay sharoit mavjud bo‘ladi.
Urg‘ochi nutriya bolalari 50-60 kunligida onalaridan ajratib olinib 7-8 tadan guruhlanadi va ularga qochirish uchun erkak nutriya qo‘yiladi. Katta yoshdagi nutriyalar tuqqandan so‘ng oradan 1-3 kun o‘tgach, ular yana kuyukka keladi. Erkaklari qo‘shilgach ular tezda qochadi va yana bug‘oz bo‘ladi. Lekin bu holat yaxshi natija bermaydi. Binobarin, tuqqaniga 22-25 kun o‘tgach qochirilsa, u ijobiy natija beradi. Nutriyaning bug‘ozligini aniqlash urg‘ochilarini, aynio‘sa yosh nutriyalarni qisir qolishi oldini olishdagi muhim tadbir hisoblanadi. Buning uchun urg‘ochi nutriyalar turgan kataklarga erkaklari kiritilib turiladi. Agar urg‘ochisi bug‘oz bo‘lsa, u erkagini yakinlashtirmaydi va ancha urishqoq bo‘ladi. Agar nutriya qochmagan bo‘lsa, ancha yuvvosh va moyillik bilan erkagini qabul qiladi. Bug‘oz nutriyalarni oziqlantirishda, kataklarni tozalashda ortiqcha shovqin-suron qilmaslik talab etiladi. Shuningdek, it, mushuk, g‘oz yoki boshqa hayvon hamda parrandalarni ularga yaqinlashtirmaslik lozim Nutriyalarni dumidan ko‘tarish va qiynash ko‘ngilsiz voqealarga (ko‘proq bola tashlashga) olib kelishi mumkin. Issiq kunlarda ularni toza suv, sovuq kunlarda toza muz va qor, sersuv va shirali oziqlar bilan ta’minlash yaxshi natija beradi. Shu bilan birga bir vaqtni o‘zida ko‘p miqdorda berilgan ildizmevalar ularning ovqat hazm qilish organlari faoliyatini buzadi, ayrim hollarda bola tashlashga olib keladi. Nutriyalar tug‘ishiga yaqin ularning kataklari tozalanadi, unga poxol va yumshoq somon yoki boshqa o‘simlik tushamalar solinadi. Qish kunlari esa xona isitilishi kerak. Hamma vaqt toza suv bilan ta’minlanadi.
Nutriya bolalarini etilganidagi vazni ular qancha tugilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar nutriya bolalari qanchalik ko‘p tug‘ilsa, ularning vazni shunchalik kichik yoki aksincha bo‘ladi. O‘z onalarini tez-tez emib turgan nutriya bolalari tez usadi va rivojlanadi. Chunki nutriya suti juda sermoy (26%) bo‘ladi. Agar ona nutriyaning elini kasallangan bo‘lsa, uning bolalariga pipetkalar yordamida kuniga 3-4 marta sigir suti berib turiladi. Shuningdek, yosh bolalariga sutga non tug‘rab berish ham yaxshi natija beradi.
Nutriya bolalari 2 oy bulguncha kuniga 40-50 g dan sut, 20 g dan non yoki makkajo‘xori uni olishi mumkin. Ko‘kat oziqlar esa ularni istaganicha beriladi. Nutriya bolalari 45 kunligidan boshlab, katta yoshdagi nutriyalar rasioniga o‘tkaziladi. Shuningdek, qora non, baliq moyi va vitaminlar berish tavsiya etiladi. Onasidan yoshligida ajratib olingan nutriya bolalari odamga tez o‘rganadi va uning oldidan uzoqga ketmaydilar. Nutriyalarning bolalashi uchun qulay vaqt 1 kvartal hisoblanadi. Chunki sovuq, tushguncha ular ancha yirik mo‘ynasi o‘siq va sifatli bo‘ladi. Lekin ko‘plab xo‘jaliklarda bu hol 2-4 kvartalga to‘g‘ri keladi.
Nutriyalar jadal o‘sishi va rivojlanishi uchun ularni rasion asosida boqish ijobiy natija beradi. Ularga beriladigan em-xashak sifatli bo‘lishi va toza holda dastlabki ishlov berishdan utgan bo‘lishi lozim Bunday oziqlar ularning fiziologik holatini yaxshilaydi, semirtiradi va usish-rivojlanishini tezlashtiradi. Oziq rasioniyoz kunlarida asosan kukat oziqlardan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, yangi urilgan kuk beda, boshoqli o‘simliklar poyasi, lavlagi, sabzi va ularning bargi va boshqaa tur shirali o‘simliklar shular jumlasidandir. Har bir nutriya uchun bir sutkada 100-150 g ildizmevani asosan kechqurun (qish kunlari esa ertalab va kechqurun) beriladi. Yem ular uchun eng to‘yimli oziq hisoblanadi. Ayniqsa, arpa, makkajo‘xori, suli, no‘xot, bug‘doy kabi don oziqlarni nutriyalar sevib iste’mol qiladilar. Nutriyalarga beriladigan em avval suvga namlansa yoki qaynatib berilsa, uning sifati, to‘yimliligi va hazm bo‘lishi yuqori bo‘ladi.
Nutriyalar rasionida mineral, yog‘i olingan sut, qon va suyak uni kabi oziqlar bo‘lishi ularning oqsil moddasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda, jadal semirishida va tez rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Nutriyalarning jun qatlami. Ularning jun qatlami asosan o‘siq dag‘al jun tolalaridan va kalta, lekin nihoyatda zich joylashgan tivit tolalardan tashkil topgan. Bu tolalar sovuq, kunlarda nutriya tanasini sovuqdan saqlash imkonini beradi. Teri qatlami qalinligi elka qismida yaxshi rivojlangan bo‘lsa, qorin, biqin, bosh va ko‘krak qismidagisi bir oz yupqa bo‘ladi. Bu xususiyat ularning mo‘ynasini ishlash davrida hisobga olinishi lozim
Nutriya mo‘ynasi engil sanoat uchun qimmatli mahsulot hisoblanadi. U o‘zining chidamliligi va pishiqligi bilan ondatra va quyon mo‘ynasidan ustun turadi. Ularning mo‘ynasidan ayollar va bolalar uchun sifatli bosh kiyimlar, yoqalar tayyorlanadi. Ayrim vaqtlarda ularning mo‘ynasini bo‘yash ham mumkin.
So‘yilgan nutriyalardan 2,5-3,5 sifatli go‘sht olish mumkin. Nutriya go‘shtidan ko‘plab chet mamlakatlarda, jumladan, Amerika kontinentida to‘yimli va mazali ovqat sifatida keng foydalaniladi. Shuningdek, mamlakatimizda ham keyingi yillarda nutriya go‘shtini iste’mol qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Nazorat savollari:
1. Nutriyalarning biologik xususiyatlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. Nutriyalarning urchishi va bolalashi to‘g‘risida tushuncha bering.
3. Qochirish uchun yosh nutriyalar qanday tayyorlanadi?
4. Nutriyalarning asosiy oziqlari va oziqlanishi to‘g‘risida so‘zlang.
5. Nutriyalarni jun qatlami va mo‘ynasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |