11-mavzu. Moddaning agregat holati reja


π  bog‛lanish (5-rasm) deyiladi,  π



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/25
Sana06.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#750485
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
11-maruza (1)

π 
bog‛lanish (5-rasm) deyiladi, 
π 
-bog‛lanish atomlar orasida karrali 
bog‛lanish (masalan, HC≡CH) bo'lgan hollarda kuzatiladi.
5-rasm. σ- va π-bog‛lanishlar sxemasi 
Bog‛lanishlar hosil bo'lishida elektronlar ishtirok etmaydigan hollar ham 
bor. Bulardan biz vodorod bog‛lanishni misol keltiramiz. Vodorod bog‛ lanishni 
dastlab 1887 yilda rus ximigi M. A. Ilinskiy kashf etgan. U gidroksil gruppa OH 
tarkibiga kiruvchi vodorod boshqa molekulaning kislorodi bilan bog‛lanishi 
mumkinligini aniqladi. Vodorod bog‛lanishning tabiati hali uzil-kesil aniqlangan 
emas. Lekin bu bog‛lanishning sababi vodorod atomining yadrosi — proton 
nihoyatda kichik, uning sirtidagi musbat zaryad zichligi esa juda katta ekanligidan 
bo'lsa kerak, deb taxmin qilinadi. Vodorod bog‛lanish vodorodning ikkita 
elektrmanfiy atom bilan (F, O, N, ba'zan Cl va S) o'zaro ta'sirlashuvi natijasida 
vujudga'keladi. Molekulalararo va ichki molekulyar vodorod bog‛lanishlar bo'ladi. 


Ichki moJekulyar bog‛lanishda vodorod bitta molekula ichidagi ikki atomni o'zaro 
bog‛laydi.
Molekulalararo vodorod bog‛lanish kovalent bog‛langan protonning boshqa 
molekuladagi atomning erkin elektronlariga tortilishidan vujudga keladi. Masalan, 
suv molekulasida vodorod bog‛lanish mavjud. 
ENERGIYA VA UNING MAVJUD BO‛LISH SHAKLLARI. 
TERMODINAMIKA FANI 
Olamdagi har qanday jismda istalgan temperaturada molekula va atomlar 
to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Ularning kinetik energiyalari yig‛indisi jismning 
issiqlik energiyasini tashkil etadi. Molekulalardagi yoki jismning kristall 
panjarasidagi atomlarning o'zaro ta'sirlashuv potentsial energiyasi uning kimyoviy 
energiya zapasidir. Umuman, sodda qilib aytganda, kinetik energiya — jismning 
harakatdagi ish bajarish energiyasi, deyish mumkin. Energiyaning bu ikki turi 
kinetik va potentsial energiya bir-biriga o'tib turishi mumkin. Masalan, biror jism 
yuqoriga ko'tarilganda uning kinetik energiyasi kamayib, potentsial energiyasi 
ortadi. Bunda yerning tortish kuchiga qaxshi ish bajarilgan sari, kinetik energiya 
potentsial energiyaga aylana boradi.
Biz kundalik turmushda doimo bir turdagi energiyaning boshqa turdagi 
energiyaga aylanishiga duch kelamiz. Masalan, metall parmalaganda parma 
qiziydi—mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylanadi, elektr toki 
motorni harakatga keltiradi—elektr energiyasi mexanik energiyaga aylanadi, 
ko'mir yoqilganda kkiyoviy energiya issiqlik va yorag‛lik energiyasiga aylanadi va 
hokazo. Ammo bunda bir turdagi energiyaning qancha miqdorda ikkinchi turdagi 
energiyaga aylanganini bila olmaymiz.
Buni bilishda bizga termodinamika yordam beradi. Termodinamika grekcha 
«termo» va «dinamis», ya'ni «issiqlik» hamda «kuch» so'zlaridan olingan bo'lib, 
ma'nosi issiqlik bilan bog‛liq bo'lgan kuchlar (energiya) to'g‛risidagi fan demakdir. 
Bu fan turli xil energiyalarni va ularning o'zgarishini o'rganadi.
Termodinamika turli jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchi turiga va 
sistemaning bir qismidan ikkinchi qismiga o'tishini, shuningdek, berilgan sharoitda 
jarayonlarning o'z-o'zicha borish yo'nalishi va chegarasini o'rganadigan fandir.
Termodinamika fan sifatida o'tgan asrning birinchi yarmida paydo bo'ldi va 
issiqlik jarayonlari hamda bug‛ mashinalarining ishini o'rganish natijasida rivoj 
topdi.
Kimyoviy termodinamika qonunlarini chuqur bilish turli kimyoviy 
jarayonlarni biz istagan yo'nalishda olib borish imkonini beradi. Masalan, azotni 
biriktirish muammosi bilan ko'pgina olimlar shug‛ullangan, ya'ni NH
3
olish 
reaksiyasi ko'p vaqtgacha amalga oshmadi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish