Ko’cha yo’l tarmoqlariga qo’yiladigan asosiy talablar
Reja:
Ko’chalar
Ko’cha yo’l tarmoqlarining prinspial sxemasi
Ko’cha yo’l tarmoqlariga qo’yiladigan asosiy talablar
Ko’cha unsurlari
Aholi yashash joylari ko’chalarining tasnifi
Yangi shaharni loyihalash va mavjud shaharni rekonstruksiya qilish jarayoni yashash hududi, sanoat hududi va aholining asosiy qatnash joylari o'rtasida eng qulay transport aloqalarini yaratish bilan bevosita bog'liq. Shaharning transport tizimini to'g'ri loyihalash, uning magistral ko'cha va yo'llarini, jamoat transportini joylashtirish shaharning bosh tarxini ishlab chiqish jarayonida bir qancha rejaviy, kompozitsion, transport va iqtisodiy ko'rsatkichlar hamda shaharning aholi joylashish tizimida tutgan o'miga qarab hal etiladi. Aholining yashash joyidan ishlash joyigacha va asosiy qatnash yerlarigacha (shahar markazi, vokzallar, shahar parklari va h.k.) bo'lgan masofani bosib o'tishida eng kam vaqt sarf etishini ta'niinlaydigan transport tarmog'ini loyihalash shaharsoziikda eng muhim masalalardan biridir. Bunda tarmoqning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari, harakat xavfsizligi shartlari, transport va piyodalar harakatining qulayligi hisobga olinishi lozim.
Ko'chalar deb, aholi yashash joylarining shahar transportining barcha turi, piyodalar, muhandislik kommunikatsiyalari, tashqi suvlarni vig'ish va olib chiqish uchun mo'ljallangan qismiga aytiladi. Ko'chalar transport oqimlarini o'tkazadi va ko'chalarga yaqin imoratlarga xizmat ko'rsatadi.
Ko 'cha yo ’l tarmoqlarining prinsipial sxemasi.
Ko'pchilik shaharlarda ko'cha yo'l tarmoqlari uzoq vaqt davomida thakllangan va u har bir shaharning rivojlanish bosqichlarini ko'rsatadi. Magistral ko'cha yo'l tarmoqlari konfiguratsiyasi bo'yicha bir qancha prinsipial sxemaga bo'linadi. Bu sxemalar toza holda uchramaydi, ularning o'rniga kombinatsiyalar ishlatiladi.
Radial sxema - qadimiy shaharlarning markaziy qismlari tipik tarmog'i. Shaharning rivojlanishi va undagi qurilishning o'sib borishi shahar yo'llari bo'ylab amalga oshgan. Qal'a yoki bozorlar shahar markazi, ya'ni yadrosi hisoblangan. Bunday sxema quyidagi qulaylik va kamchiliklarga ega: qulayligi - shahar markazi bilan oson bog'lanishi; kamchiligi - tumanlararo barcha transport markaz orqali o'tishi. Avtomobillar soni ortib bormasdan avval uncha katta bo'lmagan shaharlarda bu sxemada transport muammosi bo'lmagan. Hozirgi davrga bu sxema umuman yaramaydi.
Radial halqasimon sxema - halqali ko'chalar radial ko'chalar bilan to'ldiriladi. Ko'pchilik hollarda halqa ko'chalar qal'a devorlari o'rnida yuzaga kelgan. Ushbu sxema radial sxemaning birmuncha yaxshilangan varianti hisoblanadi. Bunday sxema shahar tarhlarida bizning davrimizgacha yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |