BOB.VI. HAYVONLARINI KO‘PAYTIRISH VA KASALLIKLARDAN ASRASH
6.1.QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI KO‘PAYTIRISH ASOSLARI
K o‘payish tirik moddaning asosiy xususiyatlaridan biri; organizmning o‘ziga o‘xshash nasl qoldirishi, yangi individlar hosil qilishi. Ko‘payishi to‘rning biologik obekt sifatida yashab qolishiga va individlar sonining ko‘payishiga xizmat qiladi. Asosan ikki xili bor: jinssiz ko‘payishi va jinsiy ko‘payishi Jinssiz ko‘payishda ona organizmning kattaroq yoki kichikroq bir qismi ajralib chiqib, yangi organizmga aylanadi. Jinssiz ko‘payishning ikki xili bor: vegetativ ko‘payish va spora hosil qilish yo‘li bilan ko‘payish Vegetati ko‘payish ko‘rtaklanish va bo‘linish yo‘li bilan boradi, ko‘rtaklanishda ona organizmining ma’lum qismi o‘sib, do‘mbayib chiqadi va undan yangi organizm xosil bo‘ladi, bo‘linishda esa ona organizmi ikkiga ajraladi va har qaysisi mustaqil holda yashaydigan yangi organizmga aylanadi.
Xayvonlarning o‘sishi va rivojlanishi ularning hayotida muhim jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning jadal va sust borishi bir qancha omillar bilan belgilanadi. Masalan, irsiy va jinsiy belgilar, hayvonlarning zoti va zotdorligi, umuman, barcha turdagi ichki va tashqi muhit ta’sirlari shular jumlasidandir. Masalan, aniqlanishicha, erkak hayvonlar urg‘ochilariga qaraganda tezroq o‘sadi. Yoki yosh hayvonlarni
boqish va parvarishlashda tashqi muhit harorati, havoning namligi, musaffoligi va hokazolar so‘zsiz ta’sir ko‘rsatishi ko‘plab misollarda isbotlangan.
Ma’lumki, hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishiga ularni oziqlantirish, oziq miqiori va turlari ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, sut va yem bilan boqilgan buzoqlar tirik vazni oif va go‘shtdor, shuningdek, sersuv va ko‘proq xashak bilan boqilganda buzoqlar birmuncha ixcham, sut mahsuloti kam bo‘lishi aniqlangan.
Yosh mollar saqlanadigan xonalarning nam va zax bo‘lishi ularning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Quyosh nuri, sun’iy yorug‘lik yetarli bo‘lsa, hayvonlar cog‘lom, kasalliklarga chidamli va baquvvat bo‘lib usadi. Yosh mollar organizmida moddalar almashinuv jarayoni ancha jadal boradi. Bunga asosiy sabab ularning o‘sishi va rivojlanishi uchun ko‘p oziq moddalar talab etilishidir. Umuman, har bir turdagi yosh hayvonlarning jadal o‘sishi va rivojlanishini to‘g‘ri boshqarish har bir chorvadorning muhim vazifasidir. Hayvonlar tug‘ilganida uning vaznini aniqlash maksadida tortiladi. Keyin ularni asosan oyiga 1 marta tortib turiladi. Binobarin, ular vaznining ortib borishi va ko‘rsatkichlari asosida xayvonning o‘sish tezligi aniqlaniladi. Bunda xayvonlarning xaqiqiy va nisbiy o‘sishi xisobga olinadi.
Hayvonlar konstitusiyasi deb, ularning tashqi muhit sharoitiga moslashganligi, irsiy belgilari va mahsuldorligi jihatidan ular organizmining morfologik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari yi-g‘indisiga aytiladi.
Hayvonlarning har xil konstitusiya tiplari avvalo ularni inson tomonidan ongli ravishda tanlash, saralash, boqish, asrash va ma’lum maqsadda parvarish qilish natajasida vujudga kelgan va tashki muhit sharoitiga yaxshi moslasha olish natijasida ular nasl berish qobiliyatiga ega bo‘lgan.
P. N. Kuleshov har xil maksadda foydalaniladigan qoramollar tanasi ayrim qismlarining tuzilishiga va nisbiy rivojlanganligiga asoslanib va tana tuzishining boshqa xususiyatlariga tayanib turt xil tipda konstitusiya mavjudligini asoslab bergan.
Pishik. konstitusiya. Bu konstitusiya tipi asosan go‘shtdor, sersut zotlarga xos. Ularning ichki organlari sistemasi me’yor darajada va yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Muskullari tig‘iz, suyagi pishik,, teri ostidagi yog‘ qavati uncha yaxshi rivojlanmagan. Bu konstitusiya tipidagi hayvonlar uncha semiz emas, oriq hm bo‘lmaydi (34-rasm).
Nozik konstitusiya. Bu tip asosan sersut bo‘lgan madaniy zot sigirlariga va
chopqir otlarga xosdir. Bu tipga mansub bo‘lgan sigirlarning terisi yupka va elastik, suyaklari ingichka, juni yaltirok, va kalta, muskullari va teri ostidagi yog‘ qavati sust rivojlangan. Binobarin, bunday sigirlar oriq bo‘ladi. Yelini yaxshi rivojlangan va katta, oyoklari oriq va uzun, buyni ingichka va chuziq bo‘ladi. Yegan ozig‘i asosan sut hosil bo‘lishiga sarflanadi. Ovqat hazm qilish a’zolari sistemasi ham yaxshi rivojlangan. Ular ko‘p miqdorda xashak yeyishga moslashgan.
Bush yoki xom konstitusiya. Bu tip vakillarining muskullari yaxshi rivojlangan, teri ostidagi yog‘ kavati qalin, yaxshi ifodalangan. Ular iste’mol qilgan yem-xashak asosan go‘sht va yog‘ tukimasining ortishiga sarflanadi. Lekin suyaklari uncha pishiq emas, sut bezlari yaxshi rivojlanmagan. Bush konstitusiyali mollar kam harakat bo‘lib, oziqlangandan keyin ko‘proq yotishni ma’qul ko‘radi.
Qupol konstitusiyaga mansub mollarning suyagi yirik, terisi pishiq, qalin, juni usiq, teri ostidagi yog‘ qavati o‘rtacha yoki sust rivojlangan bo‘ladi. Muskullari tig‘iz, ovqat hazm qilish a’zolari sistemasi va sut bezlari o‘rtacha rivojlangan. Bu tip vakillarining sut va go‘sht mahsuloti o‘rtacha.
U .Dyurst hayvonlar organizmida yuz beradigan gazlar va moddalar almashinuvi jarayenlari jadalligiga ko‘ra hamda ular tomonidan yeyilgan yem-xashak ma’lum mahsulot tayyorlashga sarflanishini hisobga olgan holda ikki xil: sersutlik belgisi rivojlangan va go‘shtdorlik belgisi ham rivojlangan tiplarni, ikkita aralash yoki qushma, ya’ni: sersut-go‘shtdor va go‘shtdor-sersut tiplarini asoslab bergan.
Sersutlik belgisi rivojlangan tip talabiga ko‘ra, sigirlarning tanasi o‘rtacha semizliqia yoki oriq, buyni uzun va ingichka, ko‘kragi tor va kichik, nafas olish, qon aylanish, moddalar almashinuvi organlari sistemasi kuchli rivojlangan. Shuningdek, gipofiz, qalkonsimon, sekresiya bezlari yaxshi rivojlangan. Umuman, sersut sigirlar shu konstitusiya tipiga mansubdor (35-rasm).
Go‘shtdorlik belgisi rivojlangan tip talabina ko‘ra mollarning-ko‘kragi keng va chuqur, boshi kichik, buyni kalta va yo‘g‘on, nafas olish a’zolari sistemasi uncha rivojlanmagan, moddalar almashinuvi jarayoni sust, buyrak usti va jinsiy bezlari vazifasi rivojlangan bo‘lib, asosan go‘shtdor madaniy zotlarga xosdir.
Aralash tip talabiga ko‘ra, ulardan kaysi mahsulot ko‘proq olinadigan bo‘lsa, oldin ushaning nomi aytiladi. Masalan, go‘shtdor bo‘lsa, u holda «go‘shtdor-sersut tip» deb yuritiladi va aksincha.
Respublikamizda barcha turdagi chorva mollari va parrandalariga baho berishda P.N.Kuleshov klassifikasiyasidan foydalaniladi. Ayniqsa naslchilik ishlarida xayvonlarni to‘g‘ri tanlash, ularni saralash, ya’ni juftlashda xar bir hayvonning tana tuzilishi, konstitusiyasining mustahkamligi, harakatchanligi va mahsuldorligiga alohida e’tibor beriladi. Shu bilan birga, hayvonlarning tashki qiyofasi, ya’ni eksteryeri ham muhim ahamiyatga ega.
Nasl olish uchun (ya’ni kelgusida naslchiliqia foydalanishi rejalangan) ajratilgan qoramollar eksteryeri bo‘yicha kamchiliklarsiz bo‘lishi kerak. Aks holda xar qanday kamchilik va nuqsonlar ularning kelajak nasllarida namoyon bo‘ladi.
Hayvonlar eksteryeri
Eksteryer deganda, hayvon tanasining tashqi kurinishi va tana qismlarining joylashuvi tushuniladi. Hayvonlarga eksteryeriga ko‘ra baxo berish muhim ahamiyatga ega. Bunda ularning zot talablariga ko‘ra tana tuzilishi, ixchamligi, konstitusiyasi, fiziologik faoliyati hisobga olinadi. Masalan, sersut sigirni eksteryeriga ko‘ra go‘shtdor sigirlardan farqlash va ularga baxo berish ancha qulay. Chunki bunday farqlarni kuz bilan chamalab aniqlash mumkin.
Sersut sigirlarning qorni va yelini katta, uzi yirik, buyni va oyoqlari uzun, ingichka, boshi yengil, terisi yupqa va chuziluvchan, ya’ni elastik va teri ostidagi yog‘ qavati yupqa bo‘lsa, go‘shtdor sigirlarda buning aksini kuzatish mumkin.
Mollarning eksteryeri bo‘yicha anik baxo berishda ulchov asboblari va lentalari yordamida ular tanasining qismlari ulchanadi. Masalan, boshining uzunligi, peshanasining kengligi, yelinning chuqurligi va aylanasi, yag‘rini, bel va dumg‘aza balandligi, ko‘krak chuqurligi, ko‘raklar orti, ko‘krak aylanasi va uning kengligi, gavdasining qiya uzunligi, pocha aylanasi va xokazolar shular jumlasidandir.
Uzbekistan sharoitida sigirlarning sut mahsuldorligi teridagi teri bezlarining rivojlanish darajasi, serqaymokligi, yog‘ bezlarining yirik bo‘lishi va zich joylanishi bilan chambarchas bog‘lik, ekanligi, shuningdek, yosh buzoqlarning teri morfologiyasiga asoslangan holda, oldindan kelajaqiagi mahsulot darajasini aniqlab berishda bir kancha kuzatishlar olib borilgan.
Nazorat savollari:
1. Hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. Hayvonlarni absolyut va nisbiy o‘sishi qanday urganiladi?
3. Hayvon konstitusiyasi deb nimaga aytiladi?
4. Eksterer nima, chorvachiliqia uning qanday ahamiyati bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |