5.5. NORKA HAYVONINI BOQISH VA KO‘PAYTIRISH
N orkalar harakatchan, tanasining vazniga nisbatan kuchli yirtqich hayvon xisoblanadi. Ular o‘zlarining kelib chiqishi va ayrim xususiyatlariga ko‘ra ikki turga bo‘linadi. 1. Amerika turi. 2. Yevropa turi. Amerika norkasining quloq suprasi aylana shaklida, mo‘ynasi quyuq va sifatli. Binobarin, amerika norkasi ko‘pchilik zona xo‘jaliklarida ko‘paytiriladi. Yevropa turining quloq suprasini uchi toraygan va biroz ingichkalashgan ko‘rinishga ega. Shuningdek, ularning dumi 5-10 sm kaltaroq bo‘ladi. Ko‘plab xo‘jaliklarda Alyaska norkasi va Kentay norkasi ham boqiladi va ko‘paytiriladi.
Norkalarning tana uzunligi 60-80 sm atrofida. Erkaklarining vazni 1000-3000 g, ayrim hollarda 3,5-3,8 kg ham bo‘lishi mumkin. Urg‘ochilari 700-1900 g tosh bosadi. Ular suvda yaxshi suzaoladilar. Ayrim hollarda norkalarning yovvoyi holda ko‘l, daryo va suvli erlarda yashashlari aniqlangan. Bunga asosiy sabab ularning oziq rasionining deyarli 70-75 foizi turli xil mayda va o‘rtacha xayvonlardan tashkil topganligidir. Masalan, hamma turdagi baliqlar, baqalar, qiskichbaqalar, molyuskalar, kalamush, sichqon, olmaxon, ondatra, qushlar, ilonlar va hatto hasharotlar shular jumlasiga kiradi. Shuningdek, ularning rasionini 25-30 foizi turli xildagi o‘simliklar va ularning doni, mevalari, sabzavot ekinlaridan iborat. Norkalar yovvoyi holda oila bo‘lib yashamaydi. Kuyukka kelgan urg‘ochi norkalar qochgach, o‘zining bo‘lajak bolalarini erkagidan saqlash uchun uzoq masofalarga jo‘nab ketadi. Bir onadan tug‘ilgan 2-3 tabolalari kuz kelishiga qadar birga, onalari yonida bo‘lishadi, so‘ng har tomonga tarqalib ketishadi. Norkalar asosan tungi hayvon hisoblanadi. Lekin ayrim vaqtlarda kunduzi ham ov qiladi. Ular qochish va qochirish vaqtida juda aktiv (faol) bo‘ladilar. Ularning oyoklari kalta, lekin baquvvat, barmoqlari jun bilan qoplangan, orasi suzgich parda bilan birlashgan bo‘ladi. Barmoqlari bir-biridan mustasno harakatlanish xususiyatiga egadir. Norkalar olmaxon kabi tik daraxt yoki sim turlarida tezlik bilan harakat qila oladilar. Ularning terisi asosan jigarrang, lekin hozirgi vaqtda 5-6 xil tuslari ham yaratilgan.
Norkalarning boshi ularning jinsini aniqlashda muxim belgi hisoblanadi. Erkaklarining boshi yumaloq, keng, ancha qupol bo‘ladi. Urg‘ochilariniki esa-bir oz cho‘ziqroqdir. Bir oylik bo‘lgan bolalarining bunday jinsiy demorfizmi yaxshi ifodalangan. Norkaning kuzi yumaloq, yaltirab turadi, asosan qora rangda. Lekin ayrim vaqtlarda jigarrang, qizil yoki och pushti va ko‘k rangda bo‘lishi ham mumkin. Umuman ularning ko‘zi, tanasi va mo‘ynasining rangiga qarab turlicha bo‘ladi (33-rasm).
Norkalar uzoq yillardan beri qo‘lda boqish va ko‘paytirishga moslashgan. Ular ustida seleksiya va naslchilik ishlarini olib borish natijasida ularning unlab turli xil rang mo‘ynalarini etishtirish imkoniga ega bo‘lindi. Hozirgi vaqtda mo‘ynachilik xo‘jaliklarida norkalarning standart (to‘q jigar rang), havo rang, jigar rang, oq va qora rangli turlari ko‘plab urchitilmoqda va ko‘paytirilmoqda. Norkalar yiliga bir marta, fevral oyining dastlabki kunlarida kuyukka keladi. Bu vaqtda ular turli xil ovoz chiqaradi va erkagini qarshilik ko‘rsatmagan holda qabul qiladi. Jinsiy instinkt erkaklarida kuchli rivojlangan, ayrim hollarda bir urg‘ochi norkani bir necha bor zo‘rlab qochirishi kuzatilgan. Lekin, ayrim vaqtlarda bu hol ikki jins o‘rtasida urush va bir-birlarini tishlab jarohatlashgacha olib keladi.
Norkalarning kuyukish muddati 25-30 kun davom etadi. Tuxum xo‘jayralarining tuxum yo‘lidagi harakati ham 6-7 kun davom etadi. Tuxum xo‘jayra tuxum yo‘lining yuqori qismida otalanadi va 10-40 kun mobaynida tuxum yo‘lida to‘xtab qoladi. Bu davr latent davri deb ataladi. Ayrim hollarda qochirilgan norka tanasida qo‘shimcha (yangi) tuxum hujayralar hosil bo‘ladi, shunga ko‘ra ular yana erkaklari bilan qo‘shilishga harakat qilishadi. Qo‘shimcha qochirish natijasida yana yangi embrionlar vujudga keladi.
Norkalarning bug‘ozlik davri 40 kundan 73 kungacha davom etadi. Bunday katta farq bo‘lishining asosiy sababi ularda latent davrining va embrionlar miqdorining xar xil bo‘lishidadir. Embrionlari ko‘p bo‘lgan norkalarning bug‘ozlik davri birmuncha cho‘zilishi aniqlangan.
Norkalarni boqishda ularning rasionini minimal yoki maksimal darajada uzgarishiga yul quymaslik lozim Chunki minimal darajadagi rasion norkalarning sog‘ligi saqlanishi bilan mahsuldorligi pasayib ketadi va maksimal darajada bo‘lganida ovqat hazm qilish organlarining jadal ishlashi natijasida jigari va ayrim organlarining faoliyati buziladi. Shuning uchun rasion doimo me’yor darajada bo‘lishi kerak. Xo‘jaliklarda rasion tuzishda norkalar organizmining oziq moddalarga ehtiyojini to‘la qondirish hisobga olinadi. Bunda hyvonlarning yoshi, jinsi va yilning fasliga e’tibor beriladi. Norkalarni cog‘lom saqlash va mahsuldorligini oshirishga katta ahamiyat beriladi, fiziologik holati (urchishi, o‘sishi, homilasining rivojlanish qobiliyati va boshqalar) hisobga olinadi. Xo‘jalikda norkalarni baliq, go‘sht va go‘sht-baliq bilan boqish usullari qo‘llaniladi. Baliq bilan boqish usulida xayvonlar oladigan jami kaloriyaning 50 foizdan ko‘prog‘i baliqlarga va baliq mahsulotlariga, go‘sht bilan boqishda esa turli hayvonlar go‘shti va ichak-chavoqlarga to‘g‘ri keladi. Go‘sht-baliq bilan boqishda rasionda kaloriyasi va to‘yimlilik darajasi teng bo‘lgan, teng miqdordagi go‘sht va baliq mahsulotlari bo‘lishi kuzda tutiladi.
Zaruriyat bo‘lgan paytlarda yosh norkalarning o‘sishi va rivojlanishini yaxshilash, katta yoshli norkalarning urchish qobiliyatani oshirish va yuqori sifatli mahsulot etishtirish maksadida rasionga yog‘, vitaminlar, antibiotiklar, achitkilar, biopreparatlar va mineral elementlar (kalsiy, fosfor va boshqalar) qushiladi. Urchitishga tayyorgarlik kurish va urchitish, bug‘oz-lik va laktasiya davrlarida rasionga jigar, ot go‘shti, sut, baliq moyi va achitqilar kiritiladi. Hozirgi vaqtda Angren mo‘ynachilik xo‘jaligida turli xil oziq nisbatlari va ularning kaloriyasini hisobga olgan holda qo’yidagi rasion qo‘llaniladi Norkalarni so‘yish va terilariga ishlov berish tadbirlar norka boquvchi ishchilar ishtirokida mo‘ynachilik mutaxassislar bajaradi. Norkalarni so‘yish uchun ularga ukol qilinib distelin yuboriladi. Mo‘ynaga birinchi ishlov berish maxsus asboblar yordamida so‘yish punkti (kushxona)da bajariladi. U erda mo‘ynani ishlash, tozalash, yog‘ini ketkazish, tekislash va quritish, tashish va saralash sexlari bor. Quritish ishlari 31-35°C da 11-12 soat davom etadi. Norkalarni boqish, ularni urchitib ko‘paytirish iqtisodiy jihatdan serdaromad tarmoq hisoblanadi. Binobarin, imkoni bo‘lgan fermer xo‘jaliklari ushbu tarmoq bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Nazorat savollari:
1. Norkalarning qanday xususiyatlarini bilasiz?.
2. Ular tabiatda, yovvoyi holda qanday yashaydilar?
3. Norkalar qulda qanday boqiladi va ko‘paytiriladi?.
4. Norkalar rasion asosida qanday oziqlantiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |